14
leksikografiya tarmog‘ini rivojlantirish, zamonaviy, yangi avlod o‘quv lug‘atlarini
tuzish hamda ularning elektron shakllarini yaratish orqali sohalar bo‘yicha milliy
terminologik tizimni takomillashtirish
ustuvor vazifasi qo‘yildi
1
.
Mazkur
farmonda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida qator lug‘atlar,
lug‘atshunoslikka oid qator tadqiqotlar yaratilmoqda.
Lug‘atlar, eng avvalo, tilning akkumulyativ (lotincha
akkumulate
–
to‘plash
2
) vazifasini bajarishiga xizmat qiladi. Har qanday lug‘at bir necha bosqich
asosida yaratiladi. Lug‘at yaratuvchilar lug‘atdan yozuv turi va shaklini tanlashdan
tortib, so‘zlar, ma’lumot turlarini tanlash, ma’lumot uchun joy tanlash (masalan,
lug‘at maqolasida yoki ilovada) kabi barcha leksikografik
qarorlar uchun asos
bo‘lib xizmat qiladi. Lug‘at maqolalari ikki bosqich asosida shakllantiriladi.
Dastlabki bosqich muloqotga yo‘naltirilgan bosqich bo‘lib, bunda ma’lum bir
so‘zning izohiga qaratilgan matnni ishlab chiqish, qayta ko‘rib chiqish va tarjima
qilish kabi jarayonlarni o‘z ichiga oladi. Lug‘at
maqolasining bilimga
yo‘naltirilganlik darajasini aniqlovchi keyingi bosqich matnni qabul qilish
(tushunish) bilan bog‘liq holatlar bilan shug‘ullanadi. Bunda lug‘at ma’lum bir
narsa haqida aniq bilimlarni olish uchun xizmat qilishi muhim sanaladi.
Lug‘atlarda ma’lum bir tushuncha xususidagi maksimal ma’lumot minimal tarzda
izohlanishi muhimdir.
So‘zlarni jamlash, saralash, ularga izoh berish kishidan alohida bilim, iqtidor
va mehnatni talab etadi. O‘rta asrlarning mashhur filologi Yustus Skaliger: “Agar
kimdir og‘ir mehnat-u, azoblarga mahkum etilgan bo‘lsa,
unga temirchi-yu,
konchilar mashaqqatini ravo ko‘rmay qo‘yaqol-da, lug‘at tuzishni buyur: shu
ishning o‘ziyoq barcha mashaqqatlarning mashaqqatlirog‘idir”, – degan ekan.
Mana shu jumlalarning o‘ziyoq lug‘at yaratishning naqadar mashaqqatli ekanini
ko‘rsatadi.
1
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yilning 20-oktabridagi “Mamlakatimizda o‘zbek tilini yanada
rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6084-sonli farmoni.
https://lex.uz/docs/-5058351
Dostları ilə paylaş: