452 9.4. Ekologik muammo va uni bartaraf etish yo’llari Odam paydo bo’lgan davrdan boshlab hozirga qadar tabiatga ta’sir qilib, uni
batamom o’zgartirib yubordi. Keyingi ming yilliklar davomida inson faoliyati
natijasida yer shari yuzasi, iqlimi, o’silmigi, hayvonot dunyosining tanib bo’lmas
darajada o’zgartirib ketganligi bunga misol bo’la oladi. E’tirof etish kerakki,
insonning o’z istiqbolini o’ylamay qilgan xatti-harakatlari, ko’r-ko’rona
qilmishlari tufayli tabiat behad ozor chekdi, ko’p narsalardan abadiy judo bo’ldi.
Kosmik changlar, issiqlik elektr stantsiyalari, avtomobillar sonining tez o’sib
borishi, radiaktiv moddalar va boshqalar ta’siri ostida barcha jonli
mavjudotning hayot manbai bo’lgan havo toqat qilib bo’lmaydigan darajada
ifloslanmoqda.
Bunday
dahshatli
hodisalar
dunyoning
deyarli
hamma
mamlakatlarida tez-tez bo’lib turibdi. Atrof-muhitning radioaktiv va kimyoviy
chiqindilar
bilan
zararlanishi
aholining,
chorva
mollarining,
parrandalarning, daryo va ko’llardagi, suv omborlari va okeanlardagi baliq va
boshqa jonivorlarning ko’plab zaharlanishiga sabab bo’lmoqda. Olimlar havo, suv
va yer ustining zaharlanishi shu tariqa davom etadigan bo’lsa, sivilizatsiya halok
bo’lishi mumkinligini ta’kidlashmoqda. Akademik A.E.Fersmanning fikricha,
agar atmosfera tarkibidagi karbonat angdrid miqdori 2 baravar ko’paysa, bu
narsa yer yuzidagi haroratning 4 daraja ko’tarilishiga olib boradi. Uning hisobicha,
bu voqea 500 yildan keyin sodir bo’lishi kerak.
Suv ta’minotining an’anaviy manbalari hisoblangan daryolar, ko’llar,
Shimoliy qutb muzliklari, dengizlar, suv omborlari ifloslanmoqda. Insoniyatning
eng katta oziq-ovqat manbai bo’lgan jahon okeanlari ham hozirgi vaqtda inson
sivilizatsiyasi qurboni bo’lmoqdada. Har yili jahon okeaniga o’n million
tonnagacha mikdorda neft va neft muhsulotlari kelib tushadi. Inson o’zining ko’p
asrlik xo’jalik faoliyatida 72 hayvon turini butunlay yo’q qilib yubordi.
O’zbekistonda ham Turon yo’lbarsi, yo’l-yo’lli sirtlon kabi xayvonlar yo’q bo’lib
ketdi. Oqquyruq, qoraquloq, Ustyurt qo’ylari, Buxoro bug’usi, qo’ng’ir ayiq