Tasviriy san\'at o\'qitish metodikasi (S.Abdirasilov) (1)
o‘zlaricha idrok etishlari va tasvirlashlari hisoblanadi. Ulardagi bu xususiyatlar bolalar rasmlarida saqlanishi lozim. 0 ‘qituvchining bu masaladagi asosiy vazifasi bolalarning ijodiy faolligini oshirishga, rasmdagi g'oyani toMiq ifodalay olishga, rasmni emotsional ta’sirini kuchaytirishga ta’sir ko‘rsatishdan iborat. BoshlangMch sinflarda dekorativ kompozitsiya mashg‘ulotlari naqsh ishlash, ertak va hikoyalai- asosida illyustratsiyalar ishlash kabilarni nazarda tutadi. Bu borada naqsh ishlash mashg'ulotlari katta o‘rinni egallaydi. Ayniqsa, yoMsimon, kvadrat, to'rtburchak, aylana shaklidagi naqsh namunalaridan ko‘chirib o‘rganishga, o‘zbek xalq amaliy san’ati namunalarini o‘zlashtirishga alohida e’tibor beriladi. Bunda ko‘proq naqsh kompozitsiyasi, rang, elementlarni i:o‘g ‘ri 64
www.ziyouz.com kutubxonasi
tasvirlash, ulami ijodiy xarakterda boiishligiga, naqsh foni bilan uning elementlarining ranglari o‘rtasidagi o‘zaro bogiiqlik, stilizatsiya masalalari o‘qituvchining diqqat markazida boiishi hisoblanadi. Shuningdek, naqsh gulining nomlarini ham o‘quvchilarga ko‘rgazmali tarzda tushuntirib borish talab etiladi. Dastlabki mashg‘ulotlarda bolalar yoisim on naqsh namunalaridan ko‘chirsalar, keyingisida naqsh sxemalari va elementlari asosida, oxirida butunlay ijodiy naqsh chizadilar. Dekorativ kompozitsiya mashg‘ulotlarida illyustrativ rasm ishlashga alohida e’tibor beriladi va u ertak, hikoya, masal, she’r kabi badiiy asarlar asosida amalga oshiriladi. Bunday mashg‘uIotlaming muvaffaqiyati ko‘p jihatdan uni to‘g‘ri tashkil etishga bogiiq. Buning