Kurs ishi mavzu: “Qattiq jism lazerlari” Bajargan: Rajapova g qabul qiluvchi: Abdullayev d nukus 023 mundarija kirish



Yüklə 234,43 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/13
tarix25.12.2023
ölçüsü234,43 Kb.
#194856
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Rajapova G kurs ishi

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


28 
XULOSA 
Kurs ishim mavzusi bo‘yicha olgan bilimlarim hamda o‘qigan manbalarim 
asosida ushbu kurs ishini tayyorladim. Tayyorlash jarayonida turli internet 
saytlaridan foydalandim, kurs ishim mavzusi qattiq jism lazerlari mavzusini 
o‘rganib shuni bildimki, lazerning bu turi eng birinchi paydo bo‘lgan ekan, qolaversa 
buning o‘ziga xos qulaylik va afzalliklari bor ekan. Lazerning bu turi qolgan boshqa 
turlariga qaraganda bir muncha soddaroq hamda kuzatuv va o‘rganish uchun 
materiallar ancha talaygina ekan. Qattiq jism lazerlarini ishlatish ancha qulay va 
quvvati katta. Lazerlarning taraqqiy topishi ham qattiq jism lazerlaridan boshlangan. 
Ish jarayayonida undan infra qizil hamda ultra binafsha nur ajralib chiqaradi. Asosan 
qattiq jism lazerlari uchun yoqutdan foydalaniladi. Lekin uning noafzal tomoni ham 
bor. Lazerlar kata optik diapozonda ishlaydi Bu talablarga javob beruvchi aktiv 
elementlar soni cheklangan bo‘lgani uchun qattiq jismli lazerlar turlari ham 
cheklangan. Amalda ko‘proq rubin, oyna va ittriy-alyuminiyli granatdan yasalgan 
lazerlar ishlatiladi. Hozirgi kunda lazer texnikasi o‘ng ko‘p qo‘llanilayotgan soxa – 
bu lazer nurlanishining issiqlik ta‘siriga asoslangan materiallarni qayta ishlashdir. 
Lazer nuri universal texnologik qurilma bo‘lganligi uchun uni materiallari kesish, 
payvandlash, termik qayta ishlash, legirlash, teshiklarni yamash, ulash, tovarlik va 
frezerlik qayta ishlovlarda qo‘llash mumkin. Lazer nurlanishi energiyasini juda 
kichik soxada yig‘ish mumkin bo‘lganligi uchun uning quvvatini bir necha o‘n 
mikrongacha hajmda va bir necha pikosekundda jamlash mumkin. U qolgan joylarni 
isitmaslik va strukturalarni buzmaslik, qayta ishlash parametrlarini boshqarish, 
jarayonni avtomatlashtirish osonligi, havoda qayta ishlash mumkinligi, materialga 
mexanik ta‘sirlar yo‘qligi, chiqindilar yo‘qligi, ko‘chirish mumkinligi kabi qator 
o‘ziga xos qo‘shimcha hususiyatlarga ega. Lazer nurini ko‘chirishning aniqligi 
kompyuterlar orqali boshqariladi va bu robotlar tayyorlashda foydalaniladi. Lazer 
texnologiyalari rivojlanayotgan yana bir soxa mikro qayta ishlovdir. Amalda lazerlar 
yordamida nominal rezistorlar va pezoelementlar tayyorlash, yarimo‘tkazgichlar 
sirtini implantatsiya qilish, yupqa plenkalar o‘rnatish, zonaviy tozalash, kristallarni 
o‘stirish kabi ishlar bajarilmoqda.


29 
Lazer detallarni ixtiyoriy o‘lchamda va ixtiyoriy shaklda tayyorlashga imkon 
bermoqda. Zamonaviy lazerlarning texnologik qurilmalarini modernizatsiyalash 
asosida ML seriyasidagi lazer mashinalari‖ yaratildi. Ularda lazer qayta ishlanuvchi 
materiallarni bug‘lantirish va eritish asosida nurlanishining quvatini va fazo-vaqt 
parametrlarini boshqarish imkoni yaratilgan. Ular keramika, polikor, leykosapfir, 
olmos, kompozitsion materiallar kabi o‘ta qattiq materiallarni o‘ta aniq 
qaytaishlashga, qora va rangli metallarni, qotishmalarni o‘ta tez kesishga, 
tekislashga va termik qayta ishlashga imkon beradi. Hozirgi kunda bir necha o‘n 
quvvatga erishgan va yuqori ekspluatatsion ko‘rsatkichlarga (xizmat qilish muddati, 
energiya iste‘moli, eskirish va ta‘mirlash yo‘qligi) ega bo‘lgan tolali lazerlar 
materiallarni qayta ishlashning kompakt yangi avlodini yaratishga imkon beradi. Bu 
lazerlar bir kilovatt lazer quvvatini ishlab chiqarish uchun sarflangan energiyasi 
odatdagi lazerlardan bir necha marta kam bo‘lganligi uchun kelajakda barcha qattiq 
jismli va boshqa lazerlar o‘rnini egallaydi.


30 

Yüklə 234,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin