965
muammolar o‘rganib kelinmoqda. SHuning uchun aynan hozirgi davrda
o‘quvchilar salomatligini saqlash va mustahkamlashga qaratilgan ta’lim jarayonini
tashkil etishning xilma-xil shakllari
samaradorligini sinchiklab, kompleks tarzda
ilmiy tahlil qilish zarur[1,2].
Mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sport sohasini rivojlantirish masalasiga
davlat siyosati darajasida qaralib, undan millat genofondini sog‘lomlashtirish,
jismoniy va intellektual salohiyatli avlodni tarbiyalashning
kafolatli vositasi va
milliy istiqlol g‘oyalarini targ‘ib qilishda strategik ahamiyatga ega bo‘lgan muhim
soha sifatida foydalanilmoqda. Bugungi kunda “YOshlarimizning mustaqil
fikrlaydigan, yuksak intellektual va ma’naviy salohiyatga ega bo‘lib, dunyo
miqyosida o‘z tengdoshlariga hech qaysi sohada bo‘sh kelmaydigan insonlar bo‘lib
kamol topishi, baxtli bo‘lishi uchun davlatimiz va
jamiyatimizning bor kuch va
imkoniyatlarini safarbar etish
115
” ustuvor yo‘nalishlardan biriga aylandi. Ayniqsa,
turli yoshdagi o‘quvchilarni har tomonlama sog‘lom, mustaqil fikrlaydigan, yuksak
intellektual va ma’naviy salohiyatga ega shaxs sifatida
tarbiyalash bugungi
kunning dolzarb masalalaridan biri sifatida ta’kidlab kelinadi[1].
Dostları ilə paylaş: