Kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari



Yüklə 4,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə379/466
tarix24.12.2023
ölçüsü4,29 Mb.
#193359
1   ...   375   376   377   378   379   380   381   382   ...   466
TATU Falsafa

424
 
o’zgartiradi, moddiy va ma’naviy boyliklar yaratadi, o’zini ham o’zgartiradi. 
Mehnat antropogenez (ya’ni odamning shakllanishi) va sotsiogenez (jamiyatda 
yashash, insonga aylanish) jarayonining markaziy inson omilidir. 
Antroposotsiogenezning ikkinchi muhim omili - til. 
Antroposotsiogenezning 
muhim 
omili 
insonning 
ishlab 
chiqarish 
faoliyatidir. Ijtimoiy-axloqiy me’yorlar va normalarning vujudga kelishi ham 
antroposotsiogenezning muhim tomoni hisoblanadi. 
Odamning dastlabki ajdodi «paleantrop» ovchilik, termachilik faoliyatidan 
asta-sekin ishlab chiqarish faoliyatiga o’ta boshladi. Bu odam o’zida insonga xos 
ijtimoiy fazilatlarni mujassamlashtirayotganidan dalolat beradi. 
Inson antroposotsiogenez jarayonining mahsuli ekanligini hozirgi zamon 
fani ham tasdiqlamoqda. Shuning uchun insondagi tabiiylik bilan ijtimoiylik 
orasidagi aloqadorlikni bilish muhim ahamiyatga ega. 
Inson uchta buyuk qudrat: tana, ruhiyat, ma’naviyatning yig’indisidir. 
Insonning biologik holati deganda uning jismida sodir bo’ladigan morfofiziologik, 
genetik, elektroximik o’zgarishlar, yoshi, irqi, jinsini ifodalovchi alomatlar 
tushuniladi. 
Insonning ruhiy (psixologik) holati deganda uning his-tuyg’ulari, kayfiyati
irodasi, temperamenti nazarda tutiladi. 
Insonning ma’naviyati - uning fazilatlari xislatlari, qobiliyatlari, malakalar 
yig’indisi. Aynan ma’naviyat insonning ijtimoiy qiyofasini vujudga keltiradi. 
Odamning ijtimoiylik xislati shaxsdir. Shaxs tushunchasida insonning 
jamiyatda tutgan o’rni va bajaradigan vazifalari aks etadi. 
Shaxs, avvalo, yaxlit jamiyatning alohida bo’lagi, unda mavjud ijtimoiy 
munosabatlar jamuljam bo’ladi. Jamiyat taraqqiyoti jarayonida inson o’z ichki 
dunyosi va manfaatlariga ko’ra boshqalardan farqlanadi va asta-sekin jamoa 
a’zosidan shaxs darajasiga ko’tarilib boradi. 
Inson individ sifatida dunyoga keladi, shaxs bo’lib shakllanadi. Insonning 
shaxs bo’lib shakllanishida jamiyat, ijtimoiy muhit muhim o’rin tutadi. 





Yüklə 4,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   375   376   377   378   379   380   381   382   ...   466




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin