Tibbiy biologiya tibbiyot oliygohlari uchun oraliq savollariga javoblar. Hayitov sirojiddin ilhomjon o`gli


-savol: Ekspressivlik nima misol bilan izohlang?



Yüklə 374,07 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/43
tarix25.12.2023
ölçüsü374,07 Kb.
#194903
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   43
Biologiyadan oraliq savollari va javoblaridocx

83-savol: Ekspressivlik nima misol bilan izohlang? 
“Ekspressivlik” va penentrantlik tushunchalarini birinchi boʼlib, fanga 1927 – yili rus olimi 
N.V.Timofeev – Resovskiy 
tomonidan kiritilgan.
Gen ishtirokida fenotipda yuzaga chiqadigan belgining har xil darajada paydo boʼlishiga shu 
genning ekspressivligi deyiladi. Masalan, odamda bitta gen taʼsirida yuzaga chiqadigan biror 
fenotipik belgi xuddi shunday geni boʼlgan boshqa odamda bunday yuzaga chiqmaydi.
Odamlarda ko‘rsatkich barmogning kalta bo‘lishi 
(kichik broxidaktiliya), 
dominant gen ta’sirida 
yuzaga chigadi. Odamlarda ko‘rsatkich barmog juda kalta bo‘lib, ayrimlarda esa sezilarsiz 
darajada bo‘lishi mumkin.
Fenilketonuriya kasalligi 
odamlarda juda yengil, o‘ta og‘ir darajada bo‘lishi mumkin.
Shizofreniya kasalligida 
odam ruhiyatining yaqqol va uncha sezilarsiz darajada o‘zgarishini 
ko‘rish mumkin. Genning ekspressivligi tashqi muhit sharoitiga bog‘lig.
84-savol: Penentrantlik nima misol bilan izohlang? 
Penentrantlik - gen yuzaga chiqargan fenotipik belgining son jihatidan ifodalanishiga 
penentrantlik deyiladi. Bu koʼrsatkich foiz bilan belgilanadi.
Raxit kasalligida 
kuzatiladigan gipofosfatmiyani (anorganik fosfor konsentrasiyasining 
qonda kam bo‘lishi) misol gilib olish mumkin. Bu kasallikda skeletning qanday darajada 
o‘zgargan bo‘lishiga qaramasdan barcha kasallikka duchor bo‘lganlarning qonida fosforming 
miqdori normadan kam bo‘ladi.
Tutqanoq kasalligi, qand kasalligi 
esa 65 % penetrantlik bilan ynzaga chiqadi. Demak, 
mutatsiyaga uchragan gen dominant bo‘lsa ham uning belgisi shu gen bo‘lgan organizmlarning 
barchasida ham hosil bo‘lavermas ekan.
85-savol: Pleyotropiya nima ,xillarini ayting , misol bilan izohlang? 
Pleyotropiya 


Bitta genning ikki va undan ortiq belgining rivojlanishiga ko‘rsatadigan ta’sirini shu genning 
pleyotrop ta’siri va bu hodisani pleyetropiya deyiladi (grekcha pleyo — ko‘p, tropiya — 
ta’sirining yo‘nalishi demakdir).
To‘q qizil gulli o‘simliklar 
bargining asosida qizil dog‘lar bo‘lib, urug‘ining po‘sti esa kulrang 
yoki qo‘ng‘ir bo‘ladi. Bu uchta belgi bitta irsiy omil bilan yuzaga chiqishini tushuntiradi.
Drozofill pashsha
larining ko‘zining oq rangda bo‘lishligina belgilovchi gen bir vaqtning 
o‘zida tananing rangiga, qanotining uzunligiga, jinsiy organining tuzilishiga o‘z ta’sirini 
ko‘rsatib, uning serpushtligini susaytiradi, yashash muddatini (umrini) qisqartiradi
 
 


Yüklə 374,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin