453 kabilar esa yo’q bo’lish arafasida turibdi.
XX asr o’rtalarigacha, hatto yaqin-yaqinlargacha ham inson tabiatga hokim,
uni istagancha o’zgartirishi, irodasiga bo’ysundirishi mumkin, degan noto’g’ri
fikr ustunlik qilib keldi. O’sha sharoitlarda bu fikr dunyoning ko’pchilik
mamlakatlarida, jumladan o’zimizda ham qo’llab-quvvatlandi. Tabiatni iqtisodiyot
talabiga moslashtirib o’zgargirish avj olib ketdi. Ko’plab loyihalar vujudga keldi.
Daryo va ko’llardagi baliqlar, parrandalar, hayvonlar ehtiyojdan ortiqcha ovlandi,
ularning aksariat qismi hozir yo’q bo’lib ketdi. Qachonlardir Amudaryoning
o’zidagina 140 dan ortiq baliq turi bo’lganiga endi ishonish qiyin. O’rmonlarga
nisbatan ham ko’r-ko’rona munosabatda bo’lish tufayli yer sharida 100 yil avvalgi
7200 million gektar o’rmondan hozirgi kunda 4100 million gektar o’rmon qoldi.
Shu sababli ham tabiatni muhofaza qilish bugungi kunda insoniyat oldida turgan
dolzarb muammo bo’lib qolmokda.
Inson tabiatdan o’ziga kerakli narsalarni olish bilan bir qatorda unga har xil
ishlab chiqarish chiqindilarini tashlab, tabiatni zaharlantirmokda. Industrial
jihatdan rivojlangan mamlakatlarda bir kishi hisobiga, har yili tabiatdan 30 tonna
modda olinib, uning atigi 1-1,5 foizidan iste’mol mahsulotlari sifatida
foydalanmoqda, qolganlari esa chiqindi sifatida tashlab yuborilmoqda. Rasmiy
ma’lumotlarga ko’ra, har yili atmosferaga 200 million tonnadan ziyod is gazi,
qariyb 150 million tonna oltingugurt oksidi, 53 million tonna azot oksidi, 50
million tonnadan ortiqroq har xil uglevodorodlar chiqarilmokda. Jahon sanoati har
yili tabiatga 30 milliard km
3
ifloslangan suv, 70 million tonna zaharli gazlar va 250
million tonna changni chiqarib tashlamoqda.
Oqibatda biosfera o’z-o’zini tozalashga ojiz bo’lib qolmoqda, hozirgi
atmosferada zaharlangan “uglekislota” gazining miqdori qariyb 20 foizni tashkil
etadi. Bularning hammasi inson sog’lig’iga ta’sir etib, ular o’rtasida rak va boshqa
kasalliklar soni yildan-yilga ko’payib ketmoqda. Hozirgi paytda dunyo bo’yicha har
yili 500 ming kishi rak bilan kasallangan bo’lsa, uning 60 foizi atrof-muhitdagi har
xil kontserogen moddalarining ko’payishi natijasida hosil bo’lgan.