18
“HAYRAT UL-ABROR” DOSTONINING MATNIY XUSUSIYATLARI
Amonova Zilola Qodirovna
Buxoro davlat universiteti dotsenti, f.f.d.
Murodova Gulchehra Azamat qizi
Buxoro davlat universitetining
Pedagogika instituti o‘qituvchisi.
O‘zbek mumtoz adabiyotini chuqur o‘rganish va tahlil qilishda qo‘lyozma va
toshbosma manbalar muhim ahamiyat kasb etadi. Xususan, Alisher Navoiy adabiy
merosi qo‘lyozmalarining topilishi ijodkor asarlarini yanada izchil o‘rganishni
taqozo qilmoqda. Alisher Navoiy asarlari uzoq
davrlar mobaynida xattot va
kotiblar tomonidan ko‘chirilib, avloddan avlodga yetkazilgan bo‘lsa, keyinchalik
litografik usulda yanada ommalashdi. Ulug‘ shoirning asrlar davomida eng ko‘p
tarqalgan asari shubhasiz, “Xamsa” bo‘lib, uning yaxlit
bir kitob holida nashr
qilinishi hamda mukammal matnning yaratilishi Porso Shamsiyev nomi bilan
bog‘liq. Porso Shamsiyev yaratgan ilmiy-tanqidiy matn asosida “Hayrat ul-abror”
dostoni ham bir necha bor nashr qilindi. Doston matni Alisher Navoiy XV tomlik
asarlar to‘plamining 6-tomidan, XX tomlik Mukammal asarlar to‘plamining 7-
tomidan, X jildlik To‘la asarlar to‘plamining 6-jildidan o‘rin olgan. Ammo
yuqoridagi nashrlarni qiyoslash davomida ma’noviy tafovut va orfografik xatolar
ham ko‘zga tashlanadi. Alisher Navoiy ”Xamsa” dostonlarining
barchasi uchun
xos xususiyatlardan biri, ularning an’anaviy kirish boblar bilan boshlanganidadir.
“Hayrat ul-abror” dostoni boshlanmasida ham basmala, hamd, munojot bilan bir
qatorda, besh na’t, so‘z ta’rifi, ko‘ngil tavsifi keltirilgan boblar ham uchraydi.
Quyida ular doston nashrlari bilan o‘zaro qiyoslanib, farqli
xususiyatlari tahlilga
tortilgan.
Zoviyayi
jismg‘a
har zotdin,
19
Ruh yoqib sham’ bu mishkotdin.
5
Payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v.) ta’rifi keltirilgan yuqoridagi misra
Mukammal asarlar to‘plamidan o‘rin olgan doston matnida quyidagidek berilgan:
Zoviyayi
Dostları ilə paylaş: