448
soni 1,3 milliard kishini tashkil qilishi, Janubiy Osiyoda kuniga 1 dollardan kam
mablag’ga kun kechirayotganlar soni 522 million kishini, Afrikaning Sahroi Kabir
janubida qashshoqlikda yashovchi aholi ulushi 46,3 foizni, asosiy xizmatlardan
foydalanish va qashshoqlikni kamaytirish uchun zarur mablag’ 80 milliard, yoki
jahon YAIMning 0,5 foizdan kam qismi, jahondagi eng badavlat 3 oligarxning
mablag’i esa eng qashshoq 48 mamlakatning jami YAIMdan ancha yuqori ekanligi
qayd etilgan
1
.
Qashshoqlikning oldini olish uchun rivojlangan mamlakatlar qashshoq
mamlakatlarga yordam berishni kuchaytirishi lozim. Shuning bilan bir qatorda yer
yuzidagi mavjud resurslardan oqilona foydalanish zarur. Samarali, teng
huquqlilikka asoslangan, planetaning resurslaridan umuminsoniy boylik sifatida
oqilona foydalanishni ta’minlab beradigan xalqaro usullar va mexanizmlarga
bo’lgan ehtiyoj borgan sari aniq ko’rinmoqda.
Bu shundan dalolat beradiki, hozirgi dunyoda hammamiz borgan sari bir-
birimizga bog’liq bo’lib qolayotirmiz, bir-birimizga kerakli bo’lib qolayapmiz.
Binobarin, bu dunyoda hozir bizning taqdirimiz bir ekanligini, bitta sayyorada
yashab turganligimizni, uning manbalaridan foydalanayotganimizni, bu manbalarni
bir-birimiz bilan ayirboshlayotganimizni va ular cheksiz emasligini, ularni saqlash
kerakligini ko’rib turgan ekanmiz, bu hammamiz uchun oydin voqelikdir.
Taraqqiyot
jihatidan
orqada
qolib
ketayotgan
mamlakatlar
aholisining
qashshoqligini tugatishda, ularning kundalik ehtiyojlarini qondirib, kerakli noz-
ne’matlar bilan ta’minlash uchun ekin ekiladigan yerlarga mineral o’g’itlar bilan
ishlov berish, sug’orish tizimini takomillashtirish, agrotexnikani kuchaytirish,
dengiz manbalaridan samarali foydalanish, sun’iy muhsulotlarni yaratish kabi
tadbirlarni amalga oshirish maqsadga muvofiq bo’lur edi. Bu masalalarni hal
etishda rivojlangan mamlakatlarning yordami katta o’rin tutadi.
Inson hayotini saqlashda hozirgi paytda barcha mamlakatlarda keng tarqalib
ketayotgan kasalliklar bilan kurashish, uning oldini olish ham katta ahamiyat kasb
1
Qarang: “Xalq so’zi”, 2010 yil 20 sentyabr.
|