3
ZAMONAVIY TA’LIMDA INNOVATSION YONDASHUVLAR
M.I. Daminov
BuxDUPI direktori,
Pedagogika fanlari nomzodi, dotsent
Ta’limda
boshlangan
o‘zgarishlarning
samaradorligini ko‘rsatish,
zamonaviy ta’limni rivojlantirish bilan barobar. Zero, bugungi kunda jadal sur’atlar
bilan o‘sib botayotgan ta’lim tizimidagi innovatsiyalar ta’limni har tomonlama
rivojlantirishga xizmat qiladi.
Prezidentimiz ta’kidlaganidek:
“
Farzandlarimiz maktabdan qanchalik bilimli
bo‘lib chiqsa, yuqori texnologiyalarga asoslangan iqtisodiyot tarmoqlari shuncha
tez rivojlanadi, ko‘plab ijtimoiy muammolarni yechish imkoni tug‘iladi. Shunday
ekan, Yangi O‘zbekiston ostonasi maktabdan boshlanadi, desam, o‘ylaymanki,
butun xalqimiz bu fikrni qo‘llab-quvvatlaydi”.
Ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy qismini, albatta,
oliy ta’lim tizimidagi islohotlar tashkil etadi. Xususan, O‘zbekiston Respublikasida
oliy ta’limni tizimli isloh qilishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash, mustaqil
fikrlaydigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash oliy ta’limning asosiy jarayoni
bo‘lib, sifat jihatidan ta’limni yangi bosqichga ko‘taradi.
Innovatsiya tushunchasi iqtisodiyotga XX asr boshlarida kirib kelgan.
Avstraliyalik iqtisodchi olim Y.Shumpeter birinchi marotaba innovatsiyalarga oid
masalalarni ko‘rib chiqqan va innovatsion jarayonga to‘liq ta’rif bergan. Iqtisodiy
adabiyotlarda “innovatsiya” tushunchasiga ko‘pchilik mualliflar tomonidan
turlicha yondoshuvlar keltirilgan. Mualliflar yangilik kiritishni iqtisodiy tadbiq
etish jihatidan nazarda tutadi, ya’ni yangi resurslarni tashkil etish yoki mavjud
Dostları ilə paylaş: