991
Bu fazilatlar avvalo o‘qituvchining o‘zida shakllangan bo‘lishi zarur. Shundagina
o‘qituvchi bunday fazilatlarni o‘quvchilarda tarbiyalashga kompetentli bo‘ladi.
Buning uchun u ma’naviy – axloqiy tarbiya vazifalarini aniq tasavvur qilishi lozim.
Ma’naviy-axloqiy tarbiya vazifalari quyidagilardan iborat:
1.O‘quvchilarda ma’naviy-axloqiy ongni shakllantirish.
2.Ularda ma’naviy-axloqiy his-tuyg‘ularni tarbiyalash va rivojlantirish.
3.O‘quvchilarda ma’naviy-axloqiy xulq-atvor ko‘nikma va odatlarini tarkib
toptirish.
Ma’naviy-axloqiy tarbiya mohiyatiga ko‘ra inson ongining jamiyat
bilan aloqadorligi, jamiyat
oldida burchli ekanligi, o‘z xulq-atvorini jamiyat
taraqqiyoti darajasiga bog‘liqligini tushunishi, jamiyat tomonidan tan olingan
axloqiy me’yor, ideal hamda talablarni bajarishda mas’uliyatni his etishi,
ma’naviy-axloqiy bilimlarning e’tiqodga aylanishi va bu e’tiqodlarning tizimliligi,
mustahkam ma’naviy-axloqiy his-tuyg‘u
va xislatlarni shakllantirish, o‘quvchilar
tomonidan ma’naviy-axloqiy xulq-atvor jamiyat a’zolariga bo‘lgan hurmat-
e’tiborni namoyon etuvchi mezonlardan ekanligining anglab yetilishi, ma’naviy-
axloqiy odatlarning shakllanishi va boshqalardan iborat.
Bo‘lajak o‘qituvchi anglashi va uni chuqur o‘zlashtirishi zarur bo‘lgan
masalalardan biri ma’naviy-axloqiy tarbiya mazmunida milliy va umuminsoniy
992
qadriyatlarni tiklash masalasining kun tartibiga qo‘yish zaruriyatining yuzaga
kelganligi munosabati bilan ta’lim-tarbiya mazmunida tub o‘zgarishlar yuz
berganligidir.
Eng muhim qadriyat inson omili hisoblanadi. Hayot insonga bir marta beriladi,
Shuning uchun ham milliy va umuminsoniy qadriyatlarda uni mazmunli, o‘zgalar
va o‘zining hayoti ma’nosini anglagan holda o‘tkazish kerakligi haqida ko‘plab
rivoyat, hikmat va pand-nasihatlar mavjud.
Bundan tashqari ta’lim muassasasida o‘quvchilarga
qadriyat sifatida
munosabatda bo‘lish ham dolzarb ahamiyatga ega bo‘lib bormoqda. Zero, ta’lim
tamoyillarida eng muhim, asosiy tamoyillardan biri ta’limni insonparvarlashtirish
va demokratlashtirish bo‘lib, uning asosiy mohiyati o‘quvchi shaxsiga insoniy
munosabatda bo‘lishni, ta’lim jarayonini erkinlashtirishni talab etadi.
Ma’naviy-axloqiy tarbiya tizimida ma’naviy-axloqiy his-tuyg‘ular inson
tomonidan,
uning voqea-hodisalar, kishilar hamda o‘z xulqiga nisbatan his-
tuyg‘ularni uyg‘otishga rag‘bat paydo qiluvchi tarbiyaviy ishlar tizimli tashkil
etilgandagina samarali kechadi. Mazkur tizimda xulq-atvorni shakllantirishga oid
tarbiyaviy ishlar aks etadi. Shunga ko‘ra ma’naviy-axloqiy xulq-odobga doir
xislatlarni shakllantirishga undovchi rag‘bat bilan hosil bo‘ladigan
faoliyat eng
asosiy bo‘lib hisoblanadi.
Shuningdek, o‘quvchida ma’naviy-axloqiy xislatlarni shakllantirishga
nisbatan ehtiyoj bo‘lishi shart. Demak, ma’naviy-axloqiy tarbiyani tashkil etish
jarayonida uyushtiriluvchi tadbirlar xulq-odobga doir xatti-harakatlar zanjiridan
iborat bo‘ladi. Ma’naviy-axloqiy xatti-harakatlar esa o‘quvchi tomonidan axloqiy
me’yor va tamoyillar mohiyatini o‘rganish, ularni anglab yetishdan iboratdir.
Ma’naviy-axloqiy tarbiyani tashkil etishda o‘quvchilar
xatti-harakatlarida
ko‘zga tashlanadigan salbiy odatlar – jamoa joylarida qattiq gapirish, qo‘pol
so‘zlarni ishlatish, hissiyotga berilish, o‘ylamay gapirish, ishonchli bo‘lmagan
hamda dalillar bilan tasdiqlanmagan voqea-hodisalar
haqida fikr yuritish,
993
boshqalarning suhbatini bo‘lish, qo‘lini silkitib gapirish kabilarning bartaraf etib
borilishiga alohida e’tibor qaratish zarur.
Arzimas bo‘lib ko‘ringan, lekin shaxsning kelajak hayot va kasbiy faoliyatni
tashkil etishda muvaffaqiyatga ega bo‘lish yo‘lida zarurli bo‘lgan bu kabi
odatlardan xoli bo‘lishda o‘quvchilarga yordam ko‘rsatish o‘qituvchilarning
muhim vazifalaridan sanaladi.
Bunday sifatlarni tarbiyalashni boshlang‘ich sinfdan boshlash muhim
ahamiyatga ega.
Xulosa qilib aytganda, o‘quvchilarni ma’naviy-axloqiy
tarbiyalashga yuqori
samaradorlikka erishishni ta’minlaydi. Biz fikrimizni asoslash uchun o‘qituvchilar
faoliyatida o‘quvchilarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalanganlikning o‘ziga xos
tomonlarini tadqiq etishga intildik.
Bo‘lajak o‘qituvchilarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashga tayyorlashni tashkil
etish uchun o‘qituvchilarining o‘quvchilarini ma’naviy-axloqiy tarbiyalashga doir
faoliyatini har tomonlama o‘rganish maqsadga muvofiqdir.
Hozirgi fan-texnika taraqqiyoti bizdan zamon talabiga javob beradigan,
o‘z bilimlarini muttasil oshirib boradigan, fandagi yangiliklarni tushuna oladigan,
uni o‘quvchilarga yetkaza biladigan, o‘quvchilarni shu fan yuzasidan yetarlicha
bilim bilan qurollantiradigan, yuksak ma’naviy-axloqiy sifatlarga ega o‘qituvchini
yetkazishni talab etadi.
Bugungi kunda mamlakatimizda olib
borilayotgan barcha ishlarning,
islohotlarning negizida yosh avlodni ma’naviy-axloqiy, insoniy fazilatlari yuksak
darajada shakllangan insonlar qilib tarbiyalash yotadi.
Dostları ilə paylaş: