Buxoro davlat universitetining pedagogika instituti pedagogik ta



Yüklə 7,27 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/373
tarix24.12.2023
ölçüsü7,27 Mb.
#193675
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   373
innovatsion

Baqara surasi 110-oyat: 
Namozni mukammal ado etingiz va zakot beringiz! 
O‘zingiz uchun nimaiki yaxshilik qilgan bo‘lsangiz, uni Alloh huzurida topajaksiz. 
Albatta, Alloh qilayotgan amallaringizni ko‘rib turuvchidir.
 
Niso surasi 77-oyat:
“Qo‘llaringizni (jangdan) tiyib, (hozircha) namoz o‘qib, zakot berib turingiz!” 
deyilgan (kishi)larni ko‘rmadingizmi? Ularga jang farz qilingach esa, bir qismi 
xuddi Allohdan qo‘rqqandek yoki undan ham ko‘proq odamlardan qo‘rqa 
boshladilar va aytdilarki: "Ey, Rabbimiz! Nega bizga jangni farz qilding? Bizni 
(ajalimizni) ozgina muddatga kechiktirsang bo‘lmasmidi?" Ayting: “Dunyo matosi 
(lazzati) ozdir. Taqvoli kishiga esa oxirat yaxshidir. Xurmoning dumicha ham 
(Alloh tarafidan) zulm qilinmaysizlar”. 
“Qur’oni Karim”da azaliy va abadiy o‘lim haqida quyidagi fikrlar bor: 


30 
Niso surasi-78 oyat: 
Qayerda bo‘lsangiz ham o‘lim sizlarni topadi, hatto mustahkam qal’alar 
ichida bo‘lsangiz ham. Ularga biror yaxshilik yetsa, “Bu – Allohdan”, - deydilar. 
Agar ularga biror noxushlik yetsa, “Bu – Sizdan”, - deb aytadilar. “Hammasi 
Allohdandir”, - deng (ularga). Bu qavm kishilariga nima bo‘ldiki, gapni anglay 
olmaydilar?! 
Hikmat: 
Alloh yodi oshiqlardin xoli bo‘lmas, 
Haqiqat er bu dunyog‘a mayl qilmas. 
Hayron bo‘lib, bu dunyoni ko‘zga olmas, 
Mani taqi bu dunyoni qo‘yg‘um kelur. 
Oli Imron surasi 255-oyat. 
Alloh – Undan o‘zga iloh yo‘qdir. (U hamisha) tirik va abadiy turuvchidir. 
Uni na mudroq tutar va na uyqu. Osmonlar va Yerdagi (barcha) narsalar Unikidir. 
Uning huzurida hech kim (hech kimni) Uning ruxsatisiz shafoat qilmas. (U) ular 
(odamlar)dan oldingi (bo‘lgan) va keyingi (bo‘ladigan) narsani bilur. (Odamlar) 
Uning ilmidan faqat (U) istaganicha o‘zlashtirurlar. Uning Kursiysi osmonlar va 
Yerdan (ham) kenglik qilur. U ikkisining hifzi (tutib turishi) Uni toliqtirmas. U 
oliy va buyukdir. 
Izoh: Bu oyatdagi kursiy so‘zining lug‘aviy ma’nosi o‘rindiq, taxt, tayanch, 
kursi va hokazo. Oyatdagi “kursiy”dan murod nima ekani haqida turli tafsirlar bor: 
1. Kursiy Arshning o‘zi. 2. Arshdan kichikroq alohida Qur’oni karim ma’nolari 
tarjimasi. 3. Allohning ilmi. 4. Uning qudrati. 5. Hukmronligi va hokazo. Mazkur 
oyat – “Oyatul-Kursiy” deb nomlanadi. Bu oyati karimaning fazlu xislatlari 
to‘g‘risida ko‘pgina hadisi shariflar mavjud. Jumladan, “Kimki har bir farz 
namozidan keyin bu oyatni o‘qib yursa, jannatga kirishi uchun faqat o‘lim 
to‘sqinlik qilib turgan bo‘ladi. Tunda uxlashdan oldin o‘qib yotsa, Alloh uning 
o‘zini va qo‘shnilarini balo-qazodan asraydi. Bu oyat o‘qilgan uyga sehr-jodu 


31 
ta’sir etmaydi”. Ayting: “Ey, hukmronlik egasi - Alloh, Sen xohlagan kishiga 
hukmronlik ato etursan va xohlagan kishingdan hukmronlikni tortib olursan, 
xohlagan kishingni aziz qilursan va xohlagan kishingni xor etursan. Yaxshilik 
Sening qo‘lingdadir. Albatta, Sen hamma narsaga qodirsan. Allohning fazli bilan 
bergan narsasi ustida baxillik qiluvchilar buni o‘zlariga yaxshi deb 
hisoblamasinlar! Aslo! Bu ular uchun yomondir. Qiyomat kuni baxillik qilgan 
narsalari (o‘z bo‘yinlariga) bo‘yinturuq qilib ilib qo‘yiladi. Osmonlar va Yerning 
me’rosi Allohga (qolur). Alloh qilayotgan ishlaringizdan xabardordir”. “Alloh 
faqir, biz boymiz”, degan odamlarning gapini Alloh eshitdi. Ularning (bu) 
gaplarini hamda payg‘ambarlarni nohaq qatl etganlarini yozib qo‘yamiz va 
(qiyomatda): “Yong‘in azobini totib ko‘ring!”- deymiz. 
Hikmat: 
Tuni kuni tinmayin toat qilg‘il, 
Mo‘min ersang masjid tobo qadam qo‘yg‘il. 
Iymonning nuri sanda shukr qilg‘il, 
Qul bo‘lib, haqg‘a qulliq qilmasmusan? 
Bu hikmat ham didaktik ruhda yozilgan bo‘lib, adib oddiy insonlarga 
murojaat qilib, agar musulmon bo‘lsang, dining islom bo‘lsa, masjid tobo (tomon) 
bor va tunu kun toat ibodat bilan mashg‘ul bo‘l deydi. Agar shu amallarni 
bajarishni Olloh ko‘nglingga solib, qat’iyat bilan shu yo‘lga kirsang bilginki, 
sening yuzingda iymon (arab. ishonch, e’tiqod)-islomning 5 rukni (asosi)dan biri. 
Ollohga, uning farishtalariga, payg‘ambarlariga, qiyomat kuniga, taqdirga va 
o‘lgandan keyin tirilishga ishonish) ning nuri paydo bo‘ladi va sen Haqning 
haqiqiy solih bandasiga aylanasan deydi. Islom dini vakillarining qanday tartibda 
toat ibodat qilishi va iymon, e’tiqodi haqida “Qur’oni Karim”da ma’lumotlar 
keltiriladi. 
Qur’oni Karimda quyidagicha fikrlar keltirilgan: 


32 
…Islomdan murod iymon demakdir. Iymon so‘zda ham, amalda ham 
bo‘lmog‘i kerak. Iymon kuchaygaydir va susaygaydir. Dalili: Olloh taolo Qur’oni 
Karimda: “Iymonlarini yanada ziyoda qilsinlar, deb ularga hidoyatimizni ziyoda 
qildik” va “Olloh taolo hidoyat topgan kishilarning hidoyatini ziyoda qildi va 
ularga taqvo ato etdi”- deb aytgan. 

Yüklə 7,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   373




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin