Buxoro davlat universitetining pedagogika instituti pedagogik ta



Yüklə 7,27 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə370/373
tarix24.12.2023
ölçüsü7,27 Mb.
#193675
1   ...   365   366   367   368   369   370   371   372   373
innovatsion

Adabiyotlar
 
1.H.Nurmatov. ”Musiqa va estetik madaniyat” Toshkent.T.D.P.U.1995 yil. 
2.Bolalarda musiqiy-nafosat tarbiya sini shakllantirish yo‘llari.Toshkent.1992 yil. 
3. Karimov I.A. Yuksak ma'naviyat engilmas kuch-T; Ma'naviyat,2008. 


987 
BO'LAJAK O'QITUVCHILARDA MA'NAVIY-AXLOQIY
SIFATLARNI TAKOMILLASHTIRISHDA PEDAGOGIKANING 
AHAMIYATI 
Dildora Komilovna Hotamova
 
Buxoro davlat universiteti magistranti 
tel.: 97 303 12 59 
Mustaqillik yo‘lidan dadil odimlayotgan O‘zbekistonda iqtisodiy, ijtimoiy, 
siyosiy, madaniy va ma’rifiy sohalarida katta o‘zgarishlar bo‘layotgani bugungi 
kunda butun dunyo mamlakatlari tomonidan e’tirof etilmoqda. Bunday 
o‘zgarishlarda ishtirok etish insonlardan yuqori darajadagi umumiy va maxsus 
bilimlar, yuksak madaniyat, ma’naviy kamolot va keng dunyoqarashni talab etadi. 
Ta’lim tizimini shu talablar asosida qayta qurish – jamiyatning kelajak avlod 
tarbiyasi sohasidagi ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiladi. 
Davlatlararo qattiq raqobat mavjud bo‘lgan davrda har bir mamlakat barcha 
sohada raqobatbardosh bo‘lishga harakat qiladi. Davlatning iqtisodiy, texnik 
rivojlanishiga qator omillar ta’sir ko‘rsatishi tabiiy. Bular ichida: mamlakatda 
mavjud bo‘lgan tabiiy resurslar, uning geografik joylashuvi, ta’lim tizimi, tarixi va 
boshqa ko‘p omillardir. Lekin mavjud tabiiy resurslardan oqilona foydalana 
oladigan, davlatning tarixiy rivojlanishini belgilab beradigan (tarixni o‘z qo‘li 
bilan yaratadigan), davlat iqtisodiyotini boshqaradigan, yangidan-yangi texnikani 
yarata oladigan, mavjud ilg‘or texnika va texnologiyalardan foydalana oladigan, 
ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ya oladigan omil bu albatta, inson omilidir. Shunday 
ekan, aynan inson omili, boshqacha qilib aytganda, inson resursi mamlakat 
rivojlanishida eng muhim rol o‘ynaydi. Demak, O‘zbekistonning kelajakda buyuk 
davlat bo‘lishida ham inson omilining o‘rni beqiyosdir. Inson omilini to‘la ishga 
solish, undan oqilona foydalanish yo‘llarini ishlab chiqish bugungi kunda ta’lim 
tizimi oldiga qo‘yilgan muhim vazifalardan biridir. 


988 
Bunday murakkab va muhim jarayonni amalga oshirishda turli sohalar 
mutaxassislari ishtirok etadilar, lekin bunda ustoz-murabbiylar o‘rni beqiyosdir. 
Aynan ta’lim sohasida iqtisodiyotimizning barcha sohalari uchun mutaxassislar 
tayyorlanadi. Insonlardan yuqori darajadagi umumiy va maxsus bilimlar, yuksak 
madaniyat, ma’naviy kamolot va keng dunyoqarash talab etiladi. Ta’lim tizimini 
shu talablar asosida qayta qurish – jamiyatning kelajak avlod tarbiyasi sohasidagi 
ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiladi. Bunday islohotlarni amalga oshirishda 
o‘qituvchilarning o‘rni nihoyatda katta ahamiyatga ega.
Globallashuv davrida ishlab chiqarish tinmay rivojlanadi. Bunday 
rivojlanishni esa insonlar boshqaradilar. Ishlab chiqarish texnik taraqqiyot bilan 
bog‘liq bo‘lganligi uchun, odamzot bor ekanki, u hech qachon to‘xtab qolmaydi. 
Rivojlanayotgan ishlab chiqarish esa mutaxassislar oldiga yangidan-yangi talablar 
qo‘yaveradi. Hamma zamonda ham mutaxassislarga qo‘yiladigan umumiy, 
o‘zgarmas talablar mavjud, ular ko‘proq inson ma’naviyati bilan bog‘liq 
talablardir: ishchanlik, halollik, hamkorlikda ishlay olish, o‘z kasbida kamolot sari 
intilish va boshqalar.
Jamiyatda kechayotgan ijtimoiy islohotlarning samaradorligi uning 
fuqarolari ega bo‘lgan ma’naviyatga bog‘liq. Shu bois mustaqillikning dastlabki 
yillarida O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimov jamiyat 
rivojlanishining ma’naviy-axloqiy negizlarini aniq belgilab berdi. Bular: 
-
umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik; 
-
xalqimizning ma’naviy merosini mustahkamlash va rivojlantirish; 
-
insonning o‘z imkoniyatlarini erkin namoyon qilishi; 
-
vatanparvarlik. 
Zero, jamiyat rivojlanishi faqat uning iqtisodiy taraqqiyotinigina emas, 
balki ma’naviy yuksalishini ham taqozo etadi. 


989 
Ijtimoiy tarbiyaning boshqa turlari kabi ma’naviy-axloqiy tarbiya asosini 
ham ilg‘or milliy, ma’naviy-axloqiy qadriyatlar, xalq pedagogikasi g‘oyalari 
tashkil etadi. 
Ma’naviyat shaxs, xalq, davlat va jamiyatning kuch-qudrati, taraqqiyoti, 
imkoniyatlari va istiqbollarini belgilab beruvchi ichki ijobiy, ruhiy omildir. 
Ma’naviyat - axloqiy holat, barcha axloqiy narsalar, xususiyatlar. 
Insoniyatning falsafiy, huquqiy, ilmiy, badiiy, axloqiy, diniy tasavvurlari va 
tushunchalar majmui.
116
O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.Karimov O‘zining ”Yuksak 
ma’naviyat – yengilmas kuch’’ kitobida ma’naviyatga shunday ta’rif beradi: 
“Ma’naviyat – insonning ruhan poklanish, qalban ulg‘ayishga chorlaydigan, 
odamning ichki dunyosi, irodasini baquvvat, iymon-e’tiqodini butun qiladigan, 
vijdonini uyg‘otadigan beqiyos kuch, uning barcha qarashlarining mezonidir”.
117
Demak, ma’naviyatli inson bilimli, ma’lum kasb-hunar sohibi, o‘z
Vatanining sodiq fuqarosidir. O‘z davlati qonunlarini biladigan va ularga amal 
qiladigan, yurti bilan g‘ururlana oladigan inson. O‘z Vatani boyliklarini 
saqlaydigan, uni yanada boyitadigan, go‘zalliklaridan bahramand bo‘ladigan shaxs. 
U har qanday zararli illatlarga qarshi kurashadigan, milliy va umuminsoniy 
qadriyatlarni avaylab asraydigan insondir.
Axloq esa shaxsning xatti-harakatlari, yurish-turishi, turmush tarzi, hayot 
kechirish tamoyillari, qoidalari, ijtimoiy munosabatlar mazmunini ifodalaydi. 
Axloq ijtimoiy hodisa sifatida jamiyat ma’naviy-ruhiy hayotida o‘ziga xos 
o‘rin tutadi. «Axloq» (lotincha – xulq-atvor ma’nosini bildiradi) ijtimoiy ong 
shakllaridan biri bo‘lib, ijtimoiy munosabatlar hamda shaxs xatti-harakatini 
tartibga soladigan qonun-qoidalar majmuidir. 
116
O‘zbek tilining izohli lug‘ati. Ikkinchi jild.”O‘zbekiston millitsy ensiklopediyasi” Davlat ilmiy nashriyoti, 2006 
yil.565-bet. 
117
Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. Toshkent, “Ma’naviyat” 2008
.
-
19-bet.


990 
Axloq - ma’naviyatning tarkibiy qismi sifatida shaxs kamolotining yuqori 
bosqichi sanaladi. Zero, axloq, axloqiy me`yorlarsiz shaxsning ruhiy va jismonan 
yetukligining mezoni bo‘lgan ma’naviy kamolotga erishib bo‘lmaydi. Shuning 
uchun ham ma’naviy-axloqiy tarbiyada uzviylik, aloqadorlik dialektik xarakterga 
ega bo‘lib, shaxsning ma’naviy-axloqiy shakllanishida muhim sanaladi. 
Ma’naviy-axloqiy tarbiya va unga qo‘yiladigan talablar bu jamiyatda ma’lum 
ijtimoiy-axloqiy talablarga mos axloqiy xislatlarni shakllantirish maqsadida 
o‘quvchilar ongi, hissiyotlari hamda xulqiga muvofiq va tizimli ta’sir etishdir. 
Bo‘lajak o‘qituvchi, avvalo ma’naviy-axloqiy tarbiyaning mazmuni, 
vazifalarini aniq tasavvur etishi va bu tarbiyani amalga oshirishda kompetentli 
bo‘lmog‘i lozim. 
Buning uchun bo‘lg‘usi pedagog shaxsning ma’naviy kamolotini belgilovchi 
fazilatlani bilishi va o‘zi ham shu fazilatlarga ega bo‘lmog‘i lozim. Bular 
quyidagilar: 

Yüklə 7,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   365   366   367   368   369   370   371   372   373




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin