Buxoro davlat universitetining pedagogika instituti pedagogik ta


Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati



Yüklə 7,27 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə353/373
tarix24.12.2023
ölçüsü7,27 Mb.
#193675
1   ...   349   350   351   352   353   354   355   356   ...   373
innovatsion

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati 
1. Avazov Sh.,Muslimov N., Qosimov Sh., Xodiyev U., Avazov E. Kasb-hunar 
kollejlarida amaliy kasbiy ta’lim metodikasi va texnologiyalari(chizmalar, 
jadvallar va suratlarda) Kasb-hunar kollejlarida amaliy kasbiy ta’lim metodikasi va 


945 
texnologiyalari(chizmalar, jadvallar va suratlarda). Metodik qo‘llanma. Toshkent: 
“NAVRO‘Z”, 2014. -300 b.
2. B.D.Ulugov , S.U. Kasimov Application of Pedagogical Information 
Technologies in the Educational Process of Universities in Uzbekistan. 
International Journal of Information and Communication Technology Education 
(IJICTE) , DOI: 10.4018/IJICTE.2021100 
OILADA MEHNAT TARBIYASI ESTETIKASI 
Muxsinova Umriya Barnoyevna,
BuxDUPI o‘qituvchisi
Abdullayeva Sabinaxon , 
1MT Guruh talabasi:
Kalit so‘z: 
oila, ta’lim, tarbiya, mehnat tarbiyasi, estetika, qadriyat
 
Annotatsiya:
Ota-onalarnig yuksak ijtimoiy ongi bolalarda ham shunga 
mos ong tarkib topishiga yordam beradi.
 
Oila shunday makonki, unda hayotning 
davomiyligini ta'minlovchi shaxs shakllanadi, etnik madaniyat, urf-odatlar, 
axloqiy-milliy qadriyatlar saqlanadi va rivojlantiriladi, jamiyat taraqqiyotini 
belgilovchi iqtisodiy va ma'naviy hayot poydevori qo‘yiladi va mustahkamlanadi.
 
Farzand – oilaning quvonchi, ota-onaning tayanchi, jamiyatning
hayotbaxsh kuchi. Buyuk uzbek shoiri va mutafakkiri Alisher Navoiy bolani 
«mehri anbar» - uyni yoritadigan va oilaga baxt-kuvonch keltiradigan nur deb 
hisoblagan edi. 
Farzand umr mevasi, oila faxri, kelajagi, baxtidir. Ammo tarbiya nihoyatda 
mashaqqatli ish bo‘lib, ota-onalar bolalar tarbiyasida har doim ham istagan 
natijalariga erishavermaydilar. 
Hayotining birinchi yilidan boshlab bola shaxsini shakllantirish, ya’ni uning 
tarbiyasi bilan shug‘ullanish oilaning asosiy vazifasidir.


946 
Oila jamiyatning boshlangich bo‘g‘ini bo‘lib, unda yangi inson vujudga 
kelad; bu kichik ijtimoiy guruh bola uchun dastlabki hayot maktabidir.Ota-onalar
bolaning birinchi o‘qituvchisi va tarbiyachisidirlar. 
Alisher Navoiy bolalar oilada va maktabda imtizomli bo‘lishlari va 
o‘zlarining odobli ekanliklarini ko‘rsatishlari kerakligini ham ta’kidlab o‘tgan edi. 
Navoiy tarbiya usuli sifatida namuna ko‘rsatishga alohida e’tibor berar va 
kishilarni, ayniqsa yoshlarni yaxshi kishilardan o‘rganishga, ulardan ibrat olishga, 
ularning davrasida bo‘lish, ular bilan tez –tez suhbatlashishga chaqirar edi. U bola 
tarbiyasida ota-onalarning ibrati to‘g‘risida: 
Farzand ato kullugin chu odat qilgay, 
Ul odat ila kasbi saodat qilgay, 
Har kimki atoga ko‘p rivoyat qilgay, 
O‘glidan anga bu ish siroyat qilgay. 
Sharq mutafakkirlaridan Nasriddin Tusiy o‘zining «Axloqi Nasriy» asarida
yaxshi tarbiyaning muhimligiga ko‘p to‘xtalgan. U ota-onalarning huquq va 
burchlari, saxovatlilik, baxt, insonning oliyjanob hislatlari, qadr – qimmat, sadoqat 
va samimiylik, salomatlilik (kishi o‘zida yaxshi axloqiy xislatlarni shakllantirish 
uchun salomatlik juda zarur, deydi Tusiy) to‘g‘risida juda qimmatli fikrlarni
berganki, oradan yetti asr o‘tib ham, ular o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan. 
Bola tarbiyasida ota-onaning vazifasi, roli ko‘plab xalq maqol va matallarida 
uchratish mumkin.
Ota-onaning tarbiyachilik roli tugrisidagi kuyidagi xalq maqolini keltirish
mumkin: 
Bog‘ing bo‘lsa, qo‘ra qil, 
o‘g‘ling bo‘lsa, mulla qil 
Daraxtdan meva olaman desang, 
Niholligidan parvarish qil 
Suv bilan ekin o‘sar, 


947 
Tarbiya bilan – odam. 
Bola tarbyasida kattalarning ibrati to‘g‘risida quyidagicha maqollar mavjud: 
Daraxt ko‘ra – mevasi, 
Ota-onasiga ko‘ra – bolasi. 
Daryo chuchuk – ariq chuchuk, 
Daryo achchiq – ariq achchiq. 
Igna qayoqqa yursa, 
Ip ham shu yoqqa yurar
.(”Xalq maqollari”)
 
Madaniy va ma’naviy merosimiz bo‘lgan hadisu sharifda ham tarbiya
ahloq-odob, o‘zaro do‘stona munosabatlar, qarindoshlik, mehr- oqibat, adolat, 
insof-tavfiq bilan bir qatorda ota-ona va farzandlarning haq – huquqlari hamda
burchlari o‘z ifodasini topgan. Hazrati Muhammad payg‘ambarimiz (S.A.V) ota-
onaning bolalari olididagi burchlari haqida bir hadislarida: «Farzandlaringizni 
yaxshi boqingiz, ularni yaxshi tarbiya qilingiz», - deb marhamat qilgan edilar. 
Ota-onaning burchi bola tug‘dirishdangina iborat emas. Tug‘ilgan farzandni 
o‘stirish, yaxshi tarbiyalash, din va millati uchun foydali qilmoqdir. Yana bir 
hadisda «Farzandaringizni izzat ikrom qilish bilan birga ahloq-odobini 
yaxshilanglar», deyilgan.
Aga oila ma’nosiz hayot kechirsa, faqat shaxsiy huzur halovoti bilan 
mashg‘ul bo‘lsa, agar oilada rahmsizlik va xudbinlik hukm surayotgan bo‘lsa, 
bularning hammasi bolaning ma’naviy qiyofasiga salbiy ta’sir etmasdan 
qolmaydi, albatta. Shu sababli ota-onalar uchun oila tarbiyasi, avvalo o‘z-o‘zini 
tarbiyalashdan iborat bo‘lmog‘i kerak. Ota-onalarnig yuksak ijtimoiy ongi 
bolalarda ham shunga mos ong tarkib topishiga yordam beradi. 
Oilada kattalarga hurmat, kichiklarni avaylash kabi qoidalar kundalik odatga 
aylanib borishi kerak. Ota-onalar oldidagi ma’suliyatning naqadar muhimligi
shundan iboratki, ular bolaning har bir qadamini, har bir xatti- harakatini zimdan 
kuzatib boradilar. Bolalar har qanday janjalni, yomon, no o‘rin so‘zni uzoq eslab 


948 
yuradilar, o‘rni kelganda vaziyat bo‘lganda amalda qo‘llashga harakat qiladilar.
«Qush asida ko‘rganini qiladi», deydi xalqimiz. Ayniqsa, bolaning izzat 
nafsiga tegmaslik, uni kamsitib gapirmaslik, ota-onaning o‘zi madaniyatsizlik,
odobsizlik qilmasliklari maqsadga muvofiqdir. 
Har bir ota-ona o‘z farzandini sevadi. Hech kim ulardan yomon va baxtsiz 
insonlar yetishib chikishini istamaydi. Farzandning har bir yutug‘i ota-onaning
yuragini tog‘dek ko‘taradi, faxr va g‘urur tug‘ularini vujudga keltiradi. Lekin ota-
onaning maqsad vaniyatini farzandlar qanday tushunadilar, bu maqsadlarni 
amalga oshirish uchun ular qanday yo‘l va vositalardan foydalanadilar, bular 
nihoyatda murakkab masalalardir. Ota-onaning jamiyatda tutgan o‘rni, nufuzi,
farzand tarbiyasida katta ahamiyatga ega. bu narsa mansab bilan belgilanmaydi. 
eng yaxshi obro‘ va e’tibor halol mehnatdir. Halol mehnat bilan jamiyatda 
ortirilgan obro‘ oilada farzandar tarbiyasiga ijobiy ta’sir qiladi. Farzand ham ota-
onalardek bo‘lishga intiladi.
O‘zbek xalqi asrlar davomida mehnat insonning moddiy va ma’naviy ehtiyoji 
ekanligini tushunib yosh avlodni mustaqil hayotga tayyorlashga alohida e’tibor 
beradi. U o‘z hayotida turmush kechirish uchun ishlab chiqarish vositalarni 
yaratish zarurligini turmushda o‘z talablarini kondirish uchun mehnat qilish 
keraqligini anglatadi. Mehnatni shu ma’noda anglash qadimgi jamiyatga xos asosiy 
xususiyat bo‘ladi. Davr o‘tishi, ijtimoiy-siyosiy hayotda o‘zgarishlar yuz berishi 
aqliy mehnat tarbiyasi jitmoniy mehnat tarbiyasidan ajraldi. Natijada mehnat va 
mehnat tarbiyasiga munosabat o‘zgardi, bolalarni turli ijtimoiy mehnatga 
tayyorlash 
birinchi 
o‘rinda qo‘yildi. Inson va jamiyatning yashashi 
barqarorlashishi uchun mehnat qilish, mehnatni sevish kamolotining me’yori 
bo‘ldi, mehnat ishtirok etish kalomatlik vositasi hisoblanadi. Bu g‘oyalar xalq 
yaratgan «Mehnat-farog‘at chirog‘i», «Ish-insonning gavhari», «Daraxt yaprog‘i 
bilan ko‘rkam, inson mehnati bilan», «Odamni mehnat bezaydi», «Mehnat 


949 
hurmatning toji», «Yer- xazina, mehnat kaliti», «Yigit husni mehnatda» kabi 
maqollarda o‘z ifodasini topgan 

Yüklə 7,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   349   350   351   352   353   354   355   356   ...   373




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin