11
Turkiston o‘lkasida jadidchilik harakati
Jadidchilik harakatining vujudga kelishi tarixiy shart sharoitlari. Jadidchilik ijtimoiy-
siyosiy, madaniy-ma’rifiy, g‘oyaviy-mafkuraviy va siyosiy harakati sifatida maydonga
chiqishiga turtki bo‘lgan omillar.
Turkiston o‘lkasi jadidchilik harakati namoyondalari va ular ilgari surgan g‘oyalar.
Munavvarqori Abdurashidxonov (1878-1931), Abdulla Avloniy (1878-1934), Mahmudxo‘ja
Behbudiy (1875-1919) va boshqalar.
Jadid maktablari - «usuli savtiya», ya’ni tovush usulu asoslangan jadid maktablarining
tashkil topishi va faoliyati. Jadidchilik milliy matbuoti. Jadid madaniy-ma’rifiy tashkilotlari va
jadid adabiyoti. Jadidlarning siyosiy qarashlari. Turkiston o‘lkasida yangi siyosiy partiya va
tashkilotlar.
Birinchi jahon urushining Turkiston o‘lkasiga ta’siri.
1916-yil qo‘zg‘oloni
Birinchi jahon urushini keltirib chiqargan sabablar. Rossiya imperiyasining urushga
kirishi va urushning mustamlaka o‘lkalarga ta’siri. Urush yillarida Turkiston o‘lkasida ijtimoiy-
iqtisodiy va siyosiy hayot. Mustamlaka zulmining kuchayishi. Turkiston o‘lkasining Rossiya
imperiyasi iqtisodiyotida tutgan o‘rni. 1914-yil 26-iyul Turkiston o‘lkasi «Favqulodda muhofaza
holatida» deb e’lon qilinishi, mirshablik nazoratining kuchaytirilishi.
1916-yil 25-iyundagi podsho farmoni va uning mohiyati 1916-yil qo‘zg‘olonining turli
viloyatlardagi o‘ziga xos xususiyatlari. Qo‘zg‘olon harakatlarini mustamlakachilariga qarshi
milliy-ozodlik harakatiga aylanishi. Jizzax qo‘zg‘oloni. Rossiya imperiyasi miliy-ozodlik
harakatini bostirish uchun ko‘rilgan chora-tadbirlar. Jadidlar tomonidan Turkiston o‘lkasi
xalqlari manfaatlarining Rossiya IV Davlat Dumasida himoya qilinishi.
Dostları ilə paylaş: