bola toʻgʻri keladi. Kasal bolalar tug'ilgandan keyin 2-3 hafta ichida vafot etadilar.
Kamdan-kam chaqaloqlar 2-3 yoshgacha yashashi mumkin
78-savol: Mushuk
chinqirig’I kasalligi haqida to’liq ma’lumot keltiring?
“Mushuk chinqirigʼi” sindromi
Kasallikni 1960-yilda Jekobs oʻrganadi. Keyinchalik esa (1963) bir oilada ikkita bolaning
shu kasallik bilan tug'ilganligi aniqlanadi. Bu bolalarning fenotipik jihatdan sog'lom boʻlgan
onasining
5-xromosomada uzilish (deletsiya)
boʻlganligi va xromosomaning shu uzilgan
boʻlagining 13-15-juft xromosomalardan biriga kelib birikkanligi (translokatsiya)
aniqlangan. Bunday
muvozanatli translokatsiya
natijasida onada oʻzgarish kam boʻlgan.
Hozirgi vaqtda bu kasallik 1:
50.000 nisbatda uchrayotganligi ma'lum. Ushbu sindrom bilan tug'ilgan chaqaloqlarning
ko'pi hayotini birinchi yiliyoq o'lib ketadi, hayotining davomiyligi juda qisqa. Ulardan faqat
14% gina 10 yoshdan oshishi mumkin. Kasallarning 50 % ida
hiqildoq noto'g'ri tuzilishga
ega va 25% ida esa
yurak tuzilishida oʻzgarish
boʻladi. Kariotipda 5-xromosomaning kichik
yelkasida uzilish (deletsiya) boʻlganligi tufayli u sezilarli darajada kichiklashgan.
Dostları ilə paylaş: