uchun avvalo bolalar yoshiga mos, qiziqarli, tarbiyaviy ahamiyatga ega boigan adabiy asar tanlash lozim. Qolaversa, asar mazmunini toü q bolalar ongiga yetkazish, undagi eng qiziqarli joylami topish, asar bilan bogiiq yoki unga yaqin illyustratsiyalami bolalarga namoyish etish, ulami g‘oya, mazmun, kompozitsiya, rang jihatidan tahlil qilish kerak boiadi. Illyustrativ rasm ishlash mashg'ulotlarida o‘qituvchi o‘z e’tiborini bolalar rasmlarini ijodiy xarakterda boiishiga, asardagi personajlami obrazli, o‘zlariga xos xarakterli holatda tasvirlanishiga, ularni va tevarak-atrofdagi boshqa tasviriy detallami o‘zaro aloqadorlikda tasvirlashlariga qaratishi lozim. Shuningdek, ular kompozitsiya qoidalariga rioya qilish, obraz va voqealarga mos ranglar tanlash, rasmda old va orqa ko‘rinishlami e’tibordan qochirmasliklari lozim. Imkoni boricha yaqindagi obraz va narsalami yiriqroq, uzoqdagilami kichikroq qilib tasvirlash lozimligini bolalar ongiga yetkazish va uni o‘z rasmlariga tatbiq qilishlariga yordam berish muhim. Illyustrativ rasm ishlash mashg‘ulotlarlning yana bir muhim xususiyati bolalarda fantaziya, obrazli tasavvurlarni o‘stirishga qaratilganligidir. Bu sifatlarni rivojlantirishga 3-4-sinflarda ko'proq e’tibor beriladi. Illyustrativ rasm ishlash, asosan ertak, hikoya, masal kabi adabiy asarlar bilan bogiiq boiganligi sababli bolalar asardagi hayvonlami odamlar qiyofasida tasvirlashlariga mxsat etiladi. Ular kiyimlar kiygan, odamlar yashay digan uy larda yashayotgan, ular o‘zaro gaplashayotgan va mehnat qilayotgan hollarda tasvirlanishi mumkin. Bu o‘z o'rinda bolalami hayajonlantiradi, ijodiy ishlarini faollashtiradi.