Kurs ishi mavzu: “Qattiq jism lazerlari” Bajargan: Rajapova g qabul qiluvchi: Abdullayev d nukus 023 mundarija kirish


Qattiq jism lazerlari va ularning afzalliklari



Yüklə 234,43 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/13
tarix25.12.2023
ölçüsü234,43 Kb.
#194856
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Rajapova G kurs ishi

2.2 Qattiq jism lazerlari va ularning afzalliklari 
Ma’lumki optik diapazondagi elektromagnit to‘lqinlarning manbai har qanday 
moddaning tashkil etuvchi uning atom, ion yoki molekulalaridir. Bu zarralarni tashqi 
elektromagnit maydon ta’siri ostida uyg‘ongan holatga keltirish mumkin. 
Uyg‘ongan holatdagi atomning yashash davri 10-8 s ga teng. Bunday holatdagi 
atomga tashqi ta’sir misol uchun elektromagnit maydoni ta’sir etmasa u holda 


22 
uyg‘ongan holatni xarakterlovchi yuqori energetik satxdan pastki energetik satxga 
o‘tish o‘z-o‘zidan ya’ni tasodifiy ravishda amalga oshadi. Bunday o‘tish natijasida 
xosil bo‘ladigan nurlanish jarayoniga spontan nurlanish deyiladi. 1916- yilda 
A.Eynshteyn jismlar nur chiqarishining kvant xarakterini tahlil qilib nurlanishni ikki 
turi – spontan (o‘z-o‘zidan) va majburiy (induksion) nurlanishlar mavjud ekanligini 
nazariy jixatdan asosladi. Spontan o‘tish paytida uyg‘ongan atomlarning yuqori 
energetik satxdan pastki energetik satxga o‘tishi tashqi ta’sirga ya’ni elektromagnit 
maydon ta’siriga bog‘liq bo‘lmaydi, ya’ni bu holda hosil bo‘ladigan nurlanish 
mustaqildir. 1939 yilda V.A.Fabrikant birinchi marta yorug‘likni kuchaytiradigan 
muhit hosil qilish mumkinligini va shu muhitda nur majburiy nurlanish xisobiga 
kuchaytirilishi g‘oyasini olg‘a surdi. 1960 yilda esa T. Meyman tomonidan qattiq 
jismli, optik diapazonda (λ = 6943 А ) ishlaydigan optic generator yasaldi. Bunday 
generatorlar lazerlar deb ataladi. 
Lazerlar uchta asosiy qismdan iborat: aktiv muxit, majburiy yig‘ish (optik 
nakachka) sistemasi, optik rezenator. Aktiv muxitning agregat holatlariga ko‘ra 
lazerlar quyidagi turlarga bo‘linadi:
a) qattiq jism lazerlari 
b) bo‘yoq eritmasi asosida ishlaydigan bo‘yoq lazer 
v) gaz lazeri 
g) yarim o‘tkazgichli va kimyoviy lazerlar. 
Qattiq jismlardan tayyorlangan lazerda (mas, yoqutli lazerda) 0,05% gacha 
xrom (Sg3+) ionlari ishlatiladi. Bunda yoqut silindr shaklida boʻlib, yoqut oʻqining 
ikki uchiga optik rezonator hosil qiluvchi koʻzgular joylashtirilgan. Impulsli 
lampadan chiqayotgan yorugʻlik tebrantirishni vujudga keltiradi. Lampaning 
yorugʻligi yoqutga tushganda, xrom ionlari lampadan chiqayotgan radiatsiya 
spektrining yashil va sarik, qismlarini yutib "uygʻongan" aktivlashgan holatga 
oʻtadi. Natijada nurlanishga tayyor aktiv muhit hosil boʻladi va yoqutning oʻqi 
boʻylab koʻzguga tik yoʻnalgan jala shaklida koʻpayib boruvchi yorugʻlik kvantlari 
paydo boʻladi. Yoqutli lazerlarda generatsiyalanayotgan yorugʻlikning quvvati 20 
kVt gacha yetadi. Ularning f.i.k. 0,1% dan 10% gacha lazer nuri generatsiyasi 


23 
aktivatorning energiya sathlari orasidan oʻtishiga bogʻliq. Unda hosil boʻlgan 
infraqizil nurning toʻlqin uzunligi 

=0,69 mkm. Qattiq jismli lazerlardan neodim 
lazerida aktiv modda vazifasini neodim (Nd3+) ionlari qoʻshilgan shisha (CaWO4) 
tayoqchadan foydalaniladi. Bu lazer 

=1,06 mkm li infraqizil nur chiqaradi [11]. 
Qattiq jism lazеrlariga misоl sifatida yoqut, ittriy – alyuminiy granati (IAG) 
va shisha lazеrlarini ko‘rsatish mumkin. Aktiv iоnlar kristallik yoki amоrf jismlar 
panjaralariga aralashma sifatida kiritiladi. Qattiq jism lazеrlarining aktiv mоddalari 
uch va to‘rt enеrgеtik satxlidir. Qattiq jism lazеrini ishlatish qulay, оsоn va quvvati 
juda katta. Lazеrlarning taraqqiyoti umuman qattiq jism lazelaridan boshlangan 

Yüklə 234,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin