27-savol: Ontogenez nima .tiplari va bosqichlari haqida ayting? Ontogenez yunoncha so‘z bo‘lib, “onto” — mavjudot, “genezis” — rivojlanish degan ma’noni anglatadi. "Ontogenez" terminini nemis olimi E. Gekkel (1866) fanga kiritgan. Har bir organizmning rivojlanishi takomillashuvi, o‘sishi, ulg‘ayishi, qarishi va o‘limi bilan yakun topadigan to‘liq hayot sikli — ontogenez hisoblanadi. Ontogenez jinsiy hujayralar paydo bo‘lib, urug‘lanishdan boshlanadi, zigota hosil bo‘lishi bilan ontogenezning hamma bosqichlarida mavjudot yashayotgan sharoitga mos ravishda irsiy axborot ta’sirining natijasi sifatida ontogenez jarayoni amalga oshadi.Ontogenezning ikki asosiy turi Bevosita (to‘g‘ridan-to‘g‘ri) rivojlanish Ontogenezning bevosita rivojlanishi to‘g‘ridan-to‘g’ri, lichinkasiz va ona qornida rivojlanuvchilar uchun xos Bilvosita rivojlanish. Bilvosita rivojlanish turi esa (o‘zgarish) - metomorfoz, ya’ni lichinkali rivojlanish bilan boradi. Ontoginez tiplari Lichinkali tuxum hujayrasida oziq moddasi (sariqlik) kam bo‘lgan organizmlarda kuzatiladi va bir yoki bir necha lichinkali bosqichdan iborat bo‘ladi. Lichinka o’z shakliga, ichki tuzilishiga va yashash tarziga ko‘ra yetuk organizmdan keskin farq qiladi, shu sababli yetuk organizm qiyofasiga o‘tish o‘zgarishlar (metamorfoz) orqali sodir bo‘ladi. •
Lichinkasiz yoki tuxum qo‘yib rivojlanish
•
tuxum hujayrasi oziq moddalarga boy va ontogenezni tugatish uchun yetarli bo‘lgan organizmlarda uchraydi (umurtqasizlar, baliqlar, reptiliyalar, qushlar), lichinkasiz rivojlanishda bir qator provizor (vaqtinchalik) organlar hosil