Ushbu bobda funksiyalarni tekshirish uchun muhim bo’lgan asosiy tushunchalar: funksiya tushunchasi va uning berilish usullari, funksiya limiti, uzluksizligi va uzilish turlari, funksiya hosilasi va uning ba’zi tatbiqlari ta’rif va tasdiqlar, shuningdek funksiyalarni tekshirish hamda ularning grafiklarini yasash algoritmi (umumiy sxemasi) keltirilgan.
1.1. Funksiya tushunchasi va uning berilish usullari
Funksiya – matematikaning asosiy tushunchalaridan biridir. Tabiatda, texnikada va fanning turli sohalarida uchraydigan ko’pgina jarayonlar funksiya tushunchasi bilan bog’liq (bu jarayonlarning matematik modellari funksiyalar bilan ifodalanadi). Binobarin, bu jarayonlar bilan bog’liq masalalarni o’rganish va yechish funksiyalarni tahlil qilishni taqozo etadi.
Dostları ilə paylaş: |