Chargofni DNK bilan bog’liq qoidasi nechta va ularga tarif bering? Azotli asoslarning komplementarlik qonuniyatlari E.Chargaff qoidasida aks etgan:
1. Purin asoslarining soni pirimidin asoslari soniga teng. 2. Adeninlar soni timinlar soniga,
guaninlar soni sitozinlar soniga teng: A=T, G=C 3. Adenin va guaninlar sonining yig‘in
disi sitozinlar va timinlar sonining yig‘indisiga teng: A+G=T+C Azotli asoslar
komplementarligi DNKning irsiy axborotni saqlash va nasldan naslga o‘tkazish vazifasining
kimyoviy asosi hisob lanadi. Nukleotidlarning ketma-ketligi saqlan ganda gina irsiy axborot
nasldan naslga xatosiz o‘tkaziladi.
73-savol: Fenotiping o’zgaruvchanlikga tariff bering va turlarini ayting? Fenotipik o‘zgaruvchanlikning ikki turi mavjud: modifi katsion va ontogenetik
o‘zgaruvchanlik. Ontogenetik o‘zgaruvchanlik – bu ontogenez jarayonida genlarning diff
erensial faolligi natijasida yuzaga chiqadigan, muhit ta’siriga bog‘liq bo‘lmagan
o‘zgaruvchanlikdir. Modifi katsion o‘zgaruvchanlik esa tashqi muhit omillari ta’sirida
fenotipda namoyon bo‘ladigan o‘zgaruvchanlikdir.
74-savol: Nogomologik xromasomalar qismlarini almashtirishi nima deb ataladi ?
translokatsiya – nogomologik xromosomalarning o‘zaro ayrim bo‘laklari bilan o‘rin almashishi.
75-savol: oqsillar biosintezi bosqichlarini tariflang? Oqsil biosintezi toʼrtta bosqichda boradi: 1) aminokislotalar faolligini oshirish 2) initsiatsiya- polipeptid zanjiri sintezining boshlanishi 3) elongatsiya-hosil boʼlayotgan polipeptid zanjirining uzunlashishi 4) terminatsiya-polipeptid zanjiri hosil boʼlishining tugashi
76-savol: Edvars kasalligi haqida to’liq ma’lumot keltiring?