Buxoro davlat universitetining pedagogika instituti pedagogik ta



Yüklə 7,27 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/373
tarix24.12.2023
ölçüsü7,27 Mb.
#193675
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   373
innovatsion

Shohid ochib
chehra bu ko‘zgu anga, 
Ul ne qilib, ko‘rguzubon bu anga.
9
Misralardagi turli xillikni yuzaga keltirgan so‘zlar “shohid etib” va “shohid 
ochib”dir. Lug‘atlarda ”shohid” so‘zining “guvoh” bilan bir qatorda, “go‘zal, 
dilbar” ma’nolari ham uchraydi. Ushbu baytni tahlil qilish davomida yuqoridagi 
baytlarga ham murojaat qilamiz. Yuqoridagi bayt mazmuni quyidagicha: Alloh 
yuzida nima yashiringan bo‘lsa, ularning hammasi habibi yuzida ham namoyon 
bo‘ladi. Uning chehrasi go‘zal bo‘lib, bu ko‘zgudir. U nimaki qilsa ko‘zgu unga 
ko‘rsatadi. 
Kufr biyik 
tog‘ig‘a
solib shikast, 
Yerga bo‘lub past butu butparast.
10
Yuqoridagi misradagi “tog‘ig‘a” so‘zi To‘la asarlar to‘plamidagi doston 
matnida 
“toqig‘a”
tarzida tuzatilgan. Bayt mazmunini sharhlash davomida bu 
tuzatish asosli ekanligiga guvoh bo‘lamiz. “Toq” so‘zi “gumbaz, mehrob va 
tokchalarning tepasidagi qayrilma qismi” ma’nolarida qo‘llaniladi. Baytdan 
kofirlik buyuklik toqiga shikast yetkazgan bo‘lib, shunda butlar va butparastlar 
ham yerga tiz cho‘kkan edi degan ma’no anglashiladi. Birinchi misrada “toqig‘a” 
so‘zining o‘rinli qo‘llanilganiga sabab qilib, keyingi misrada “yer” so‘zining 
qo‘llanilganligini ko‘rsatish mumkin. Shoir bu misrada “toq” va “yer” so‘zlarini 
qo‘llash orqali tazod san’atining yorqin namunasini yaratgan. 
Zoting edi 
javhari
ulviy najod, 
Tutmadi yer soyasi birla savod.
11
Yuqoridagi bayt To‘la asarlar to‘plamidan o‘rin olgan doston matnida 
quyidagicha keltirilgan: 
Zoting edi 
gavhari
ulviy najod, 
9
Alisher Navoiy. To`la asarlar to`plami. 6-jild. Toshkent. 2012. 27-bet. 
10
АлишерНавоий. Мукаммал асарлар тўплами.7 том. – Тошкент. “Фан”.1991. 35б. 
11
Алишер Навоий. Мукаммал асарлар тўплами.7 том. – Тошкент. “Фан”.1991. 38б. 


21 
Tutmadi yer soyasi birla savod.
12
Kim yuzin 
ayblab
qaro g‘amnok erur, 
Shaqqi emaskim, yoqosi chok erur.
13
Yuqoridagi misra To‘la asarlar to‘plamidan o‘rin olgan doston matnida 
quyidagidek yozilgan: 
Kim yuzin 
aylab
qaro g‘amnok erur, 
Shaqqi emaskim, yoqosi chok erur.
14
Bu yerda turli xil yozilgan so‘zlar “ayblab” va “aylab” so‘zlarigina emas, 
balki har ikkala nashrda ham bir xilda yozilgan “shaqqi” so‘zi hamdir. Bu so‘z 
ilmiy-tanqidiy matnda “shaqiy” tarzida yozilgan. Agar bu so‘z “shaqqi” bo‘lganida 
“qof” harfida tashdid belgisi qo‘llanilgan bo‘lar edi. Birinchi misrada qo‘llangan 
“ayblab” so‘zi ham ilmiy-tanqidiy matnda “ب لاىا” tarzida yozilgan. Baytda 
so‘zlarning qay biri o‘rinli foydalanilganinini bilish uchun bayt mazmuniga ham 
e’tibor qaratish lozim: Kim yuzini qora qilib g‘amda ekan, u baxtsiz , omadsiz 
emas, balki yoqasi chokdir. 

Yüklə 7,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   373




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin