Tutmog‘oning andin edi xomani,
Kim ul etibdur qaro ko‘p nomani.
15
Yuqoridagi bayt Mukammal asarlar to‘plamidan o‘rin olgan doston matnida
”tutmog‘ining” tarzida qo‘llangan. Bu o‘rinda, ma’no “qalamni ushlashiga, qo‘lga
olishiga sabab” tarzida anglashiladi. To‘la asarlar to‘plamidagi asar matni va
dostonning ilmiy-tanqidiy matnida esa bu aksincha, “tutmog‘oning” tarzida
yozilgan. Ya’nikim: Qalamni qo‘lga olmasligingning sababi shundaki, bu qalam
ko‘p taqdirlarni qora qilgan edi mazmuni anglashiladi. Bularning qay biri asosli
ekanligini ushbu misralardan oldingi o‘rinlarni kuzatish orqali ham aniqlash
mumkin. Dostonning yuqoridagi o‘rinlarida shunday bir bayt keltirilgan:
O‘pmadi ilgingni chu nolai qalam,
12
Alisher Navoiy. To`la asarlar to`plami. 6-jild. Toshkent. 2012. 31-bet.
13
АлишерНавоий. Мукаммал асарлар тўплами.7 том. – Тошкент. “Фан”.1991. 39б.
14
Alisher Navoiy. To`la asarlar to`plami. 6-jild. Toshkent. 2012. 31-bet.
15
Alisher Navoiy. To`la asarlar to`plami. 6-jild. Toshkent. 2012. 31-bet.
22
Motamiy aylabtur oni bu alam.
16
Bu misralarni kuzatish davomida esa baytda “tutmog‘oning” so‘zi o‘rinli
qo‘llanganiga guvoh bo‘lamiz.
Xasta Navoiy sori nazzora qil,
Kufr
anoniyatig‘a chora qil.
17
Ikkinchi misra tarkibida kelgan “anoniyat” so‘zi Mukammal asarlar
to‘plamidan o‘rin olgan doston matnida
“inoniyat” tarzida qo‘llangan. “Anoniyat”
so‘zining “manmanlik, takabburlik” ma’nolari bor bo‘lgan holda “inoniyat” so‘zi
lug‘atlarda uchramaydi. Bu misra uchinchi na’tning xulosa qismida keltirilgan
bo‘lib, xasta Navoiyni nazaringdan chetda tutmagaysan, undagi kufr va
manmanlikka biror chora qil mazmuni kelib chiqadi.
Makkani chun qildi
judo dayrdin,
Tig‘ suyi birla yudi g‘ayrdin.
18
Ushbu misra tarkibida qo‘llangan “judo” so‘zi Mukammal asarlar
to‘plamidagi doston matnida
“juda” tarzida ifodalangan. Bu so‘zlarning qay biri
bayt mazmuniga mos kelishini uni sharhlash orqali aniqlash mumkin. Bayt
mazmuni quyidagicha: U (Umar) Makkani butxonalardan ajratdi. Qilichining suvi
bilan butparastlardan tozaladi. Ushbu mazmunda “judo” so‘zini qo‘llash bayt
mazmunini ochib berishga xizmat qiladi.
Vasl xayolidin etib ko‘ngli
xush ,
Bahrdek ul jo‘sh ila aylab xurush.
19
Birinchi misra tarkibida kelgan “xush” so‘zi To‘la asarlar to‘plamidagi doston
matni va asar tanqidiy matnida
“jo‘sh” tarzida ifodalangan. Bir qaraganda “xush”
so‘zi ham bayt mazmuniga mos keladi. Ammo ikkinchi misrada “ul jo‘sh”
ta’kidining qo‘llangani birinchi misrada ham “jo‘sh” so‘zining bo‘lishini taqozo
16
АлишерНавоий. Мукаммал асарлар тўплами.7 том. – Тошкент. “Фан”.1991. 39б.
17
Alisher Navoiy. To`la asarlar to`plami. 6-jild. Toshkent. 2012. 32-bet.
18
Alisher Navoiy. To`la asarlar to`plami. 6-jild. Toshkent. 2012. 34-bet.
19
АлишерНавоий. Мукаммал асарлар тўплами.7 том. – Тошкент. “Фан”.1991. 45б.
23
etadi. Shunda bayt mazmuni quyidagicha tahlil qilinadi: Visol xayolidan ko‘ngli
shunday jo‘sh urdiki, u jo‘sh urishi xuddiki dengizning hayqirishidek edi.
Nashrlarda so‘zlar o‘rni o‘zgargan holda ham uchraydi.