Kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari



Yüklə 4,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə406/466
tarix24.12.2023
ölçüsü4,29 Mb.
#193359
1   ...   402   403   404   405   406   407   408   409   ...   466
TATU Falsafa

454
 
Jamiyatning tabiatga ta’siri hamisha oliy maqsadga muvofiq oqilona 
bo’lishi kerak. Agarda buning aksicha bo’ladigan bo’lsa, tabiat insondan juda 
qattiq o’ch olishi, qo’lga kiritgan barcha yutuqlarini yer bilan yakson qilib 
yuborishi hech gap emas. 
Ko’rinib turibdiki, tabiatni muhofaza qilish hozirgi davrning eng o’tkir va 
dolzarb umumbashariy muammolaridan biridir. Buning ma’nosi nimadan iborat? 
Tabiatni muhofaza qilish insoniyatning ertangi kuni haqida g’amxo’rlik qilish, yer 
yuzidagi barcha insoniyat uchun muqaddas dargoh hisoblangan sayyoramizning 
taqdiri to’g’risida jon kuydirish, uni tinch totuv holatda saqlab qolish demaqdir. Bu 
— inson uchun zarur bo’lgan barcha noz-ne’matlar manbai - yerni sevish va 
ardoqlash, uning kasallanib yaroqsiz bo’lib qolishiga yo’l qo’ymasliqdir. Bunday 
sharafli va olijanob ishdan o’zini chetga oladigan biron kishi, elat va millat, biron 
bir mamlakat bo’lishi mumkin emas. 
Tabiiy muhitni muhofaza etishni yoki boshqacha aytganimizda, ekologik 
xavfsizlikka alohida e’tibor berishni paysalga solib bo’lmaydi. Bu sohadagi 
hozirgi ahvol tahlikali bo’lib turibdi. Vaziyat zudlik bilan harakat qilishni taqozo 
etmoqda. 
Tabiatga mehr-muhabbat bilan yondashish, tevarak atrofni, suvni, havoni, 
tuproqni, hayvonatu nabotatni asrab-avaylash haqida islom ta’limotida ham muhim 
g’oyalar mavjud. Biz yashayotgan koinotdagi, yer yuzidagi barcha noz-
ne’matlarning qadriga yetish, ularni e’zozlash, ularni asrash, isrof qilmaslik har bir 
mo’min-musulmonning burchidir. 
Qur’oni Karim oyatlarida, Payg’ambarimiz hadislarida hayvonot va nabobat 
olami va atrofimizni o’rab turgan boshqa narsalarni to’la-to’kis himoya qilish, 
saqlash ularni buzmaslik, isrof qilmaslik to’g’risida dastur va amaliy maslahatlar 
mavjud, ularni doimo esda tutishimiz kerak. 





Yüklə 4,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   402   403   404   405   406   407   408   409   ...   466




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin