Muammolarni hal qilishda tashqi ko‘rinish quyidagicha bo‘lmog‘i joiz
Ayollarga qaraganda erkaklar kiyimi konservativroq bo‘lishi kerak;
Erkaklar kostyumi jiddiy tusda bo‘lib, to‘q kulrang, zangori yoki qora
matodan tikilishi kerak;
Ayollar kostyumi esa chiroyli, ammo ochiq rangli, ko‘zni charchatadigan
bo‘lmasligi kerak;
Erkaklar sochi tartibga keltirilgan, soqoli qirtishlangan bo‘lishi kerak;
Ayollar sochlari chiroyli tekis ammo to‘yga ketayotgandek dabdabali
turmaklanmasligi kerak.
Xizmat telefoni Telefonning ahamiyati kattadir. Uning effektiv qo‘llanishi imijdning asosiy
komponentiga aylanadi. Keyingi suhbatlarning davomiyligi va ko‘p narsalarning
ijobiy tus olinishi telefondagi odamni qanday qabul qilinishiga bog‘liq. Telefonda
muzokaralar olib bora olishi qobiliyatiga ega bo‘lish kishining nufuzini va u vakil
bo‘lgan firmaning obro‘sini belgilaydi.
Telefon suhbatlarining mazmuniga maxsus talablar mavjud. Ular o‘zida oddiy
telefon etiketi va biznesni administratsiyalashning xususiyatini mujassam etadi.
Ular quyidagicha: 1.
Qo‘ng‘iroqqa javoban o‘zini tanishtirish.
2.
Odamlar kim bilan gaplashayotganlarini bilishni istaydilar. O‘zining salbiy
hissiyotlarini chiqib kyetishiga yo‘l qo‘ymaslik lozim.
3.
Suhbatdoshni ikki daqiqa oldin rahbari bilan aytishib qolganingiz yoki chap
yoningiz bilan turganingiz qiziqtirishi dargumon. Agar yomon kayfiyat sizni tark
etmasa, chuqur nafas olib, o‘ngacha sanash va tinchlanish zarur.
4.
Telefonlarning barchasiga javob berish kerak, garchi sizni bu charchatsa ham.
Chunki, qo‘ng‘iroqlardan qay biri daromadli kontrakt yoki qimmatli ma’lumot
berishini aniq bilmaymiz.
85
5.
Telefondan xabar bermoqchi bo‘lgan ma’lumotning aniqligiga ishonch hosil
qilish joiz. Uzoq yo‘l bosib mavjud degan hujjatlarning telefonda eshitgan, so‘ng
ofisda ularning yo‘qligiga amin bo‘lgan kishining firmaga bo‘lgan ishonchini qayta
qozonish qiyin.