978
polivinilspirtli quyuqlashtiruvchilar bilan kompozitsiyalari juda yaxshi tasvirlarni
hosil qilishda katta ahamiyatga ega [2]. Bunday quyuqlashtiruvchilarda pH ning 10
dan oshishi, ya’ni ishqoriy muhitning oshishi
bilan poliakrilamidning
koagulatsiyasi boshlanadi.
Poliakrilamidli
quyuqlashtiruvchilarning
kraxmal
bilan
hosil
qilgan
kompozitsiyalari quyuqlashtirish xususiyatiga ko‘ra to‘qimachilikda keng
qo‘llaniladi. Bunday kompozitsiyalarning kimyoviy tarkibining o‘zgartirilib
ularning
bog‘lovchilik
xususiyatini
yaxshilash
boshqa
polimer
kompozitsiyalardagiga qaraganda oson kechadi. Kompozitsion sistemada
kraxmalda (to‘g‘rirog‘i amiloza va amilopektinda) gidroksil guruhlarining
kompleks hosil qilishiga moyilligi borligi sababli kompleks hosil bo‘lish
reaksiyalari amalga oshadi. Bu esa qovushqoqlikning
oshishiga olib keladi va
bunda
poliakrilamidning
konsentratsiyasining
oshirilishi
muhim
faktor
hisoblanadi.
Bunday xolatlar qo‘shni zanjirlarning harakat tezligini kamayishiga, sistema
strukturlanganligining oshishiga va mustahkam zanjirning hosil bo‘lishiga olib
keladi. Boshqa quyuqlashtiruvchilar bilan qo‘shib tayyorlangan poliakrilamidli
quyuqlashtiruvchilar erimaydigan
oksiazobuyovchi moddalar, kubli bo‘yoq
moddalar bilan ishlatilishi tavsiya etiladi. Gul bosishda 2 fazali jarayonlarda
kraxmal-poliakrilamidli quyuqlashtirgichlar keng qo‘llaniladi va yaxshi natija
beradi [3].
Sintetik quyuqlashtiruvchilar orasida ko‘proq
akril kislotaning hosilasi
keng tarkalgani akrilli emulsiya pigmentli bo‘yoqlar bilan gul bosishda
muvaffaqiyatli ishlatilishi bilan tushuntiriladi.
Dostları ilə paylaş: