ADABIYOTLAR RO‘YXATI
1. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. T.: O‘zbekiston, 1992.-48 bet.
2. Karimov I.A Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” Toshkent,
“Ma’naviyat”, 2008 y.
994
3. Abdulla Avloniy. Turkiy guliston yoxud axloq. T.., “O‘qituvchi”, 1992 y.
13-bet.
4. Barkamol avlod orzusi. Toshkent, “Sharq”, 1999 yil.
5. Djurayeva B.R. Formirovaniye pedagogicheskoy kulturi u budushix
uchiteley v protsesse professionalnoy podgotovki pri izuchenii dissiplin
pedagogicheskogo sikla. Dis. Stepen. Kand. Ped. nauk. Tashkent. 2002. - 156 s.
MUSIQA O’QITUVCHISINI ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALARDAN
FOYDALANISHGA TAYYORLASH
Raxmanova Istatjon Muminovna
Buxoro davlat universitetining pedagogika instituti
“Musiqa ta’limi va san’at” yo‘nalishi 1-bosqich magistranti
Zamonaviy o'qituvchi - kelajak bunyodkori, yangi pedagogik texnologiyalar,
nazariyalar, konsepsiyalarning muallifi, ishlab chiqaruvchisi, tadqiqotchisi,
foydalanuvchisi va targ'ibotchisidir.
Milliy tajribaning taxlili va ta'lim tizimida jahon miqyosidagi yutuqlarga
tayanib yuksak umumiy va kasb-hunar madaniyatiga, ijodiy va ijtimoiy faollikka,
ijtimoiy-siyosiy hayotda mustaqil ravishda mo'ljalni to'g'ri ola bilish, istiqbol
vazifalarini ilgari surish va xal etishga qodir kadrlarning yangi avlodini
shakllantirishda pedagog mahorat alohida o'rin tutadi.
Milliy dasturda ko'zda tutilganidek, zamonaviy axborot texnologiyalari va
kompyuterlar mukammalashib, barcha o'quv jarayoniga, jumladan, musiqa fanini
o’qitish jarayoniga ham tatbiq etib borilyapti. Musiqa fani o'qituvchining
pedagogik mahorati - o'quv jarayonining barcha shakllarini eng qulay va samarali
holatda tashkil etish, ularni shaxs kamoloti maqsadlari tomon yo'naltirish, talaba-
o'quvchilarda musiqiy-ma’naiy dunyoqarash qobiliyatini shakllantirish, jamiyat
uchun zarur bo'lgan faoliyatga moyillik uyg'otish asosiy vazifalardan hisoblaniladi.
995
Ma’lumki, musiqiy-pedagogik faoliyatning maqsadi jamiyat tomonidan
belgilanadi, ya'ni musiqiy-pedagogik faoliyatning natijasi jamiyat manfaatlari bilan
bog'liqdir. Musiqa o’qituvchisining mehnati yoshlar shaxsini har tomonlama kamol
toptirishga yo'naltirilgan. Shunga ko’ra musiqiy-pedagogik faoliyat avlodning
ijtimoiy uzviyligi (ketma-ketligi)ni ta'minlaydi. Bir avlodning musiqiy tajribasini,
ikkinchi avlodga o'tkazadi, ijtimoiy tajriba orttirish uchun insondagi musiqiy
tushunchaga oid tabiiy imkoniyatlarni ro'yobga chiqaradi.
Musiqa o’qituvchisi doimo o'sib-o'zgarib boradigan yoshlar bilan ishlaydi.
Ularga musiqiy ta’lim-tarbiya bo’yicha yondashishda bir xil qolip, shakllanib
qolgan hatti-harakatlardan foydalanish mumkin emas. Bu esa musiqa
o’qituvchisidan doimo ijodiy izlanib turishni talab qiladi.
Xozirgi kundagi eng dolzarb masala va vazifa musiqa ta'limi standartlarini
o'quv jarayoniga tatbiq etishdan iboratdir. Agar bu vazifa amalga oshirilmas ekan,
musiqiy ta'lim - tarbiya sohasida sifat va samaradorlikka erishish, o'quv jarayonini
takomilashtirish masalalari hal etilmay qoladi.
Musiqa madaniyati o'qituvchisining pedagogik mahoratlaridan eng avval,
ta'lim - tarbiya sohasida orttirilgan tajribalarni o'rganishi lozim. Bu albatta,
ko'pgina muammolarni hal etishda yaqindan yordam beradi. Musiqa fanidan dars
beruvchi tajribali o'qituvchilar faoliyati bilan bir qatorda oddiy o'qituvchilarning
faoliyatlari ham o'rganib boriladi. Chunki musiqa ta’lim-tarbiyasi bo’yicha
tajribalrni o'rganish jarayondagi muammo: yutuq va kamchiliklar aniqlanadi.
Bunda kuzatish, intervyu olish, anketa so’rovlari, savol-javob, o'quvchilarning
yozma va ijodiy ishlari, pedagogik xujjatlarini o'rganish metodlardan foydalaniladi,
Masalan: kuzatishda o'rganish lozim bo'lgan pedagogik hodisani ma’lum
maqsadidan kelib chiqqan xolda kuzatish ishlari natijalari bo’yicha
bayonnomalahstirishni olib boradi. Bu jarayon aniq reja asosida olib borilishi
kerak. Suhbat esa turli dalillar to'plash yoki kuzatish davomida to'plangan musiqiy
materiallarga aniqlik kiritish maqsadida olib boriladi. «Suhbat mustaqil yoki
996
yordamchi metod sifatida qo'llaniladi». Anketalashtirish musiqaga tegishi
materialni to'plash maqsadida amalga oshiriladi. Mahoratli musiqa o'qituvchisi
barcha o'quvchilarning musiqa sohasidagi xujjatlarini o'rganishi lozim. Bunga
o'quvchilarning maktabdan tashqari musiqiy faoliyatlarga qatnashishi, musiqa
maktabida ta’im olish hiujjatlari nazarda tutiladi. Shuningdek, darsdan tashkari
musiqiy to'garak ishlarini ham olib boradi. Jumladan: Qadimgi Gretsiyada musiqa
yordamida donolikni, mardlikni tarbiyalashi mumkin deb hisoblangan. Haqiqatdan
har bir san'at insonga ruhiy ta'sir ko'rsatadi. Musiqa, ayniqsa, hissiy ta'sir etishda
katta kuchga ega. Shuning uchun ko'pgina davlatlarda musiqadan ko'p yo'nalishlar
bo'yicha keng foydalaniladi.
Musiqa o'qituvchisi o'quv va tarbiya ishlarini olib boradi. U faqatgina keng
bilimga ega bo'lib qolmay, o'zining fanini ham yaxshi va chuqur bilishi lozimdir.
Bolalarni musiqa san'ati bilan tarbiyalashda dunyoqarashi, fikrlashi, tushunchasi
birinchi darajali ahamiyatga egadir. Musiqa kishi xissiyotini, ayniqsa hissiy estetik
xissiyotini faol rivojlantiradi.
Musiqa o'qituvchisi yaxshi sozanda va yaxshi san'atkor bo'lishi lozimdir.
Musiqa cholg'usida yaxshi chalish, ijro eta olish, yaxshi ovozga ega bo'lishi,
notaga qarab yaxshi ijro qilishi, bolalar qobiliyatini ajrata bilishi lozimdir.
O'qituvchi, bulardan tashqari, boshq fanlar darslarini kuzatib borishi ham
lozimdir. Doimiy kuzatishlar orqali pedagogik mahoratini egallab boradi. U
vaziyatni baholashga, o'quvchilarning ichki tuyg'ularini sezishga o'rganadi.
Kuzatish 1-7 sinflar davomida amalga oshiriladi. Eng asosiysi: o'qituvchi musiqa
asarini ijro etibgina qolmay, balki uning mazmuni bilan ham tanishtirishi lozim,
buning uchun o'qituvchining nutqi ravon, qisqa, hamda tushunarli bo'lishi kerak.
Musiqa madaniyati darsida o'qituvchining mahorati har tomonlama yuksak
darajada bo'lishi lozim. Uning asar haqidagi kirish so'zi va dars mavzusini
tushuntirib berishi orqali o'quvchilarni ajoyib va sehrli musiqa san'ati olamiga
olib kiradi. Va qiziqarli suhbat bilan bolalar diqqatini musiqa mavzulariga
997
yo'naltirishi mumkin. O'qituvchining musiqa asari haqidagi hikoyasi qisqa,
qiziqarli bo'lishi kerak va o'quvchilarni badiiy idrok etishga erishtirishi lozim. Dars
davomida o'qituvchi o'quvchilar bilan muloqot usulini qo'llasa, musiqa haqida
to'g'ri mulohaza yuritishga, aniq xulosalar chiqarrishga yordam beradi. Suhbat
jarayonida ko'proq o'quvchilar baxsga o'tadilar. Bu faoliyatida o'qituvchi rejissyor
singari ularni boshqarib, to'g'ri xulosalarga erishtirilishi lozim.
Hozirgi kunda ta'lim jarayonida interfaol uslublardan foydalanib, musiqa
ta'limining samaradorligini ko'tarishga bo'lgan qiziqish, e'tibor kundan-kunga
kuchayib bormoqda. Bunday bo'lishining sabablaridan biri, shu vaqtgacha
an'anaviy ta'limda o'quvchini faqat tayyor bilimlarini egallashga o'rgatilgan bo'lsa,
zamonaviy texnologiyalar ularni egallayotgan bilimlarini o'zlari mustaqil ravishda
topishlariga, mustaqil o'rganib, tahlil qilishlariga, hatto xulosalarni ham o'zlari
keltirib chiqarishlariga o'rgatadi.
Musiqiy-pedagogik texnologiya masalalari, muammolarini o'rganayotgan
o'qituvchilar, ilmiy - tadqiqotchilar, amaliyotchilarning fikricha, musiqiy-
pedagogik texnologiya - bu faqat o'qitish jarayonida qo'llanishi zarur bo'lgan turli
xil texnik vositalardan foydalanish deb belgilanadi.
Musiqa ta’limining o’ziga xosligi tashkiliy tuzilishi, amaliy ijrochilik
faoliyatlari, shuningdek o’qitish usullari, ularning samaradorligini ta’minlovchi
omillar, vositalar tahlili va ularni umumiy ijodiy – ijobiy jihatlarini umumlashtirish
musiqa ta’limini o’zigagina xos bo’lgan yangi turlarini ishlab chiqish imkonini
berdi. Bular ham o’z maqsadi va bajaradigan vazifasi mazmun va mohiyatiga ko’ra
pedagogik texnologiya bo’lib, ularni musiqa mashg’ulotlariga tadbiq etish yaxshi
natija bermoqda. Bunday darslar o’quvchilarda yaxshi kayfiyat, jo’shqinlik,
ko’tarinki ruh va intilishni kuchaytirmoqda. Ular qatoriga hozirgi kunda ilg’or,
tashabbuskor musiqa o’qituvchilari tomonidan keng qo’llanilayotgan quyidagi
texnologik darslarni alohida ko’rsatishimiz mumkin:
konsert darslar;
998
konkurs darslari;
kuyni top;
men dirijyor darslari;
musobaqa darslari va h.k.
shu o’rinda qayd qilib o’tish joizki, bo`lajak musiqa o`qituvchilarini
texnologik faoliyatga tayyorlash
bir fan doirasida emas
, barcha fanlarni
o`qitilishida yaxlit tizim asosida tashkil etilsagina kutilgan natijaga erishish
mumkin. Ya`ni musiqani xor va xorshunoslik, dirijyorlik, vocal ijrochiligi, cholg`u
ijrochiligi, musiqa tarixi, musiqiy asarlar tahlili, musiqa o`qitish metodikasi (bu
fanlar talabaning kelajakdagi musiqa o`qituvchilik faoliyatida muhim o`rin
tutuvchi fanlar hisoblanadi) kabi fanlar o`qitilishi jarayonida kasbga tayyorlash va
texnologik jarayonga tayyorlash ishlari bir – biri bilan uzviy bog`liq holda amalga
oshirilsa va tadbirlarning (mashg`ulotlarning) har biri bosqichma – bosqich
bo`lajak o`qituvchilarni ta`lim jarayonini mohirona ilg`or pedagogik texnologiya
asosida tashkil etishga tayyorlasagina u bir butun tizim sifatida samaradorlik kasb
etadi.
Talabalarni innovatsion faoliyatga tayyorlash va unga oid ko`nikma va
malakalarni shakllantirish uchun avvalo o`quv – biluv faoliyatidan unumli
foydalana bilish, talabalarni har bir fan o`qitilishida pedagogik texnologiyalarni
qo`llay olish mahoratlarini egallab borishlariga erishish zarur. Masalan, dirijyorlik
mashg`ulotlari jarayonida “Talaba treningi”, “Men dirijyor”, “Klaster”, Musiqa
nazariyasi fanini o`tishda “Aqliy hujum”, “Skarabey”, “Bahs - munozara”,
“Muloqot”, “Guruh bo`lib ishlash”, Xor va xorshunoslik asoslari mashg`ulotlarida
“Kichik guruhlar holiday ishlash”, “Individual ishlash”, “Savol - javob”, Cholg`u
ijrochiligi darsini o`qitishda “Kuyni davom ettir”, “Dars sayohat”, “Konkurs
darslar” texnologiyalarini qo`llash va talabalarni bunday faoliyatga tayyorlab
borish mumkin.
999
Xulosa qilib aytganda, musiqa - san'at sifatida ijtimoiy ong formasidir. U
kishining his tuyg'ularini ifodalash bilan birga, hayotni voqiylik va davr in'ikosidir.
Musiqa darsi jarayonining asosiy omillari sifatida quyidagilar mavjud: musiqani
eshitib zavqlanish, qo'shiq ijro etish, musiqa savodiga doir xususiyatlarini anglab
olish, raqsga tushish va musiqa sadolari ostida turli harakatlarni bajarish, chapak
va cholg'u asboblari ijrosi, maqsadini idrok etib borishdan iborat.
Ijro etib musiqaga jo'r bo'lish uchun belgilangan musiqa darsini yuqoridagi
maqsadni amalga oshirishda eng avval o'quvchilarni tinglay olish madaniyatiga
o'rgatish kerak. Musiqa tinglashda, qo'shiq ijro etishda, bolalar cholg'u asbobida
jo'r bo'lishda va shuningdek, musiqiy ritmik harakatlarni bajarish ta’lim-tarbiyada
muhim ahamiyat kasb etadi.
Dostları ilə paylaş: |