10
bosib olishi. Orenburg general-gubernatorligi tarkibida Turkiston viloyatining tashkil etilishi.
Rossiya imperiyasi qo‘shinlari tomomnidan Toshkentning bosib olinishi. Chernyaev
tomonidan «Toshkentni Rossiya tassarufiga o‘tishi to‘g‘risidagi»
sulh shartnomasi mohiyati
(1865 yil 1 iyul).
Chor Rossiyasi va Buxoro qo‘shinlari o‘rtasidagi dastlabki harbiy to‘qnashuv.
Chernyaevning Jizzax ostonalaridagi sharmandali mag‘lubiyati.
Samarqand va Kattaqo‘rg‘onning istilo qilinishi. Zarbuloqda Buxoro qo‘shinlarining
mag‘lubiyati Rossiya-Buxoro sulh shartnomalari va amirlikni Rossiya vassaliga aylanishi.
1873-yil Xiva xonligiga qarshi yurish. Gandimiyon shartnomasi.
Turkiston general-gubernatorligini tashkil etilishi. Turkiston general-gubernatoriligi
Rossiya
imperiyasining
Turkistondagi
mustamlaka
siyosatining
tayanchi.
General-
gubernatorlikning funksiyalari. Rossiya imperiyasining Turkistondagi mustamlaka ma’muriy-
boshqaruv siyosatining mohiyati. Turkiston o‘lkasini boshqarish xususida 1865-1917-yillar
qabul qilingan Nizom va ularning mustamlakachilik tizimini mustahkamlashdagi ahamiyati.
1873-1876-yillardagi Qo‘qon xonligidagi xalq harakatlari. XIX asrning 70-yillarida
Qo‘qon xonligi. Xonlik hududidagi soliq turlari. Qo‘qon xonligi aholisining siyosiy va iqtisodiy
huquqsizligiga qarshi norozlikning kuchayib borishi.
Xudoyorxon siyosatiga qarshi qurolli qo‘zg‘olonning boshlanishi. Mulla Ishoq Mulla
Xasan o‘g‘lining Po‘latxon nomi bilan qo‘zg‘olonga rahbarlik qilishi. Qo‘zg‘olon bosqichlari.
Xiyonat, qo‘zg‘olon mag‘lubiyati. Qo‘qon xonligining tugatilishi. Farg‘ona viloyatining tashkil
etilishi.
XIX asrning 80-90-yillarida Turkiston o‘lkasida xalq harakatlari. Turkiston o‘lkasida
mustamlaka sharoitida ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy hayot. Turkiston o‘lkasi
xomashyo manbai
va tayyor mahsulot bozoriga aylantirilishi. Milliy mustamlaka zulmning kuchayishi va uning
natijasida xalq ommasining norozilik kayfiyati va norozilik harakatining kuchayishi. XIX
asrning 70-80-yillardagi Farg‘ona vodiysidagi xalq harakatlari.
1892-yilgi Toshkentdagi «Vabo isyoni». Qo‘zg‘olon kelib chiqishining asosiy sabablari.
Mustamlaka ma’muriyati tomonidan qo‘zg‘olonning ayovsiz bostirilishi. Qo‘zg‘olon ishtirokchilari
ustidan o‘tkazilgan sud jarayoni. Xalq harakatlarining tarixiy ahamiyati.
1898-yil Andijon qo‘zg‘oloni. Farg‘ona – asosiy paxta yetishtiruvchi markaz.
Metropoloiya
siyosati, uning salbiy oqibatlari. Mardikorlar, chorikorlar va qaram dehqonlar
sonining o‘sib borishi. Aholi turmush tarzining og‘irlashishi.
Turkistonda yangi iqtisodiy munosabatlar. Dukchi Eshon qo‘zg‘oloni.
Andijon
qo‘zg‘olonining tarixiy manbalarda aks etishi. Farg‘ona vodiysi qo‘zg‘olonning asosiy markazi
ekanligi. Qo‘zg‘olonning umumiy g‘oyasi. Andijon qo‘zg‘oloni ishtirokchilarining jazolanishi.
Qo‘zg‘olonning tarixiy ahamiyati.
Dostları ilə paylaş: