29
O‘lumni fikr etibon ko‘ngil tirgil.
Qorong‘i go‘ring ichra charog‘ etgil,
Chirog‘ing namoz turur qilmasmusan?
Ushbu hikmat didaktik ruhda yozilgan bo‘lib, islom dinining beshta
arkonidan biri bo‘lgan namoz o‘qishning zarurati haqida so‘z boradi. Adib har
birimizni har lahzada o‘limni yod etib, uni istalgan vaqtda eshik qoqib kelishini
unutmaslikka, vafotimizdan so‘ng abadiy manzilimiz bo‘lmish qorong‘u
go‘rimizni o‘qigan namozlarimizgina yoritib, bizni jannatga yetaklovchi bir qadam
bo‘lishini ta’kidlaydi. Bu haqida dinimizning muqaddas Qur’oni Karimda shunday
fikrlar bor:
“Islom 5 dalildan iborat”dir:
1. Kalimai shahodat(aytmoq);
2. Namoz o‘qimoq;
3. Zakot bermoq;
4. Ramazon ro‘zasini tutmoq”;
5. Haj qilmoq (imkoni bo‘lsa).
Dostları ilə paylaş: