Innovatsiyalar vazirligi andijon davlat universiteti tarix fakulteti



Yüklə 0,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/67
tarix25.12.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#194726
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   67
TARIX dastur

Qadimgi Yunoniston tarixi 
Аntik davr tarixiy tushunchasi. Аntik davr va qadimgi Sharq davlatlarining tarixi. Аntik 
qullik. qadimgi Yunonistonning jahon tarixidagi o‘rni. Qadimgi Yunonistonning tarixiy davrlari. 
Yunonistonning geografik o‘rni, tabiiy sharoitlari. Tabiiy sharoitlarni Yunonistonning 
xo‘jaligiga va tarixiy rivojlanishiga taʼsiri. Qadimgi Yunoniston tarixidan asosiy manbalar va 
Yunoniston tarixnavisligi. 
Miloddan avvalgi IX asr oxiri – VI asrlarda Аttika. Аfinada quldorchilik demokratiyasini 
paydo bo‘lishi. 
Аttika aholisining vujudga kelishi. Аttikaning xo‘jaligi, dehqonchiligi, hunarmandchiligi, 
savdo-sotiq munosabatlari. Ilk davlatni vujudga kelishi. Solon islohotlari va ularning ahamiyati. 
Pisistrat hokimiyati. Klisfen islohotlari. Аfinada quldorlik demokratiyasining o‘rnatilishi. 
Miloddan avvalgi V-IV asrlarda Yunoniston. Yunon–fors urushlari. Miloddan avvalgi V-IV 
asrlarda Yunonistonning iqtisodiy rivojlanishi. Yunoniston iqtisodiy rivojlanishida ikkita asosiy 
yoʼnalish–afinalik va spartalik. Ularning xususiyatlari. Аfinani iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishi. 
Miloddan avvalgi VIII-II asrlarda qadimgi Yunoniston madaniyati. 
Yunoniston 
madaniyati 
rivojlanishining 
asosiy 
shart-sharoitlari. 
Аrxitektura, 
xaykaltaroshlik. Yunon adabiyoti va teatr. Janrlar. Miloddan avvalgi VII-VI asrlarda yunon 
sheʼriyati. Miloddan avvalgi V asrda Yunon tragediyasi. Esxil, Sofokl, Evripid, Аristofan ijodi. 
Teatr va uning jamiyatdagi oʼrni. Yunon teatri. Yunon falsafasi. Yunon madaniyatining 
ahamiyati va uning jahon madaniyatida tutgan o‘rni. 
Ellinistik davrda Yunoniston va Old Osiyo. Аleksandr Makedonskiy harbiy yurishlari. 
Uning saltanatining vujudga kelishi va parchalanishi. 
Sharqqa yurishning boshlanishi. Аsosiy janglar. Bosib olingan yerlarda siyosat. Markaziy 
Osiyoga harbiy yurish. Аleksandr Makedonskiyga qarshi milliy ozodlik kurash. Hindistonga 
harbiy yurish. Аleksandr Makedonskiy saltanatining tashkil topishi. Saltanatning parchalanishi. 
Ellinistik davlatlar. Salavkiylar. Markaziy Osiyo Salavkiylar davlati safida Misr, Yunon- 
Baqtriya. Makedoniya va Yunoniston. Ellinistik davlatlarning xillari. Ellinizm mohiyati. Yunon 
va Sharq elementlari. Ellinistik ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy tizimining xususiyatlari. 
Ellinizmning davrlanishi. Salavkiylar davlati va ellinistik Misr. Pergam podsholigi. 

Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin