Buxoro davlat universitetining pedagogika instituti pedagogik ta


XOTIN-QIZLARGA BERILAYOTGAN IMKONIYATLAR XUSUSIDA



Yüklə 7,27 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/373
tarix24.12.2023
ölçüsü7,27 Mb.
#193675
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   373
innovatsion

XOTIN-QIZLARGA BERILAYOTGAN IMKONIYATLAR XUSUSIDA 
A.A. Huseynova
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha
vakili(Ombudsman)ning Buxoro viloyati
mintaqaviy vakili, senator 
Yurtimizda qadimdan ayolga hurmat-e’tibor ko‘rsatish, qadrlash qutlug‘ an’anaga 
aylanganligi hammaga ayon. Chunki u birinchi navbatda ona, kelajak avlodni 
dunyoga keltirib, tarbiyalab voyaga yetkazuvchi inson. Shu tufayli jamiyatda o‘z 
o‘rniga ega. Demak, biz ayolni qancha ko‘p e’zozlasak, bu ertangi kunimiz, 
istiqbolimiz haqida g‘amxo‘rlikdir. Yurtboshimiz xotin-qizlarning faolligini yanada 
oshirish, ularning mavqeini yuksaltirish, huquqlarini har tomonlama himoyalash
jamiyatda o‘zining munosib o‘rniga ega bo‘lishi uchun zarur ijtimoiy, siyosiy-iqtisodiy 
shart-sharoitlarni yaratish masalasiga doimiy e’tibor berib kelmoqda. Mustaqillik 
yillarida jamiyat hayotining barcha jabhalarida xotin-qizlar rolini kuchaytirish va 
maqomini oshirish, ularning huquq hamda qonuniy manfaatlarini himoya etish 
yuzasidan salmoqli ishlar qilindi. O‘zbekistonda xotin-qizlar va erkaklar teng huquqli 
ekani konstitutsiyaviy prinsip hisoblanadi. Konstitutsiyamizning XIV bobi oila, onalik 
va bolalikka bag‘ishlangan. O‘zbekiston 1995 yili Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida 
birinchilar qatori BMTning «Xotin-qizlarni kamsitishning barcha shakllariga barham 
berish to‘g‘risida»gi konvensiyasiga qo‘shilgan. O‘zbekiston Respublikasining «Xotin-
qizlarga qo‘shimcha imtiyozlar to‘g‘risida»gi, «O‘zbekiston Respublikasi Oliy 



Majlisiga saylov to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va 
qo‘shimchalar kiritish haqida»gi qonunlari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasining davlat va ijtimoiy qurilishida xotin-
qizlarning rolini oshirish choralari to‘g‘risida»gi, «Xotin-qizlarning ijtimoiy 
muhofazasini kuchaytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi hamda 
«O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash borasidagi 
qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmonlari mamlakatimiz xotin-qizlarining 
siyosiy va ijtimoiy faolligini yanada oshirishda muhim ahamiyat kasb etdi. Mazkur 
qonun hujjatlari asosida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan izchil chora-tadbirlar 
samarasi o‘laroq, xotin-qizlarning ishlab chiqarish, tadbirkorlik va boshqa sohalardagi 
ishtiroki tobora kengaymoqda. Yurtimizda oila, onalik va bolalik manfaatlarini 
ta’minlash, xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, rag‘batlantirish, huquqiy, 
iqtisodiy, ijtimoiy jihatdan muhofazalash, joylarda ularni ish bilan ta’minlash, 
salomatligini mustahkamlashga oid chora-tadbirlar ko‘lami ortmoqda. Shuningdek, 
jamiyatimizda xotin-qizlar jamoat tashkilotlarining huquqiy vakolatlarini kengaytirish, 
faoliyat samaradorligini yanada oshirishga ham katta e’tibor berilmoqda. Bugungi 
kunda xotin-qizlarning salmoqli qismi nodavlat notijorat tashkilotlarining ta’lim, ayollar 
huquqlari, reproduktiv salomatlik, kasbiy tayyorlash va qayta tayyorlash, kichik biznes 
va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, atrof-muhitni himoyalash kabi sohalarda 
samarali faoliyat ko‘rsatmoqda. Quvonarlisi, bugungi kunda zamonaviy fikrlaydigan 
ota-onalar, qaynota-qaynonalar, kuyovlar ko‘payib boryapti. O‘z navbatida, xotin-
qizlarning ta’lim olishi, kasbli bo‘lishi uchun qog‘ozda emas, real hayotda katta 
qulayliklar, yengilliklar yaratilmoqda. Bugun gender tenglik degan demokratik tamoyil 
haqida ochiq-oydin gapirilayotgani, bu borada izchil chora-tadbirlar olib borilayotgani 
fikrimizga misol bo‘la oladi. Mamlakatimizda gender tenglikni hamda onalar va bolalar 
muhofazasini ta’minlash masalalari bo‘yicha ildam va ijobiy o‘zgarishlar yuz 
berayotgani hisobga olinib, O‘zbekiston delegatsiyasi joriy yilda Nayrobi shahrida 
o‘tkaziladigan aholishunoslik bo‘yicha xalqaro anjumanga taklif etildi. Bunday keng 


10 
miqyosli tadbirda ishtirok etish O‘zbekiston milliy tajribasini xorijiy mamlakatlarda 
tatbiq etish imkonini beradi. UNFPA ijro etuvchi direktori o‘rinbosari Laura Londen 
so‘nggi yillarda O‘zbekistonda qabul qilingan qonunlar, xotin-qizlar ijtimoiy-siyosiy 
faolligini oshirishga qaratilgan meyoriy-huquqiy hujjatlarni alohida e’tirof etdi. 2022 
yilda O‘zbekistonda aholini ro‘yxatga olish tashkil etilishi, shuningdek mamlakatda 
gender statistika joriy etilishiga ijobiy baho berdi. UNFPA bu masalalarda O‘zbekiston 
hukumatiga ko‘mak berishga tayyorligini bildirdi.
Gender tenglikka erishish strategiyasi asosan, uzoq istiqboldagi maqsadli 
vazifalardan kelib chiqib, qator ustuvor yo‘nalishlarda amalga oshiriladi. Davlat 
xizmatida, ijtimoiy-iqtisodiy, oilaviy munosabatlar hamda bolalar tarbiyasi sohasida, 
saylov huquqlarini amalga oshirishda xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda 
imkoniyatlarni ta’minlash shular jumlasidan. Shuningdek, strategiyada gender tenglikni 
ta’minlash tadbirlarini hisobga olgan holda davlat dasturlarini budjetlashtirish va 
moliyalashtirish ham ko‘zda tutilgan. Shuni alohida ta’kidlash joizki, inson huquqlariga 
oliy qadriyat sifatida qaralayotgan yurtimizda xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy 
jarayonlarda faol ishtirokini ta’minlash uchun barcha huquqiy asoslar, shart-sharoitlar 
mavjud. Jumladan, vakillik organlariga oid saylov qonunchiligida ayollarga imtiyozlar 
belgilangan. «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to‘g‘risida»gi Qonunda 
xotin-qizlar soni siyosiy partiyalardan ko‘rsatilgan deputatlikka nomzodlar umumiy 
sonining kamida 30 foizini tashkil etishi lozimligi qayd etilgani ham fikrimizni yaqqol 
isbotlaydi. Quvonarlisi shundaki, yurtimiz ayollari nafaqat yirik mutaxassis, balki 
senator yoki deputat, olima, rahbar sifatida mamlakatimiz taraqqiyoti yo‘lida fidokorona 
mehnat qilib kelmoqdalar. Ushbu fikrimizning yana bir tasdig‘i sifatida kechagina 
Tanzila Norboyevaning O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi etib 
tayinlanganligini aytishimiz mumkin. Buning huquqiy asosi Konstitutsiyamizning 46-
moddasida «Xotin-qizlar va erkaklar teng huquqlidirlar», deya kafolatlangan. 
Biz qurayotgan jamiyat fuqarolik jamiyatidir. Chunki jamiyat taraqqiyoti bugungi 
kunda shunday yuksaklikka ko‘tarilganki, unda inson huquqlari oliy qadriyat sifatida 


11 
himoya qilinadi. Xoh davlat tashkiloti, xoh nodavlat tashkiloti bo‘lsin, barcha institutlar, 
inson haq-huquqlarini ta’minlash, shuningdek, xotin-qizlar huquqlari kafolatlarini 
yanada mustahkamlash borasida tinimsiz ish olib bormoqdalar. 

Yüklə 7,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   373




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin