Tasviriy san\'at o\'qitish metodikasi (S.Abdirasilov) (1)
Rangtasvir asarlari yana o‘zining vazifasi va ishlanish uslubiga ko‘ra monumental, dastgohli va dekorativ turiarga bo‘linadi. Monumental rangtasvir me’morlik bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib bu turdagi asarlar mustaqil mazmuniga ega hamda ularda jamiyat hayotidan olingan muhim voqealar aks ettiriladi. Bunday asarlar odatda uzoq masofadan ko‘rishga mo‘ljallanadi va obrazlarni iloji boricha umumlashtirilgan holda tasvirlanadi. Ranglar ham birmuncha shartli olinadi, shunga qaramasdan u borliq to‘g ‘risida haqqoniy tasawur berishi kerak. Monumental rangtasvir me’morchilikda ma’lum miqdorda bezash vazifasini o ‘taydi, shuning uchun uni ba’zan monumental-dekorativ rangtasvir deb ham yuritiladi. Monumental rangtasvir asarlari bajaiilish usuliga qarab o‘z navbatida bir necha turiarga bo‘linadi. Bular: freska, mozaika va pannodir. Freska odatda devorga to‘g‘ridan-to‘g‘ri suvoq ustiga ishlanadi. Mozaika rangli tosh, shisha, bo‘yalgan oyna, sirli sopol parchalardan ishlanadi. Devorga ishlangan surat yoki o‘yma naqshlar ba’zan har xil shakldagi ramkalar (kvadrat, beshburchak va hokazolar) 72
www.ziyouz.com kutubxonasi
bilan chegaralangan boiadi - bu pannodir. Panno dastlab alohida yuzada (matoda, ganchda, yog‘ochda) ishlab olinib, so‘ng devorlarga o‘rnatiladi. Ba’zi hollarda panno dastlab matoga moybo‘yoq bilan ishlanib, keyin zarur o'ringa mahkamlanadi. Dekorativ rangtasvir me’morchilik va amaliy san’at bilan bogiiq boiib, asosiy bezash vazifasini oiaydi. Dekorativ rangtasvirga naqqoshiik san’ati, teatr, kino dekoratsiyalari va qisman monumental rassomchilik ham kiradi. Dastgohü rangtasvir hozirgi zamon tasviriy san’atida yetakchi