kadriaming ustozi ham edi. Pavel Petrovich Benkov Qozon rassomchilik maktabida, keyin Peterburg Badiiy akademi- yasida o‘qidi. Akademiyada Benkov mashhur grafik ras som D .N . Kardovskiy hamda buyuk Repinlaming ijodiy ustaxonasida tahsil ko‘rdi. O‘zbekistonga kelganida P. P. Benkov yetuk rassom edi. Serquyosh, serfayz o ‘lkamizni sevib qolgan rassom bu yerda umrining oxirigacha ijod qildi. U yaratgan suratlaming har birida jonajon respublikamizning go‘zal tabiati, o ‘zbek xalqining hayoti va mehnati kuylandi. U 1931-yilda ishlagan «Xivalik qiz» surati bilan o‘zbek realistik tasviriy san’atiga asos soldi. Bu suratda hovlining bir chekkasida yerda 0
‘tirgan oddiy o‘zbek qizi tasvirlangan. Qizning egnidagi rangdor milliy kiyim, chiroyli do‘ppi, atrofdagi buyumlar, charaqlagan quyosh nuri bilan yoritilgan hovli yorqin bo‘yoqlarda nihoyatda ishonarli tasviríangan. «Uzum uzish» deb atalgan suratda esa P. Benkov ko‘pmillatli respublikamizda xalqlar do‘stligi g‘oyasini yuksak badiiylik bilan ko‘rsatgan. Rus qizi o‘zbek dugonasinikiga mehmon bo‘lib keladi. Qizlar bog‘ga chiqib, uzum uzayotgan bog‘bon chol va uning nabiralariga yordam berishmoqchi. Suratning kompozitsion markazida shu ikki dugona tasvirlangan. Ulaming diqqatini quyosh nurida tovlanib turgan katta bir bosh uzum o‘ziga tortgan. Uzumning qanday o‘sishini birinchi marta ko‘rgan rus qizi unga ajablanib qarab turibdi. Quyosh nurida tovlanib turgan keng uzumzor suratning fonini tashkil etadi. P.Benkov. Dugonalar. 110
www.ziyouz.com kutubxonasi