Kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari



Yüklə 4,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə394/466
tarix24.12.2023
ölçüsü4,29 Mb.
#193359
1   ...   390   391   392   393   394   395   396   397   ...   466
TATU Falsafa

442
 
kontseptsiyasini hamda Diniy sohadagi davlat siyosati kontseptsiyasini ishlab 
chiqish nazarda tutilmoqda. 
Shu bilan birga, xorijiy hamkorlar bilan siyosiy-diplomatik sohadagi 
hamkorlikni 
rivojlantirishga 
doir 
«Yo’l 
xaritalari»ni 
ishlab 
chiqish, 
O’zbekistonning xorijiy hamkorlar bilan 2017 yilga mo’ljallangan savdo-iqtisodiy, 
investitsiyaviy, texnologik va moliyaviy-texnik hamkorligini tubdan rivojlantirish 
va kengaytirish rejalashtirilmoqda.
Davlat dasturining yuqorida qayd etilgan barcha chora-tadbirlarini amalga 
oshirishga 37,7 trillion so’m va 8,3 milliard AQSh dollari yo’naltiriladi. 
Kelgusi besh yilda mamlakatni rivojlantirishning strategik va ustuvor 
yo’nalishlarini belgilash maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti 
boshchiligida Harakatlar strategiyasini amalga oshirish bo’yicha Milliy komissiya 
tuzildi. 
Umuman Harakatlar strategiyasining har bir yo’nalishi doirasida bajarilishi 
ko’zlangan hamda amalga oshirilayotgan islohotlar demokratik rivojlanish yo’lini 
tanlagan nafaqat O’zbekiston, balki Markaziy Osiyo davlatlari barchasining 
muayyan mintaqaviy yoki global miqyosdagi muammolari yechimini qamrab 
olganligi bilan xarakterlanadi. Jamiyatda qonun ustuvorligi, adolat tantanasi 
ta’minlanmas ekan, o’z o’zidan korruptsiyaning rivojiga yo’l ochiladi. Korruptsiya 
iqtisodiy jinoyatchilik bilan cheklanmay, narkobiznes, giyohvandlik, odam 
savdosi, fohishabozlik va boshqa shu kabi global muammolar avj olishini keltirib 
chiqaradi. Bularning barchasi sabab va oqibat dialektikasida kelib chiqishini 
yoddan chiqarmaslik zarur. 
Bugungi kunda dunyo miqyosida xavfsizlik masalalari eng dolzarb ahamiyat 
kasb etmoqda. Yil sayin davlatlar tomonidan mudofaa tizimi va harbiy sohaga 
ajratilayotgan xarajatlar oshirib borilmoqda. Biroq faqatgina zamonaviy qurol-
yarog’ga ega bo’lishning o’zigina xavfsizlikni ta’minlamaydi.Chunki zamonaviy 
buzg’unchi kuchlar ochiqcha jang qilmay, balki to’satdan qo’poruvchilik 
amaliyotlarini qo’llash, harbiylar emas, balki tinch aholini nishonga olish kabi 





Yüklə 4,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   390   391   392   393   394   395   396   397   ...   466




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin