1917 yil fevral inqilobi va Oktabr to‘ntarishi. Turkiston muhtoriyati - milliy demokratik davlatchilikning dastlabki tajribasi 1917-yil boshlarida Rossiyadagi siyosiy vaziyat, Petrograddagi inqilobiy voqealarning
nihoyasiga yetishi. Monarxiyaning ag‘darilishi. Rossiyadagi qo‘sh hokimiyatchilik. Fevral
demokratik inqilobining o‘ziga xosligi. Rossiyadagi fevral burjua-demokratik inqilobining
Turkiston o‘lkasi musulmon aholisining siyosiy jihatdan uyg‘onishiga ta’siri. Sovetlarning
tuzilishi, Turkiston komiteti va uning faoliyati. Toshkent soveti, Milliy demokratiya, jadidlar
harakati, mahalliy aholining jamoat tashkilotlari. «Sho‘roi islom» tashkilotining tuzilishi va
uning faoliyai. Xalq vakillarining birinchi majlisi. Toshkentda musulmonlarning butun Turkiston
s’ezdi (1917 y. 17-21 aprel) va unda ko‘rilgan masalalar, s’ezdning so‘ngi majlisida –
Turkiston o‘lka musulmonlari Sho‘rosi. («O‘lkamussho‘ro»)ning tuzish to‘g‘risida qabul
qilinngan qaror, Nizomi va ushbu tashkilot a’zolarining faoliyati.
Toshkentdagi Xalq Komissarlari Kengashi va «Markaziy Sho‘roi Islom» tashkilot
o‘rtasidagi hokimiyat masalalariga doir ziddiyatlarning keskin tus olishi. Milliy Markazning o‘z
faoliyatini Qo‘qondan turib davom ettirishga qilgan qarori. 1917-yil Qo‘qon shahrida o‘lka
musulmonlarining IV favqulodda s’ezdining chaqirilishi. Turkiston Muxtoriyati. Turkiston
Muxtoriyati rahbarlari va ularning faoliyati. Turkiston Muxtoriyati hukumati tuzilganidan
keyingi siyosiy kurashlar. Turkiston Muxtoriyatining sovet hukumati tomonidan tor-mor etilishi..
Turkistonda mustabid tuzumga qarshi qarshilik harakati Turkiston o‘lkasida Milliy ozodlik va istiqlol uchun harakatning boshlanishi, uning
sabablari. Siyosiy vaziyat. Milliy vatanparvarning qo‘liga qurol olishlari va bolsheviklar rejimiga
qarshi istiqlolchilik harakatini keng tus olishi. Harakatning kuchlari va bosqichlari. Farg‘ona
vodiysida istiqlolchilik harakati, ularning namoyondalari. Kichik va katta Ergashlar. Muhammad
12
Aminbek Ahmadbek o‘g‘li (Madaminbek), Shermuhammadbek va boshqalar. Turkistondagi
istiqlolchilik harakatining o‘ziga xos milliy xarakteri va xususiyatlari. Turkistonda
mustamlakachilarga qarshi qarshilik harakatining bostirilishi, uning sabablari va saboqlari.