Buxoro davlat universitetining pedagogika instituti pedagogik ta


Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati



Yüklə 7,27 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə368/373
tarix24.12.2023
ölçüsü7,27 Mb.
#193675
1   ...   365   366   367   368   369   370   371   372   373
innovatsion

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati 
1. Weber H., Ströhle J. Современное состояние технологий предварительной и 
последующей обработок тканей. // Текс.пром., 1997.- №3.- С.7-9. 
2. Chen J., Jane J. Preparation and properties of granular cold-water-soluble 
starches by alcoholic-alkaline treatment. Cereal Chem. 1994.- 71(6). – Р. 618-626 
3. Способы получения эфиров крахмала. А. с. СССР №1754723, кл С 08 В 
31/12 1985. 
4. Получение карбоксиметилкрахмала. Патент Индии №157014, опубл.1985 г. 
5. Hofreiter B.T.: Miscellaneous modifications in: Modified starches: properties 
and uses/Ed O.B.Wurzburg. CRC Press, Inc, Florida, 1986. - Р. 179-196. 
CHIQINDILAR MUAMMOSINI BARTARAF ETISHDA OILADAGI 
EKOLOGIK TARBIYANING ROLI 
Ochilova
N.R.
BuxDU Ekologiya va geografiya kafedrasi katta o‘qituvchisi
 
Dunyo miqyosida ishlab chiqarish sanoat tobora taraqqiy etib borayotgan 
bugungi kunda chiqindilar muammosi ham eng dolzarb ekologik masalalardan 
biriga aylanib bormoqda. Taraqqiyot natijasida yuzaga kelayotgan ekologik 
vaziyatlar ularning atrof muxitga salbiy tasiri nafaqat iqtisodiy siyosiy va ijtimoiy 
balki ekologik masalalarning xam ijobiy yechimlarini topish zarurligini ko‘rsatadi. 
Insoniyat tomonidan tabiiy boyliklardan haddan tashqari ortiqcha, foydalanish, 
unda ekologik omillar ahamiyatini e’tiborga olmaslik tufayli o‘rmon, daraxtzorlar 


982 
yo‘q bo‘lib,ko‘plab o‘simlik, hayvon turlari va foydali qazilmalar kamayib 
bormoqda. Bir og‘iz so‘z bilan aytganda, jahon miqyosida insoniyatning tabiatga 
ko‘rsatayotgan salbiy tasiri kuchaymoqda. Atrof muhitni ifloslantiruvchi sanoat va 
maishiy chiqindilarning hajmi ortib, tabiat qonuniyatlariga bo‘ysinmasdan unga 
keskin tasir ko‘rsatish oqibatida ekologik muammolarning keskinlashuviga sabab 
bo‘lmoqda. Yuzaga kelayotgan ekologik muammolarning barchasi bizning 
mintaqamiz uchun ham o‘ta dolzarbdir. 
Mamlakatimizda mustaqillik yillarida atrof muhit – muhofaza qilishga oid 
50 ga yaqin qonun va 500 dan ortiq meyoriy – huquqiy hujjatlar qabul qilindi, 
tabiiy resurslardan oqilona foydalanishni hamda fuqarolarning atrof - muhitga oid 
huquqini kafolatlaydigan xalqaro konvensiyalar, shartnoma va bitimlar imzolandi. 
Atrof – muhit musaffoligini taminlash, aholi yashaydigan punktlarning sanitariya 
holatini yaxshilash, chiqindilarni boshqarish bo‘yicha ham qator meyoriy hujjatlar 
qabul qilingan. Xususan chiqindilar to‘g‘risidagi qonun shular jumlasidandir. 
Qonunda chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish, ularning fuqarolar 
hayoti, sog‘lig‘i va atrof muhitga zararli tasirini oldini olish chiqindilarning hosil 
bo‘lishini kamaytirish va ulardan xo‘jalik faoliyatida foydalanish munosabatlarini 
tartibga solish belgilab berildi. Shuningdek qonunda chiqindilardan ikkilamchi 
xom – ashyo sifatida foydalanish ham ko‘rsatilgan. O‘zbekiston Respublikasining 
“Chiqindilar to‘g‘risida” gi Qonunning asosiy vazifasi fuqarolar hayotiga, atrof – 
muhitga tasirining oldini olish va chiqindilarni kamaytirishdan iboratdir. 
Atrof – muhitni ishlab chiqarish va istemol chiqindilaridan muhofaza qilish 
tabiiy resurslardan oqilona foydalanish hamda ekologik toza texnologiyalarni 
amaliyotga tadbiq etish muammolari bilan uzviy bog‘liqdir. 
Chiqindilar o‘z o‘rnida atrof-muhit va aholi salomatligiga salbiy ta’sir etib, 
bir qancha ekologik muammolarni jumladan chiqindilar muammosini keltirib 
chiqaradi.Bu holat maishiy va sanoat chiqindilarini zararsizlantirish, utilizatsiya 
qilish va qayta ishlash ustuvor masala ekanligidan dalolat beradi.


983 
Ma’lumki turli maishiy chiqindining malum qismi oziq-ovqat, qog‘oz va 
karton, to‘qimachilik mahsulotlari, plastmassa va boshqa chiqindilardir.Ulardan 
qayta ishlashga kerak bo‘ladigan foydali komponentlarni ajratib olish mumkin. 
Afsuski bu chiqindilarning asosiy qismi saralanmaydi, qayta ishlanmaydi. Natijada 
ming minglab gektar maydonni egallagan chiqindi xonalarda ko‘plab hajmdagi 
sanoat, qurilish va maishiy chiqindilar saqlanmoqda. Achinarlisi shahar va 
qishloqlarni chiqindilardan tozalab turish masalasi ham dolzarbligi saqlangan 
holda maxsus avtomobillar yetishmasligi eskirganligi sabab korxonalar va aholi 
chiqindilarni chiqindi to‘kishga mo‘ljallanmagan hududlarga chiqarib tashlaydi. 
Natijada bazi joylar va hududlarda soxta chiqindi xonalar paydo bo‘lmoqda. 
Chiqindi xonaga aylangan bunday joylarni tozalash, tartibga keltirish yo‘q qilish 
esa katta kuch va moliyaviy mablag‘ talab etadi. 
Maishiy va uy ro‘zg‘or chiqindilarini sanitariya-demiologiya talablariga 
rioya qilgan holda to‘plash, tashish va utilizatsiya qilish muammosini hal etish juda 
dolzarb va muhim vazifalardan biriga aylangan. 
Ishlab chiqarish va iste’mol jarayonida hosil bo‘layotgan chiqindilarni 
kamaytirish ulardan xo‘jalik faoliyatida qayta foydalanish salbiy tasirini 
kamaytirish va shu orqali atrof-muhit xavfsizligini taminlash hamda tabiiy 
resurslarning tejalishiga shuningdek aholi sog‘ligi va genofondini asrab avaylashga 
mamlakatimizning barqoror rivojlanishiga zamin yaratadi.Bu muammolarni 
bartaraf etishda birinchi navbatda chiqindilarni to‘plash, turlarga ajratish, saqlash, 
utilizatsiya qilish va qayta ishlash ishlarini to‘g‘ri tashkil etilishiga etibor qaratish 
lozim. 
Darhaqiqat tabiatni muhofaza qilish ishlarining samaradorligi barchaning 
birday ishtirokini talab etadi. Bunda ayniqsa yoshu keksa, har bir fuqaro o‘z 
masuliyatini bilmog‘i bu borada ekologik madaniyat shakllangan bo‘lmog‘i talab 
etiladi. Fuqarolarning ayniqsa mamlakatimiz kelajagi bo‘lgan yosh avlodning 
ekologik madaniyatini tarbiyalashda oila muhim ro‘l o‘ynaydi. Ekologik 


984 
muammolar malum bir hududgagina tegishli emas, bu muammolar chegara 
bilmaydi. Ekologik tarbiya ayniqsa yoshlarning ozodlik, tejamkorlik, saramjon-
sarishtalik, mehnatsevarlik kabi fazilatlarga ega bo‘lishlari, atrof –muhitga 
bee’tibor bo‘lmasligi ishlatilayotgan narsalardan tejab tergab foydalanish hisobiga 
iqtisodiy tejamkorlik haqidagi tushuncha ko‘nikmalarni shakllanishiga yordam 
beradi. 
Yuqoridagi fikrlarimizdan kelib chiqqan holda ekologik barqarorlik atrof tabiiy 
muhit tozaligi musaffoligini taminlash sanitariya gigiyena holatining yaxshilanishi 
yoshlarning mehnatidan manfaatdorlik hissini oshirish maishiy uy ro‘zg‘or 
chiqindilarini sanitariya epidiomologiya talablariga rioya qilgan holda to‘plash, 
tashish va utilizatsiya qilish muammosini hal etish mavzulariga qaratilgan 
loyihalarni yaratish, amalga oshirish, ota-onalar uchun farzand tarbiyasida 
ekologik madaniyatni shakllantirishga qaratilgan uslubiy qo‘llanmalar yaratilishi 
maqsadga muvofiq bo‘ladi. 

Yüklə 7,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   365   366   367   368   369   370   371   372   373




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin