To sh k en t d a V la t y ur idik institu ti


Somoniylar davlati va huquqi (874-999)



Yüklə 153,71 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/63
tarix25.12.2023
ölçüsü153,71 Kb.
#194972
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   63
O\'zbekiston davlati va huquqi tarihi. Xamidova M.

Somoniylar davlati va huquqi (874-999)
IX asrda 0 ‘rta Osiyo hududida hali ham arablar hukmronligi davom 
etardi. Ammo erk va hurlik singari olijanob tarixiy an’analarga sodiq 
bo'lgan avlod-ajdodlarimiz arab bosqinchilariga qarshi kurashni bir daqiqa 
bo‘lsa-da to‘xtatmadilar va mustaqil markazlashgan davlat barpo qilishga 
intildilar. Bu harakat arab istilochilarini har doim tahlika va qo‘rquv ostida 
saqlab turdi. Ular joylardagi hatto o'zlaridan chiqqan hukmdorlarga ham 
shubha bilan qarar va ishonmas edilar.
Xolid ibn Barmoq - Barmoqiylar misolida buni ko‘rib ishonch hosil 
qilamiz. Barmoqiylar Xuroson va Movarunnahrni idora qilish bilangina 
cheklanib qolmadilar, Ularning ta'siri markaziy arab xalifaligida ham 
kuchli bo‘lgan. Abbosiylar hukmronlik qilgan davrda qariyib ellik yil 
mobaynida davlatni idora qilishning ma'sul lavozimlari Balxdan chiqqan 
barmoqiylaming qo‘lida bo‘lgan. Abbosiylar bunday ma'suliyatli 
lavozimlami barmoqiylar qo‘liga berishga majbur bo‘lsalarda, biroq 
ularning faollashib borayotganligidan qo‘rqar edilar. 786-809-yillarda 
xalifalik qilgan Xorun Ar-Rashid barmoqiylar xonadoniga qaqshatqich 
zarba bergan.
Hokimiyat tepasiga barmoqiylar o ‘rniga Tohiriylar keladi. Tohiriylar 
Xurosonning yirik oqsuyak yer egalaridan bo‘lib, bu sulolaning asoschisi 
Tohir Husayn edi. Bu sulola asli Hirot viloyatining Bushgang shahridan 
edi. Tohir 809-813 yillarda Xorun ar-Rashidning o ‘g ‘illari Ma'mun bilan 
Amin o‘rtasidagi bo‘lgan kurashda Ma'mun tomonida bo‘ldi, unga 
Bag‘dodni va xalifalik taxtini egallashda yordam berdi.
Ma'mun 813-yilda xalifalik taxtiga o ‘tirgach, Tohir ibn Husayn katta 
hurmat va e'tiborga loyiq nufuzli kishi bo‘lib qoldi. 82J -yilda u 
Xurosnning noibi etib tayinlanadi. Movarounnahr ham Xuroson noibligi 
tarkibiga kirardi. Uning qarorgohi Nishopurda edi. Tohir o ‘z qo‘l ostidagi 
keng viloyatlami mustaqil davlatga aylantirish uchun ochiqdan-ochiq 
harakat qildi. U noiblikka tayinlangan kundan bir yil o ‘tar-o‘tmas, jome’ 
masjidida juma namozida o ‘qiladigan xutbadan xalifa nomini chiqarib 
tashlashga buyruq berdi. Bu o ‘sha davr uchun xalifaga qarshi ko‘tarilgan 
isyon bilan teng edi. Bu voqeadan ko‘p vaqt o ‘tmay Tohir ibn Husayn 
to ‘satdan vafot etdi. Shundan keyin Tohiming har bir qadamini kuzatib
38


yurgan xalifa uni zaharlab oidirgan degan gap tarqaldi. Xalifa bunday 
mayda-chuyda gaplarga asos qoldirmaslik maqsadida Xuroson noibligi 
taxtiga Tohir ibn Husaynning o ‘g‘illari Talxa va Abulabbos Abdullohni 
navbat bilan qo‘ygan. Abulabbos Abdulloh noibligi davrida (830-844) 
xalifaga rasman qaram-vassal boisa-da, amalda mustaqil davlatga aylanib, 
poytaxtni Marvdan Nishopurga ko‘chirgan. Buning eng asosiy sababchisi 
xalifalik hukmronligini xavf ostida qoldirgan va tez-tez ko‘tarilib turgan 
xalq qo‘zg‘olonlari edi. Ana shunday qo‘zg‘olonlardan biri 806 yilda 
boigandi. Xalifalikni zirqiratgan bu qo‘zg‘alon Nasaf, Buxoro, 
Ustrushona, Shosh, Xorazm va boshqa hududlami qamrab oldi. 
Qo‘zg‘olonga isyonkor arab lashkarboshisi Rafe ibn Lays boshchilik 
qilgan. Qo‘zg‘olon Muqanna an'analarini davom ettirgan. Bu harakat 
ayniqsa Shosh viloyati hududlarida kuchli tus oldi.
VIII 
asrning 80-yillarida Muqanna muxlislari ko‘proq yashiringan 
edilar. Qo‘zg‘olonni har galgidek turklar yana qo‘llab-quvvatladilar. 
Q o‘zg‘olonchilar 
Samarqandni 
egallashgan. 
Xalifa 
Ma'mun 
bu 
harakatning xalifat uchun o ‘ta xavfli ekanligidan tashvishda edi va uni 
bostirish uchun turli vositalami ishga solgan. Nihoyat qo‘zg‘olon 810- 
yilda bostirilgan. Uni bostirishda Somon ibn Asad qatnashdi. Bu ishda 
Somonning o‘g ‘illari Nuh, Ahmad, Yahyo va Ilyoslar katta hissa 
qo‘shdilar. Ular aslida Balx viloyatining Somon qishlog‘i oqsoqoli Somon 
hudotning avlodlari boiganlar. Somon ibn Asad va farzandlari xizmatlari 
evaziga xalifa Ma'mun Nuh ibn Asadni Samarqandga, Ahmad ibn Asadni 
Farg‘onaga, Yahyoni Shosh va Ustrushona, Ilyosni Hirotga noib etib 
tayinlaydi. Shu tariqa Movarounnahrda somoniylar sulolasi qaror topdi.
Albatta, bu yerda Tohirning Somon ibn Asad o ‘g ‘illarini yaxshi 
bilganligi va ularga xayrixohligi ham katta rol o ‘ynagan. Somon hali 
Mavrda noib b o iib turgan paytda Tohir ibn Husayn va xalifa Ma'munning 
diqqitini o ‘ziga tortgan edi. Somon Ma'munning ta'sirida otashparastlik 
dinidan chiqib islom dinini qabul qilgan.
Aniq boim agan maiumotlarga qaraganda aka-uka Somoniylaming, 
xususan Ahmad ibn Asadning ahvoli ogirlashib qoladi. Farg‘ona va 
Ustrushonda xalifalikka qarshi qo‘zg‘olon ko‘tarilib, Ahmad o ‘z noibligini 
tashlab ketadi. Qo‘zg‘olonni Tohirning o ‘g ‘li Talxa bostirgach, Ahmad 
Farg‘onaga qaytadi va bu yerda uzoq vaqt hokimlik qiladi. Nuh 
Samarqandda 819-820-yildan 841-842-yilgacha, Ahmad Farg‘onada 819- 
820 yildan 864-865-yilgacha, Yahyo Shosh va Ustrushonda 819-820- 
yildan 855-856-yilgacha noiblik qiladilar.
39


Noiblik alohida xizmatlari uchun in'om - mukofot tariqasida 
berilgan. Mansab bilan bir qatorda foydalanish uchun yer mulklar ham 
hadya qilingan. Somoniylar ikkinchi darajali noiblar bo‘lganliklaridan 
ularga mis tangalar (filuslar), tohiriylarga esa ayni zamonda kumush 
tangalar (dirham) zarb qilishga ham ruxsat berilgan. Somoniylar in'om 
qilingan yerlarning naqadar boy bo‘lganligini IX asrdagi mashhur arab 
geografi Ibn Ho‘rdodbehning viloyatlaming soliq miqdori to ‘g ‘risidagi 
ma'lumotlaridan bilsak ham bo‘ladi. Uning yozishicha butun So‘g ‘d 
hududi xalifalik xazinasiga tohiriylar orqali 326 ming muhammadiy 
dirhamdan to‘lab turgan. Farg‘ona Ahmad ibn Asad orqali 280 ming, 
Yahyo ibn Asad orqali Shosh - 607 ming, Ustrushon - 50 ming dirhamdan 
to‘lagan. Bunday katta soliqlami faqat juda boy o ‘lkalargina to‘lashi 
mumkin edi. Iqtisodiy yuksalish harbiy qudratni ham belgilagan. 
Movaraunnahrda 600 ming suvoriy va piyoda qo‘shin bo‘lgan. Hozirgi 
O'zbekistonning shimoliy chegaralariga yaqin viloyatlarida asosan 
ko‘chmanchi turk qabilalari yashagan. Sirdaryoning o ‘rta va quyi 
oqimlarida ularning shaharlari ko‘p bo‘lgan. Ko‘chmanchi turkiy qabilalar 
Movarounnahr vohalarida so‘g ‘diylar, farg‘onaliklar, xorazmliklar va 
boshqalar bilan birga umumiy hayot kechirishgan.
IX asming birinchi yarmidan e'tiboran turkiy - o ‘g ‘uzlar 
Movarounnahming o ‘troq va madaniy hayot kechirayotgan vohasi 
xalqlariga hujumlar uyushtirib, ulami tez-tez bezovta qila boshlaganlar. 
Shu boisdan ham Abdulla ibn Tohir IX asrning 30-yillarida turk- 
o ‘g ‘uzlardan himoyalanish uchun Farobod (qizil Arvotga yaqin) va 
Dohiston (Mashhadi Misriyon)da mustahkam ravotlar qurdirgan, hatto o ‘z 
o ‘g ‘li Tohimi qo‘shinga bosh qilib turk-o‘g ‘izlarga qarshi jang qilish 
uchun umshga yuborgan. Bunday istehkom devorlari Buxoroda (Kampir 
devor nomi bilan hozirgacha mashhur), Samarqandda (Qiyomat devor deb 
ataladi) va boshqa joylarda ham qurilgan.
Ko‘chmanchi turk qabilalari XIX asming birinchi yarmida Yahyo ibn 
Asad hokimlik qiluvchi Shosh (Chosh)ga tez-tez hujumlar uyushtirganlar. 
Yahyoning iltimosiga binoan va uning ishtirokida akasi Nuh ibn Asad 840 
yilda Isfijobning turk hokimiga qarshi yurishda mustahkam mudofaa 
devori qurdirgan. Nuh ibn Asad 841-yilda vafot etadi. Manbalarning 
guvohlik berishicha, Samarqand viloyatini bir vaqtlar aka-uka Ahmad va 
Yahyo birgalikda idora qilganlar. 855-yilda Ahmadning o ‘g ‘li Nasr ibn 
Ahmad Samarqand noibligiga tayinlanadi. Bu hoi Movarounnahrda 
Ahmad ibn Asad nufuzining oshuviga olib keladi. 856-yilda Yahyo ham
40


vafot etgan. Ahmad endi Shosh va Ustrushon noibligini ham o ‘z qoiiga 
oladi va bu viloyatlami o ‘g ‘li Yoqub ibn Ahmadga bergan.
Ana shu tariqa IX asrning o ‘rtalariga kelganda Buxoro, Qashqadaryo 
viloyatlari va Chag‘onrud (hozirgi Surxondaryo) vodiylaridan boshqa 
Movarounnahming barcha hududi Ahmad va uning o ‘g ‘illari ta'siri 
doirasiga kirib qolgan. Bu ishga Tohir ibn Abdulla (844-862) qarshilik 
qilmagan. Chunki endi somoniylar ustidan ilgarigidek ota-bobosi singari 
hukmronlik qila olmasligini yaxshi bilardi. Sababi, tohiriylar sulolasi 
borgan sayin inqiroz sari yuz tutmoqda edi.
IX 
asrning 60-yillaridan e'tiboran tohiriy hukmdorlarga qarshi xalq 
harakatlari kuchaydi. Bu harakatga Foziylar boshchilik qildilar. (Foziylar 
asosan ko‘chmanchi qabilalar hujumini bartaraf qilish maqsadida 
kambag‘al hunarmandlar va yersiz ziroatchilardan tashkil topgan qurolli 
qo‘shin). Foziylar harakati aholidan ko‘proq olponlar to ‘plashga 
shoshildi. To‘plangan oiponlar past qiymatli dirhamlardan iborat 
boiganligi uchun ulami kumush tangalarga almashtirishni buyurdi. Bu esa 
aholining g ‘azabini qo‘zg‘atdi, xalq qo‘zg‘olon ko‘tarib, Husayn saroyini 
egallab oldi va uni taladi. Shahar jamoasining yuqori tabaqalari 
Samarqandga - Nasr ibn Ahmadga o ‘z vakillarini yubordilar va somoniylar 
xonadonidan biror kishini hokim qilib jo ‘natishini iltimos qildilar. Bu 
taklif albatta Nasrni hursand qildi va u o ‘z ukasi Ismoil ibn Ahmadni 
Buxoroga hokim qilib jo ‘natdi. Ismoil Somoniy 849-yilda Farg‘onada 
tavallud topgan. 14 yoshida otasi vafot etib akasi Nasr qoiida qolgan. 
Ismoil Somoniy o‘z hokimligining (874-907) dastlabki davrlarida katta 
qiyinchiliklarga duch keladi. Chunki xalq ommasi somoniy noiblardan shu 
paytgacha biror-bir yaxshilik ko'rgan emasdi. Ismoildan ham albatta 
yaxshilik kutish uchun hech qanday asos yo‘q edi. 875-yilda Ismoil 
o ‘zining ikkinchi marta Buxoroga kelishida y o id a xalqning notinch 
ekanligini o ‘z ko‘zi bilan ko‘rdi. Tarixchi Narshaxiyning yozishicha, 
Barket bilan Romiton o ‘rtasida 4 ming dehqon qo‘zg‘olon ko‘tarib 
chiqadi. Hokim sifatida Ismoilning dastlabki ko‘rgan tadbiri dehqon 
oqsuyaklari va lashkarboshilariga suyanib xalq qo‘zg‘olonini bostirishdan 
iborat bo‘ldi.
O lzini butun boshli Movarounnahr hokimi deb hisoblagan Nasr ibn 
Ahmad kumush tangalar zarb qila boshladi. 886-887-yili Nasr tomonidan 
Samarqandda zarb qildirilgan somoniylaming eng birinchi kumush 
dirhamlarining namunasi 0 ‘zbekiston tarixi muzeyida saqlanmoqda.
Nasr ibn Ahmad o ‘z ukasi Ismoilni o ‘ziga tobe noib deb hisoblar va 
istagan paytda uni almashtirish mumkin deb o ‘ylardi. Ammo Ismoil
41


akasiga bo‘ysunishni ochiqdan-ochiq xohlamagan va Buxoroni mustaqil 
bo‘lishiga harakat qilgan. Bu harakat Ismoilning turli bahonalar bilan 
Samarqandga soliq va o‘lponlar to ‘lashdan bosh tortganligida yaqqol 
ko‘zga tashlanadi. Ikki aka-uka o ‘rtasida 888-yilda kuchayib ketgan 
dushmanlik urush boshlanishiga sabab boMdi. Bu urushda Nasr batamom 
mag‘lubiyatga uchradi va Ismoil butun Movarounnahrni boshqarishni o ‘z 
qoiiga oldi. Nasr somoniylar xonadonining boshlig‘i sifatida hurmatga 
loyiq bo‘lsada, unda hech qanday hokimiyat yo‘q edi. U to‘rt yil 
Samarqandda yashab 893-yilda vafot etdi. Manbalar tili bilan aytganda, 
Ismoil Somoniy “aqlli, adolatli, shafqatli, fikr va tadbir egasi” edi. U 892- 
yilda butun Movarounnahr hukmini o ‘z qo'liga olishga erishib, 
«haqiqatdan ham podsholikka loyiq va haqli ekanligini» isbotladi.
Ismoil Somoniy 893-yilda ko‘chmanchi turk qabilalari ustiga yurish 
qildi. Bu yurishda u katta tarixiy g ‘alabani qo‘lga kiritdi. Taroz (hozirgi 
Jambul)ni egalladi va turklaming xonini 10 ming askari bilan birga asir 
oldi. Bu jang davomida shu darajada katta boylik ulashib berildi. Ismoil 
Taroz shahridagi xristian qasrini musulmon masjidiga aylantirdi. Bu yurish 
Ismoilning dasht ko‘chmanchilariga qarshi uyushtirgan oxirgi va so'nggi 
yurishi bo'ldi. Chunki Ismoil ta'sir doirasining kengayib borayotganligi 
Xuroson hukm-farmoni Amr ibn Laysga ham, arab xalifasi Mu’tazidga 
ham xush kelmaganligi albatta tushunarlidir. Shu bois xalifa 900-yilda 
Ismoil bilan Xuroson hokimi safforiy Amr ibn Laysni Xuroson bilan 
Movarounnahr ustidan ham hukmronligini ta'minlovchi farmon chiqargan. 
U Amr bilan Ismoilni to‘qnashtirib o ‘rtada o ‘zi yutib chiqishni 
mo‘ljallagan edi. Lekin voqealarning rivojlanib borishi xalifa umidlarini 
chippakka chiqardi. Bu urushda Ismoil katta g ‘alaba qozongan va uning 
davlati, kuch va qudrati yanada yuksaldi. Safforiylar qoldirgan meroslami 
o ‘ziniki qilib olgan Ismoil butun Xurosonni ham somoniylar davlatiga 
qo‘shib oldi.
Ismoil Somoniy shu darajada kuchli va qudratli davlat barpo qildiki, 
ko‘chmanchi qabilalarga qarshi kurashmoq uchun mudofaa istehkomlari 
bo‘lgan devorlarga, umuman hech qanday ehtiyoj qolmadi. Narshaxiyning 
ma'lumotlariga qaraganda mamlakat mudofaasini ta'minlashda devorlarga 
qaraganda qo‘shinlaming roliga katta baho berib, Ismoil Somoniy «Men -
Buxoroning devoriman» degan edi. Kuchli markaziy hokimiyat va qudratli 
qo‘shinning barpo etilishi Ismoil Somoniy va uning izdoshlariga 
Movarounnahr va Eronning ichki muammolariga asosiy diqqat-e'tiborini 
qaratish imkoniyatini berdi.
42


Ismoil Somoniy o ‘z davrining yirik va aqlli davlat arboblaridan 
boigan. U yirik va markazlashgan davlat barpo qilishdan manfaatdor 
boigan barcha oqsuyak amaldorlarni o‘z atrofiga to‘plagan. Ulaming 
yordami bilan Ismoil shunday bir qudratli markazlashgan davlat barpo 
qiladiki, bu davlat o ‘sha vaqtda Sharqda shuhrat topadi. Ismoil Somoniy 
davrida Movoraunnahr Arab xalifaligi istibdodidan abadul-abad ozod 
boidi. Ammo bir qarashda qudratli b o iib ko‘ringan bu davlatni ichdan 
yemirayotgan bir qator ijtimoiy ziddiyatlar bor ediki, buni hatto Ismoil 
Somoniy ham bartaraf eta olmadi. Bu markaziy hokimiyat bilan mahalliy 
hokimiyat o'rtasidagi qarama-qarshilik edi. Somoniylar har qancha 
urinsalar-da, Seyiston, G ‘o ‘zg‘on, G ‘azna, Gurjiston, Isfijob, Xorazm, 
hozirgi Tojikistonning to g ii viloyatlari: Chag‘oniyon va Rashtoni 
o'zlariga batamom bo‘ysundira olmadilar. Bu viloyatlarning hokimlari 
markaziy hokimiyatni rasman tan olsalarda, amalda mustaqil siyosat 
yurgazardilar. Somoniylar davrida qo‘shinda yetakchi mavqeni turk sar- 
kardalari va g ‘ulomlari egallagan edilar. Ularga hamma vaqt ham ishonib 
boim asdi.
Ismoildan so‘ng uning vorislari davrida somoniylar sulolasi inqiroz 
sari yuzlandi.
Somoniylar davlatining bundan keyingi taraqqiyot bosqichi ham 
hokimiyat, davlat va mol-dunyo talashib, kurash bilan o ‘tdi va oxir- 
oqibatda yuz tuban inqiroz sari ketdi.
Somoniylar davrida davlatning markazlashuvi ikki daryo oraligining 
ijtimoiy-iqtisodiy tuzumi ma'lum darajada taraqqiy qilishiga olib keldi. 
Feodal ishlab chiqarishiga asoslangan usul rivojlanib, hunarmandchilik 
madaniyati, arab va fors tillaridagi ilm-fan hamda adabiyot yuksaldi. 
Dehqonchilik asosan sun'iy va yom gir suvlari bilan sug'orishga (lalmikor) 
asoslangan edi.
Hukmron sinf vakillari katta-katta yer mulklarining ham egalari edi. 
Bularga somoniy hukmdorlari va ulaming avlodlari, turk askarboshi va 
amaldorlari, mhoniylar kirib, ular yuqori tabaqa hisoblanar edilar. Arab 
xalifaligiga qarshilik ko‘rsatgan yirik, boy dehqonlar ulaming qarshiligi 
bostirilishi vaqtida, katta zarar ko‘rgan boisalar-da, hali kuchli edilar. 
Nizomulmulkning yozishicha, ayniqsa turk askarboshilari, jumladan Alp 
Tegin juda ham boy b oiib, Movarounnahr va Xurosondagi 500 qishloq 
uning xususiy mulki boigan. Har bir shaharda unga qarashli karvon- 
saroylar, hammomlar, uylar kabi qo‘zg‘almas mulklari bor edi. Turk askar- 
boshilaridan Abu Alp Simjuriy va Foiq ham undan qolishmasdi.
43


Butun ichki va tashqi savdoni, do'konlar, karvonsaroylar hamda turar 
joylami o ‘z qo‘llariga kiritib olgan savdogarlar tabaqasi hukmron sinflar 
qatorida edilar.
Somoniylar davrida Buxoro musulmon dini va diniy oqimlaming 
markaziga aylana bordi. Diniy muassasalar, masjid va madrasalarga yer, 
suv mulklarini vaqf qilib berish kengaydi.
IX 
asr oxiri va X asrlardagi yer mulklari barcha islom mamla- 
katlaridagi kabi, avvalo kimga tegishliligi, so‘ngra soliq to ‘lash tartibiga 
ko‘ra guruhlashtirilishi mumkin. Jumladan, mulklar kimning egaligiga 
qarab uch turga bo‘lingan :
1. «Mulki Mamloki Sultoniy» - ya'ni Sulton (hukmdor) davlat 
boshliqlariga qarashli yerlar. Bu yerlar odatda, davlat yerlaridan 
farqlanganligi uchun ulardan keladigan 
daromadlar davlat 
muassasalari bo‘lgan devonlar tomonidan olib borilganligi uchun 
ham davlat yerlari (mulki) deb hisoblangan.
2. Vaqf yerlari - ya’ni, diniy tashkilotlarga vaqtincha yoki doimiy 
foydalanishga o ‘tkazilgan yerlar, bizgacha Somoniylar davridan 
qolgan vaqf yorliqlarining yetib kelganligi bu mulkning ham 
taraqqiy qila boshlaganligini ko‘rsatadi.
Soliq to‘lash shakliga qarab esa asosan:
a) xiroj yerlari - ya'ni davlat yerlarida yashab, uni ishlab, undan 
foydalanganligi uchun dehqonlardan davlat solig‘i - xiroj undiriladigan 
yerlar.
b) soliq to ‘lashdan qisman yoki tamoman ozod etilgan, kelib chiqishi 
bo‘yicha Muhammad payg‘ambar xonadoniga borib taqaluvchi saidlaming 
yerlari kirgan.
Somoniylar davrida noiblar, askarboshilar va amaldorlarga mukofot 
tariqasida butun-butun viloyatlar in'om qilinib, bu «O'qta», uni olgan kishi 
«iqtidor» deb atalgan. Bunday yer mulk egaligi ham rivojlangan, ular ana 
shu yerdan keladigan daromadni qisman ushlab qolishga haqli bo'lgan.
Feodallarga tegishli yer mulklari bu davrda ko‘proq ijarachi 
dehqonlar tomonidan turli shakllarda ijaraga olinardi. Ot ulovi va urug‘lari 
bo‘lganlari hosilning 1/4, 1/3 qismini olsalar, hech narsasi bo‘lmagan 
ijrachilaming hissasi hatto, 1/10 , 1/12 ga tushib qolgan.
Ijarachilarga berilgan yerlardan hosilning qancha qismi kimga 
tekkanligiga qarab davlat solig‘i - xiroj olingan. Bulardan tashqari, 
somoniylar davlatida ham qullar ko‘p bo‘lib, ularning mehnatidan keng 
foydalanilgan.
44



Yüklə 153,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   63




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin