Buxoro davlat universitetining pedagogika instituti pedagogik ta


Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati



Yüklə 7,27 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə355/373
tarix24.12.2023
ölçüsü7,27 Mb.
#193675
1   ...   351   352   353   354   355   356   357   358   ...   373
innovatsion

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati: 
1.Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning davlat talablari asosida egallashi 
lozim bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalariga qo‘yilgan minimal talablarni 
amaliyotga qo‘llash (metodik qo‘llanma). – Toshkent: Ma’rifat-Madadkor, 2003, 
27 bet. 
2.Mahkamov U.I. O‘quvchilarning axloqiy madaniyatini shakllantirish 
muammolari. –T.: fan, 1995-2000 b 
3.Musurmonova O. Ma’naviy qadriyatlar va yoshlar tarbiyasi.–T. :O‘qituvchi, 
1996. – 192 b.
4.Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar. – T. : O‘zbekiston, 
2000. – 80 b.
OILADA XALQ OG‘ZAKI IJODIGA QIZIQTIRISH ESTETIKASI 
Muxsinova Umriya Barnoyevna,
 
BuxDUPI Maktabgacha ta’lim kafedrasi
o‘qituvchisi
Xalq og‘zaki ijodi namunalari ham bolani ma`naviy, axloqiy, aqliy, estetik 
rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etibgina qolmay, ularni zukko, hozirjavob 
bo‘lib etishishiga ham ta`sir etuvchi vosita hisoblanadi. Xalq og‘zaki ijodi, ertak, 
xalq qo‘shiqlari, latifa, maqol, topishmoq, masallar kabi janrlari rang - barangdir. 
Ularning o‘nlab turlari borki, ulardan bola tarbiyasi jarayonida oqilona 
foydalanish maqsadga muvofiqdir. Aynan shu maskanda o‘zaro hurmat, mehr-o 
qibat, halollik, poklik, mehnatsevarlik, vatanparvarlik, sonparvarlik kabi oliy 
darajadagi kadriyatlar shakllanadi, avloddan-avlodga yetkziladi. Shu sifatlar ona 
suti, oila a’zolari mehri va namunasi bilan bola xul qi, hatti-harakati mazmuniga 
singib boradi. 


954 
Darhqiqat, Prezidentimizning «Tafakkur» jurnali bosh muharririning 
savollariga bergan javoblarida «g‘oyaga qarshi faqat g‘oya, fikrga qarshi fa qat 
fikr, jaholatga qarshi fa qat ma’rifat bilan bahsga kirishish, olishish mumkin» 
degan fikrlarini oila tarbiyasining metodologik asosi sifatida qabul qilish zarur. 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining IX sessiyasida qabul qilingan 
«Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi», «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonunni ham oila 
ishtirokisiz amalga oshishi mumkin emas. hayotning o‘zi ta’lim tizimi oldiga yosh 
avlodni milliy va umuminsoniy qadriyatlar mushtarakligida barkamol qilib 
shakllantirishni har bir ota-ona, pedagog, jamoatchilik oldiga qo‘ymoqda. Shuning 
uchun respublikamiz fu qarolari oldida turgan endigi vazifa ta’lim-tarbiya tarixini 
oila davrasida qunt bilan o‘rganish, unda olg‘a surilgan ilg‘or g‘oyalardan 
bahramand bo‘lishdir. Chunki o‘zbek diyorida dunyo ilm-fan xazinasiga beadad 
ulush ko‘shgan al-Xorazmiy, al-Beruniy, Ahmad Farg‘oniy, al-Forobiy, ibn Sino, 
az-Zamahshariy, Amir Temur, Mirzo Ulug‘bek, Zahiriddin Muhammad Bobur, 
Imom al-Buxoriy, at-Termiziy, Bahouddin Na qshband, Xoja Ahmad Yassaviy 
kabi allomai zamonlar yashab ijod etganlar. Ular qoldirgan madaniy merosni 
o‘rganish har bir oila a’zosi uchun ham farz, ham qarzdir. 
Tarixchilarning yozishicha, Temurbek bolalik va yoshlik choglaridayo q, 
bugungi kun tili bilan aytganda, xarbiy-sport o‘yinlari va mashgulotlari bilan jiddiy 
shug‘ullanib, badani va ruxini chini qtirgan. Agar jismoniy tarbiyani otasiga 
xizmat qilgan maxsus navkar-murabbiylardan olgan bo‘lsa, ruhniy tarbiyani 
otasining piri bo‘lmish Shayx Shamsidsin Kulol dargoxida egallagan. 
Bolaligidayoq o‘zini buyuk ishlarga hozirlagan Amir Temur farzandlari va 
nabiralarining tarbiyasini ham bir lahza bo‘lsada, nazaridan qochirmadi. Ulug‘ 
hukmdor uz hg‘illari va nabiralariga eng avval jangu jadal mashaqqatlariga chidam 
berishga qodir kuch-kuvvat va jasorat, shuningdek, saltanatni bosh qarish uchun 
talab etilgan ilmu donish soxibi bo‘lishlarini talab etardi. 


955 
Amir Temur o‘z davrining ma’rifatli kishisi, o‘tmishning ma’naviy 
saboqlaridan yaxshi xabardor inson sifatida sog‘lomlik faqat jismoniy kuch-quvvat 
emas, balki olijanob insoniy fazilatlar uygunligiga erishmoq ekanligini ham yaxshi 
anglagan. U, barloslarning ulug‘ amirlaridan bo‘lmish padari buzrukvori, muarrix 
Sharafiddin Yazdiy ta’biri bilan aytganda, "ulamo va sulaho va muttakilarga 
mushfiq va mehribon" Muxammad Tarag‘aydan olgan saboqlarni bir o‘mr 
unutmadi. Muxammad Tarag‘ay o‘z farzandini mardlik va farosatlik, qattiqqo‘llik 
va mehr-oqibat ruhida voyaga yetkazdi. Agar Amir Temur buyuk saltanatga asos 
solgan bo‘lsa, bu sharafga mana shu yuksak tarbiya oqibatida erishgan.Sohibqiron 
farzandlarida uch xislat mujassam bo‘lishini istardi. Eng avvalo, insonparvarlik, 
so‘ng mushoxadalik va nihoyat, oqibatlik — bosiqlik. Insonparvar odamgina saxiy 
bo‘lishi mumkin. Mushoxadali, bosiq odamgina jan-gu jadalda xatoga yul
qo‘ymaslikka, ulkan saltanatni boshqarishga qodir. Kimki jasur bo‘lsa-yu, in-
sonparvar bo‘lmasa, jismonan baquvvat bo‘lsa-yu, mushohadalik bo‘lmasa, dono 
bo‘lsa-yu, bosi qlik bo‘lmasa, unday odam komil inson bulolmaydi, unday odam 
bosh qalarni ham, o‘ziniyam xalok etadi. Kimki ra qibi bilan olishgandayam 
insonparvarlikni 
unutmasa, 

albatta 
yengadi. 
"Siyosatda 
maslahaat, 
mulohazakorlik, uylab ish qilish qilich kuchidan o‘n karra foydaliroqdir", deb 
ta’kidlaydi ulug‘ Sohibqiron bobokalonimizning farzandlari va avlodining qanday 
fazilatlarga ega bo‘lish bilan bog‘li q istaklarini bilish uchun avvalo "Temur 
tuzuklari"ni varaqlaylik. Uning dastlabki sahifalaridayo q shunday fikrni u qiish 
mumkin: "Tajribamda kurilgankim, ishbilarmon, mardlik va shijoat soxibi, azmi 
katiy, tadbirkor va xushyor bir kishi ming-minglab tadbirsiz, lo qayd kishilardan 
yaxshidir". Bu hikmatda bobomizning sog‘lom
va komil inson xususidagi 
tushunchasi, ya’ni yetuk insoniy fazilat va xususiyatlarga ega insongina mamlakat 
tayanchi bo‘la oladi, degan mushoxadasi mujassamlashgan, deb uylayman. Bosh 
qa bir o‘rinda Sohib qiron " qat’iylik, sabr-chidamlilik, sog‘ligu sergaklik, 


956 
extiyotkorlik va shijoat" sohibi bo‘lgan inson har kanday masha q qatli ishni 
amalga oshirishga qodir, deb ta’kidlaydi. 
Sohibqiron bobomiz harbiy safarlarga farzandu nabiralarini birga olib ketardi. 
Bundan ko‘zlangan birinchi murodi avlodlari suyagini jangu jadallar, uzoq va 
mashaq qatli yo‘llarda chini qtirish bo‘lsa, ikkinchi ma qsadi farzandu nabiralari 
o‘z avlodlari qo‘lida tarbiyalansa, erka va tanti q bo‘lib ulg‘ayadilar, degan 
fikrdan kelib chi qib
,
ularni onalarining orti qcha mehru- muhabbatlaridan asrash 
edi. Zero, asalning ko‘pi zarar, me’yorda bo‘lsa, foydali ekanligi to‘g‘risida 
o‘tmish donishmandlari ko‘p naql etganlar. 
“Mening farzandlarim tantiq bo‘lmasliklari kerak!— derdi Amir Temur. — 
Tantiqlik irodasizlikni paydo qilgay. Farzandlarimni erkalaydigan yer kurash 
maydoni bulsin. Arg‘umo q ila qilich ularning jonajon dusti, mardlik ularga ustoz 
bo‘lsin!”(2.6;21) 
Mana shu niyatda jahongir avlodlarining jismoniy tarbiyasini itoatidagi eng 
tajribali va taniqli pahlavonlarga ishongan bo‘lsa, farzandlarining ruxiy dunyosiga 
sayqal berishni oqila malika — asli ismi Saroymulkxonim, xon avlodi bo‘lgan, 
murg‘aklikdan hukmfarmonlik va bahodirlikdan sabo q olgan — Bibixonimga 
ishongan edi. Qolaversa, malika har doim safardayam, jangu- jadaldayam va 
dorulsaltanatdayam hukmdorga hamroh, bo‘lardi. 
Yetti iqlimdan yig‘ilgan san’at va adabiyot ahli tufayli dorulsaltanat Samarqand 
havosida she’r va musiqa nafasi hukmron edi. Mana shu muhit, malika 
rahbarligidagi muallimlar sabog‘ini olgan shahzodalar she’r va san’atga yaqin 
kishilar bo‘lib voyaga yetdilar. Hazrat Navoiy o‘z asarida yigirma ikki temuriy 
shadzoda (Xalil Sulton, Mirzo Ulug‘bek, Boysun qor mirzo, Abul qosim Bobur, 
Sulton Mas’ud Shoh Barib Mirzo, Abdullatif Mirzo, Xusayn Boy qaro va bosh 
qalar) she’r va musiqaga oshno bo‘lgani tilga olinadi. 
O‘rta Osiyoda ta’lim-tarbiya haqidagi qarashlar tarixini o‘rgangan har bir 
fuqaro o‘zining bilim saviyasi, dunyo qarashini o‘stiribgina qolmasdan, balki 


957 
o‘zligini anglashga, haqi qiy vatanparvar bo‘lib shakllanishga muyassar bo‘lishi 
tabiiydir. 
Mana hozir mahallalarga juda katta e’tibor berilyapti. Mahallada hamma bir-
birini biladi, bir-biriga ko‘z- qulok, bo‘lib yashaydi. Keksa o qso qollar, bama’ni 
odamlarning yoshlarga ta’siri hammamizga ma’lum. har bir mahallada shunday 
odamlar borki, ularsiz na to‘y, na ma’raka o‘tadi. Shunday vo qealarning guvohi 
ham bo‘lamiz. hatto janjallashib yoki kelisholmay turgan qo‘ni- qo‘shnilar 
«falonchi aka kelyapti» yoki «falonchi akani cha qirib kelish kerak» deyilsa, o‘z-
o‘zidan jimib qolishadi. Shu ma’noda oiladagi keksa ota-onaning fayzi be qiyos 
ekanligini ta’kidlash lozim. Bir necha oila bo‘lib, bir qozondan ov qatlanish, ota-
ona izmidan borib kam bo‘lmagan farzandlar son-siz-sano qsiz. Lekin oxirgi 
paytlarda bitta otasi yoki onasini chi qishtirmagan, ularning «orti qchaligi» sezilib
qolayotgan oilalar uchramokda, keksa ota yoki onaning kuzi tirikligida uyga ajoyib 
bir tarovat tar qatib turishini faqat ulardan judo bo‘lgandan keyingina his qilinadi. 
Yoshlar mustaqil turishni sevadilar. Ayniqsa, bu niyat kelinlarda kuchli bo‘ladi. 
o‘zi beka bo‘lib, eri topganiga bilganicha va istaganicha xo‘jayinlik qilishni 
sevadilar. Goho xotinining bunday nag‘malariga uchib, qulog‘im tinchisin degan 
ma’noda ajralib chi qib ketadigan, ota-onasidan habar olmay qo‘yadigan yoshlar 
ham bor. Buna qa ishlar nainki milliy urf-odatlarimiz, odobimiz, balki 
umuminsoniy qadriyatlarga ham to‘g‘ri kelmaydi. Mehr ko‘zi ko‘r bo‘lgan 
insonning jamiyat va jamoa uchun ham qalbi berk bo‘ladi. Opa-singil o‘rtasidagi 
bir meros janjalini misol keltirmokchiman. Ota-ona tirik paytida chi qib ketgan opa 
ular olamdan o‘tgach, singlisining boshiga ming g‘avg‘o solib meros talashib 
yuribdi. Kichik qiz eri bilan ota-ona uyiga ko‘chib kelib ularni oq yuvib, o q 
taradi. Kasalligida boqdi, o‘lganda ko‘mib, barcha ma’rakalarni o‘tkazdi. hovli-
joyni odamshavanda qildi, yangi xonalar qo‘shdi, mahalla ahli va qarindosh-
urug‘larning duosini oldi. Katta opa esa ona o‘limidan sung hovlining yarmiga 
da’vogar bo‘lib, singlisining boshida yong‘oq chaqib yuribdi. hatto singlisining 


958 
«opajon, oramizga sovu qchilik tushmasin, mayli, kuyovingizni ko‘ndirib, amal-
taqal qilib biroz pul bera qolaylik, axir biz jigarmizku, oldingizda yolg‘iz 
o‘g‘lingiz bor, vag‘ti kelib biz ham qarab turmasmiz» degan iltijolariga «yuq, men 
uyni sotib, yarim pulini olaman» deb oyog‘ini tirab olgan opaning axlo qiy, insoniy
qiyofasini qanday tasavvur etish mumkin? Mol-dunyo deb, tekin meros deb mehr 
bulog‘i kanizaga zahar sochayotgan, o‘z jigarbandini qonqaqshatishdan 
uyalmaydigan kimsalarni ko‘rib nafratingiz oshmaydimi? Axir xal qimizda ota-
onalar, aka-ukalar, opa-singillar, qarindosh-urug‘lar o‘rtasida shunday mulo 
qotlar, samimiyatlar borki, ular hikoya qilinsa, bosh qalar ishonmasligi mumkin. 
Nahotki ana shu hikmatlar, chin insoniy ezguliklar o‘rnini qora yuraklar, pajmurda 
o‘pkalar bilan almashtirsak? Nahotki yo‘ldan chiq qan egri niyat, bebosh fe’llarga 
bobolarimiz, samoviy momolarimiz ma’naviyatini qarshi qo‘ya olmasak? ha,
qarshi ko‘ya olamiz. Bunga jamoa, mahalla, odamlar munosabati zarba bera oladi. 

Yüklə 7,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   351   352   353   354   355   356   357   358   ...   373




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin