To sh k en t d a V la t y ur idik institu ti


 ‘rta asrlarda Movarounnahr davlati va huquqi



Yüklə 153,71 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/63
tarix25.12.2023
ölçüsü153,71 Kb.
#194972
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   63
O\'zbekiston davlati va huquqi tarihi. Xamidova M.

0 ‘rta asrlarda Movarounnahr davlati va huquqi
(XIII asrgacha)
Reja:
1. 0 ‘rta Osiyoda arablar hukmronligining o‘rnatilishi
2. Arablar hukmronligi davrida Movarounnahrning boshqaruv
tizimi.
3. Islom dinining yoyilishi va uning Movarounnahr siyosiy
ijtimoiy va huquqiy hayotidagi o‘rni.
4. Somoniylar davlati va huquqi.
5. Qoraxoniylar davlati va huquqi.
6. Saljuqiylar davlati va huquqi.
7. G‘aznaviylar davlati va huquqi.
8. Xorazmshohlar davlati va huquqi.
Arablar 0 ‘zbekiston hududini bosib olishda Xurosonni o ‘zlarining 
tayanch nuqtalariga aylantirganlar. 0 ‘sha yerda turib, 0 ‘zbekiston 
hududini «Movarounnahr» - «daryoning orti», «daryoning narigi tomoni» 
deb ataganlar.
Shu davrdan boshlab «Movarounnahr» degan ibora bizning 
hududimizga nisbatan ishlatiladigan bo‘lgan. Markaziy Osiyo yerlariga 
birinchi bor lashkar tortib kelgan hukmdor Ziyod ibn Abu Sufyondir. U 
666-yilda (hijriy 46-yilda) Amudaryo bo'ylarigacha keladi, Marvni egallab 
katta boylik va oijalar olib yurtiga qaytib ketadi. 0 ‘rta Osiyoning qulay va 
go‘zal tabiiy iqlimi va sharoiti hamda behisob boyliklari mol-dunyoga 
o ‘ch arab sahroyilarining tinchligini buzgan edi. Har ikki o ‘rtada 
shartnoma-bitim tuzilgan boisa-da, Ubaydulloh o ‘miga Xuroson amiri 
etib tayinlangan Sa'id ibn Usmon 676-yilda Buxoro ustiga qo‘shin tortadi. 
U juda ko‘p hiyla-nayranglar ishlatib Buxoro va unga yordamga kelgan 
So‘g ‘diyona, Kesh, Nasaf qo‘shinlarini tor-mor keltiradi. Buxoro podshosi 
Xotun ibn Usmonning talabi bilan uning huzuriga borishga majbur bo‘ladi 
va juda ko‘p oiponlar to ‘lab, shahzoda va aslzodalardan 80 kishini 
garovga beradi. Shundan so‘ng, arablar Movarounnahr va Samarqandga 
yurish qilganlar. Ular bu joylami egallab, juda ko‘p boyliklarni qoiga 
kiritganlar va samarqandliklardan 30 ming kishini asirlikka olganlar.
Sa'id ibn Usmon garovga olingan Buxorolik shahzodalami Marvga 
qaytishda ozod qilishga so‘z bergan. Lekin u va'dasida turmaydi va 
shahzodalami aldab Madinagacha olib borib ulami barcha zarbop 
kiyimlarini yechib olib qullarga aylantirgan. Erkparvar buxoroliklar
31


bunday haqorat va pastkashlikka chiday olmasdan Sa’id ibn Usmon 
saroyiga bostirib kiradilar va avval uni, so‘ngra oVAarini o'ldiradilar. 
Narshaxiyning yozishicha, Buxoro aholisi har safar islom lashkarlari 
kelganda musulmon bo‘lar, arablar qaytib ketgandan so‘ng, esa yana 
dindan qaytar edilar. 704-yilda Xuroson taxtiga Qutayba ibn Muslim 
o ‘tiradi va Xurosonni batamom o ‘ziga bo‘ysundiradi. Ana shu davrdan 
e'tiboran arab bosqinchilari tomonidan Movarounnahrni zabt etishning 
ikkinchi davri boshlanadi. Narshaxiyning ma'lumot berishicha, Qutayba 
katta tayyorgarlikdan so‘ng sakson sakkizinchi yili (12-dekabr 706- 30 
noyabr 707) Jayhun daryosidan o ‘tadi. Poykand aholisi bundan xabardor 
bo‘lib, shaharni juda mustahkam devor bilan o ‘raydilar. Shuning uchun 
ham uni «jez shahar» deb atashgan. Musulmonlar qattiq va shiddatli 
janglardan so‘ng, bu shaharni egallashgan. Ikki o ‘rtada sulh tuziladi. 
Qutayba Poykand shahriga amir etib, Varqo ibn Nasr Bohiliyni tayinlab, 
o‘zi Buxoro tomon yurishni davom ettiradi. Poykandda hukmron bo‘lib 
qolgan Varqo shahar xalqiga jabr va zulm o ‘tkazadi, axloqiy buzuq ishlar 
bilan shug‘ullanadi. Bunga javoban shahar fuqarolari qo‘zg‘olon 
ko‘taradilar. Qutayba bu xabarni eshitib tezda orqasiga qaytadi va 
qo‘zg‘olonni shafqatsizlik bilan bostiradi. Uning buyrug‘i bilan arab 
sahroyilari shaharni talab, xarob qiladilar.
Qutayba Poykandni batamom o ‘ziga bo‘ysundirgach, uning atrofi- 
dagi barcha qishloqlarni ham egallaydi va 707-yilda (89) Kesh, Naxshobni 
fatx qiladi. 708 (90)-yilda Vardan (hozirgi Vardonze) ustiga yurishga 
tayyorgarlik ko‘rayotganda kutilmagan qarshilikka duch keladi. Turk 
xonlari Qutaybaga qarshi ittifoq tuzib, Torob, Xunbun va Romiton 
oralig‘ida uni ko‘p lashkar bilan o ‘rab oladilar. Xitoy podshosining jiyani 
Ko‘rmag‘onun ham bu ittifoqqa qo‘shiladi. Natijada Qutayba og‘ir 
ahvolga tushib qoladi. Qutaybaning yaqin kishilaridan bo‘lgan Xayyoni 
Nabatiy ishlab chiqqan reja asosida musulmon arablar og‘ir vaziyatdan 
eson-omon qutiladilar. Ular Tarxunni aldov bilan safdan chiqarib 
ittifoqchilar safini bo‘lib yuboradilar. Qutayba bilan So‘g ‘d podshosi sulh 
bitimi tuzadi. Bitimga ko‘ra, Tarxun arablarga har yili ikki million 
dirhamdan xiroj to‘laydigan bo‘ladi.
G ‘oyatda og‘ir vaziyatdan ustamonlik bilan chiqib ketgan Qutayba 
endi asosiy zarbani kuchli raqib, lekin laqma siyosatdon so‘g ‘d hokimi 
Tarxunga qarshi qaratadi. 0 ‘rtada tuzilgan sulh shartnomasiga qara- 
masdan, o ‘zaro kelishuv asosida Samarqanddagi masjid qurilishini 
tezlashtirish bahonasida shaharga g ‘isht teruvchilar o ‘miga 4000 
qurollangan arab kiritiladi. Shahar talanib, aholi qirg‘in qilinadi. Tarxun
32


ham qatl etiladi. Sosoniylaming eng so‘nggisi Yazdigardning qizi asir 
olinadi va u Xalifa Validga yuboriladi. Samarqandda q o ig a olingan oltin 
butlar va ulaming jihozlari 50 ming misqolni tashkil etadi. Samarqandm 
egallashda 300 ta devor-buzar moslamalar ishlatilib arablar Samarqandni 
batamom vayron etadilar. Nihoyat Samarqandning yangi hokimi Gurak 
(709-738) bilan Qutayba o'rtasida sulh bitimi imzolanib, bu bitimga ko‘ra 
u arablarga yiliga 2 mln 200 ming dirham tovon toiashi kerak bo‘ladi. 
Yana arablarga 300 ming sogiom kishini qul о ‘ mi da berish sharti ham bor 
edi. Shartnomaga asosan shahar markazi arablarga bo'shatib beriladi. 
Qutayba u yerda (Afrosiyobda) masjid qurdiradi.
Shunday qilib, sahroyi arablar dunyoning eng qadimiy va madaniyat 
oikalaridan biri boim ish Movarounnahrni o ‘z mustamlakalariga 
aylantiradilar. Movarounnahr hududida yashagan ajdodlarimiz ijtimoiy- 
siyosiy, iqtisodiy va madaniy taraqqiyotda sahroyi arablarga qaraganda 
anchagina oldinda edilar.
Nima sababdan ulami arab istilochilari nisbatan tez va oson bosib 
olishga muvaffaq bo‘lganlar? Buning sabablari - birinchidan, o ik a
xalqlari o ‘rtasida ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy birlikning boimaganligi va 
feodal tarqoqlikning mavjudligidadir. Arablar Movarounnahrdagi kichik- 
kichik feodal davlatchalar tarqoqlikdan ustalik bilan foydalanganlar. 
Ikkinchidan, arablar ко‘mane hi turk qabilalari bilan mahalliy o'troq 
xalqlar o'rtasida mavjud boigan qarama-qarshiliklardan ham foyda- 
landilar. Uchinchidan, arablar Movarounnahrga qadar juda ko‘plab boshqa 
mamlakatlar va aholi hududlarini bosib olgan edilar. To‘rtinchidan, arablar 
Movarounnahr hududlariga bostirib kelganlarida, bu yerda ko'pdinlik 
hukm surardi. Bu hoi arablarga qarshi oikam iz hududi xalqlarining 
birlashuviga to‘sqinlik qilgan va arab bosqinchilarining g ‘alabasini 
yengillashtirgan.
Arablar talonchilik siyosatini yuritib, 0 ‘zbekistonning juda ko‘p 
madaniy boyliklarini vayron qilganlar, juda katta oijalarini q o ig a 
kiritganlar va mahalliy aholining katta qismini qullarga aylantirganlar. 
Manbalarda Qutayba ibn Muslim 0 ‘rta Osiyodan 100 mingtaga yaqin 
asirlarni qul qilib olib ketganligi ko‘rsatiladi. Arablar bosib olgan yerlariga 
o ‘zlarining dini- islonmi va u bilan birga xalifalikda hukmron boigan 
feodal huquqiy tizimi - musulmon huquqi yoki shariatni kuch bilan joriy 
qilganlar.
Xalifalikning talonchilik va mahalliy xalqni huquq jihatdan ezish 
siyosati mahalliy madaniyatni yemirish, arab tili, yozuvi va islom dini 
aqidalarini zo‘rlab o ‘matish xalq g ‘azabiga duch kelgan. Kuchli
33


qo‘zg‘olonlar ham boigan. 720-722 va 728-yillarda So‘g ‘dda katta xalq 
qo‘zg‘olonlari ko‘tarilgan. Keyinchalik Abu Muslim, ayniqsa Muqanna 
boshchiligidagi qo‘zg‘olonlar shafqatsiz bostirilgan b o isa ham, ammo ular 
xalifani larzaga keltirilgan.
806-yilda So‘g ‘dlarning Samarqandda Rofe ibn Lays boshchiligidagi 
boshlagan qo‘zg‘oloni tez orada Toshkent, Farg‘ona, Qashqadaryo va 
Xorazmga yoyilib, xalifalik qo'shinlari bu qo‘zg‘olonni bostira olmagan. 
Zodagonlarning xoinligi tufayligina bu qo‘zg‘olon bostirilib, uning 
rahbarlari qatl etiladi. Shundan so'ng Xuroson va Movarounnahrda 
hokimiyat mahalliy zadogonlar qo‘liga o ‘tgan. Xalq ommasining 
bosqinchilarga qarshi fidokorona olib borgan kurashi tufayli mahalliy 
sulola boshchiligidagi mustaqil davlat tuzishga sharoit yaratilgan.
Arablar 0 ‘rta Osiyoda o‘z hukmronliklarini o ‘matish bilan bu yerda 
mustahkam o'rnashib qolishga harakat qilganlar. Shu maqsadda ular bosib 
olingan shahar va qishloqlarga butun-butun oilalari bilan kelib 
joylashganlar, mahalliy aholining uylarini, mol-mulki arini zo‘rlik bilan 
tortib olganlar. Masalan, arablar tomonidan Buxoro va Samarqand bosib 
olingandan keyin Qutayba aholidan uylarining yarmini arablarga berishni 
talab qilgan. Xonadonlarga kirib olgan arablar o'zlarini katta tutar, sahoba 
avlodidanmiz deb pesh qilar edilar. Shuning uchun ham keyinchalik ular 
xo‘ja nomi bilan tanilib ketadi. Demak, tarixdan xalqni xo‘ja va fuqaro 
(qora xalq)larga ajratish o ‘sha vaqtlardan boshlagan.
Mahalliy aholining asosiy mashg‘uloti dehqonchilik hisoblangan. Bu 
davrdagi butun dehqonlar ommasini ozod dehqonlarga, yarim qaram 
(kadivar) dehqonlarga yoki qullarga ajratish mumkin. Chorikorlik 
ijarasining keng tarqalishi natijasida kadivarlar soni o‘sgan. Badavlat yer 
egalari o ‘zlarining yirik xo‘jaliklariga ega emas edilar. Ular o ‘z yerlarini 
mayda qismlarga ajratib, dehqonlarga turli shartlar aosida bo‘lib berganlar. 
Bunday chorikorlik ijarasi asosida yer olgan dehqonlar egalariga hosilning 
yarmini 1/3 yoki 1/4 qismini berishlari lozim edi. Chorikor kadivar, 
erkinlikka chiqarilgan qul yoki qul boMishi mumkin edi. Ba'zan erkin 
dehqonlar ham kam yerli bo‘lgani tufayli xonavayron bo‘lib, hosilsizlik 
yoki boshqa sabablar bilan chorikor bo‘lib qolishar edi.
Xalifa davlat yerlarini shaxslarga “iqto” tariqasida tuxfa qilgan. 
Davlat yerlari ayrim harbiy yo‘lboshchilar va amaldorlarga umr bo‘yi yoki 
merosiylik tariqasida berilgan. Biroq yerlaming asosiy egasi xalifa sanalar 
va u iktodorlardan ushr olish huquqiga ega edi.
VIII 
asr o ‘rtalariga kelib Movarounnahr hudududa siyosiy boshqaruv 
arab xalifaligi siyosiy tizimiga moslashtirilgan edi. So‘g ‘diyonada
34


buxorxudotlar va boshqa hukmdorlaming qo‘li ostidagi ma'muriy idora 
usuli o ‘z shaklini saqlab qolgan boiishiga qaramay, hokimiaming xalifa 
noibiga itoat etishlari shart edi. Mahalliy davlat boshliqlarining ko'pchiligi 
o ‘z huquqlari va imtiyozlarini saqlab qolish maqsadida islom dinini qabul 
qilgan edilar. Islomni qabul qilmagan zodagonlar o ‘z yerlaridan mahrum 
etilar yoki to von to ia r edilar.
Arablar Movarounnahrni istilo qilganlaridan so‘ng, bu hududning 
yer-mulklari xalifaga qarashli b o iib qoldi. Ilgari yerlar Buxoroda yirik 
zodagon - buxorxudotlaming xususiy mulki sanalsa, endilikda ular 
xalifalik mulklariga aylandi.
Xalifa davlatni boshqarishda vazir ul-vuzaro (ulug‘ vazir)ga 
tayangan. Harbiy ishlar, harbiy qo'shinlar amir ul-umaro q o ii ostida edi. 
Xalifa turli masalalami devon ad-dar, ya'ni kengashda ko‘rib chiqar edi. 
Devon ad-dar uchta asosiy devonga boiingan ular devon al-mashriq, 
devon al-mag‘rib va devon al-xarajdan iborat boigan. Movarounnahrga 
tegishli masalalar devon al-mashriqda hal etilar edi.
Xalifa viloyat noiblarini lavozimiga tayinlash yoki bo‘shata olish 
huquqiga ega edi. Xalifalikning huquqiy masalalari Qur'oni Karim va 
Payg‘ambar ko‘rsatmalari, nasihatlariga asoslangan holda ko‘rib chiqilgan.
Dehqonlarning arab zodagonlari bilan qon-qarindoshlik rishtalarini 
bogiashi, ularga katta imtiyoz berar edi. Birinchidan, ular o ‘z hukmronlik 
mavqelarini saqlab qoldilar, ikkinchidan, ma'lum miqdorda xalifa 
xazinasiga soliq berish bilan o ‘z yerlarini ixtiyorlarida qoldiradilar. Ijaraga 
berishni kuchaytirishi bilan ulaming ijtimoiy nufuzi kadivarlarga nisbatan 
ancha yuqori pog‘onaga ko‘tarildi. Dehqonlarning qaramogidagi kam 
sonli qullar ham ozodlikka chiqib ijarachilarga aylandilar.
Yirik yer egalari dehqonlar arab xalifaligi davrida ham o ‘z yer- 
larining egalari b o iib qoldilar, biroq ular endilikda ijaradorlarga aylanib, 
daromadning ma'lum qismini xaUfalik xazinasiga jo ‘natish majburiyatini 
olgan edilar. Islomni qabul qilmaganlar soliq toiovchilar sanalar va ular 
zilmmiylar deb atalar edi.
Yirik yer egalari dehqonlar yerlarini may da boiaklarga taqsimlab 
ziroatkorlarga ijara tarzida b o iib berishgan.
Arablar Turkiston yerlarini bosib olgandan keyin oddiy xalqning 
ahvoli yanada ogirlashib ketdi. Uning yelkasiga yangi soliqlar solindi. 
Xalifaga juda katta miqdorda o ip o n jo ‘natilar edi. Bu albatta oddiy 
xalqdan olinadigan turli soliqdan yigilar edi. Arablar Movarounnahr 
xalqidan mumkin qadar ko‘proq boylik undirib olish siyosatini olib 
borganlar. Ular dastlabki yilda islomni qabul qilganlarga ba'zi imtiyozlar
35


berganlar. 728-yilda islomni qabul qilganlar «xiroj» solig‘i (ekilgan 
hosilning 1/4 hissasi miqdorida) va «juzya» (jon boshiga solinadigan 
soliq)dan ozod qilinganlar.
Lekin keyinchalik xalifaning daromadlari ancha kamayib ketadi. 
Biroq tez orada Arab xalifaligi 0 ‘rta Osiyoda o ‘z mavqeini tamoman 
mustahkamlab olgach, musulmon va musulmon bo‘lmagan xalqdan ham 
bir xilda soliq olinadigan bo‘ldi. Xirojning miqdori hosilning yarmiga 
to‘g‘ri kelgan. Bulardan tashqari aholidan yana bir keng tarqalgan soliq- 
zakot olinar edi.
Bu soliq chorvadan, hunarmandchilik va savdodan keladigan 
daromadning 1/40 qismi miqdori olingan. Soliq yig‘uvchilar «amil» deb 
atalgan. Bag‘dodning maxsus soliq yig‘uvchisi Buxoroga kelib soliqlami 
o ‘zi jamlab olib ketgan. Soliqlar pul yoki mahsulot shaklida to ‘planib 
turilgan.
Soliqlar uch xil shaklda yig‘ilgan:
1. “Qavonin yoki muqati'a” - may da viloyatlar va tumanlardan 
xazinaga tushib turgan yig‘in.
2. “Maqosima” - hosilning ma'lum ulushi miqdorida to ‘langan. 
Uning xajmi sug‘orishga bog‘liq holda belgilangan.
3. “Misoxa” - yer hajmiga qarab miqdori belgilanadigan soliq bo‘lib, 
unda ekin ekilishi yoki ekilmasligiga e'tibor berilmagan.
0 ‘zbekiston hududi arablar tomonidan bosib olinganidan so‘ng Arab 
xalifaligi tarkibiga kirgan. Arab xalifaligi feodal teokratik davlat bo‘lib, 
uning tepasida xalifa turgan. Xalifaga davlatdagi barcha dunyoviy hamda 
diniy hokimiyat tegishli bo‘lgan, Arab xalifaligi tomonidan bosib olingan 
viloyatlar tepasida xalifa tomonidan tayinlanadigan amirlar turgan. 
0 ‘zbekiston hududini xalifaning Xuroson va Movarounnahr bo‘yicha 
noibi idora etgan.
Noib alohida shaharlar va aholi punktlarining hokimlarini, shayx- 
larini tayinlagan. Ular mahalliy aholidan o ‘lponlar yig‘ish hamda jamoat 
tartibni saqlab turish kabi vazifalarni bajarib turgan. Ba'zi shaharlaming 
hokimlari ma'muriy-moliyaviy huquqlardan tashqari hatto harbiy kuchlarni 
ham boshqarganlar. Ko‘p joylarga arablar o ‘z harbiy qismlarini 
joylashtirgan edilar. Ular mahalliy aholini tutqunlikda ushlab turganlar. 
Arablaming ma'muriy apparati va mirshablari bo‘lgan, hokimlarning esa 
shaxsiy qo‘riqchilari mavjud edi.
Arablar Movarounnahmi istilo etish jarayonida islom dinini va shu 
bilan bir qatorda musulmon qonunchilik tizimini ham joriy qildilar. Islom 
huquqshunosligining asosini shariat tashkil qiladi.
36


,, 
Shariat asosan quyidagi manbalarga asoslanadi.
1. Qur'oni Karim - musulmonlarning muqaddas kitobi.
2. Hadisi Sharif - Muhammad Payg‘ambar nasihatlari, ko‘rsatmalari 
va faoliyati bilan bogiiq axloqiy, huquqiy me'yorlar.
3. Xulafoyi Rashidinning odil qarorlari va farmoyishlari.
4. Ijmo'-nufuzli, obro‘ e’tiborli musulmon huquqshunoslarining turli 
savollarga javoblari va qarorlari.
Islom dinida fatvo atamasi keng qoilanilib, u islom qonunshunosi 
oliy martabali va nufuzli shaxslarning, dunyoviy hukmdorlaming qarorlari 
vd farmonlarini yozma ravishda tasdiqlanishini anglatadi.
Islom qonunchiligini amalga oshiruvchi huquqshunoslar ma'lum 
nomga ega bo‘lib, ular o ‘z ilmiy darajalariga muvofiq muayyan pog‘onada 
turishgan. Qozi sud ishlarini amalga oshiruvchi, sharxlovchi shaxs boiib, 
islom qonunchiligida quyi pog‘onada turgan. Qozilar ijtixod, ya'ni oliy 
qonun ilmini bilishlari shart boimagan. Islom qonunchiligini amalga 
oshiruvchilar:
Mufatix- vaqf ishlarini amalga oshiruvchi shaxs.
Mujtaxid - oliy darajaga erishgan ilm sohibi, ya'ni ijtixodni to iiq
egallagan shaxs.
Shayx ul-islom - eng yuqori pog‘onada turuvchi huquqshunos shaxs.
Muftiy - ayrim mamlakatlardagi fatvo beruvchi, qaror chiqaruvchi, 
sud ishlarini amalga oshiruvchi oliy martabali shaxs.
Islomni qabul qilganlar musulmon yoki musulmonlar deyilgan. Islom 
jamiyadda hamma Olloh oldida teng, bab-baravar hisoblangan.
Har qanday inson, u tugilishi va qaysi ijtimoiy toifaga mansub 
boiishidan qat'i nazar, shariatda bir xil va teng huquqqa ega sanaladi.
Islom qonunshunosligi mohiyatiga ko‘ra ikkiga boiinadi:
1. Huquq olloh - insonlaming olloh oldidagi majburiyatlari.
2. Huquq an-nos- insonlar o ‘rtasidagi huquq va majburiyatlar.
IX asrga kelib arab xalifaligining siyosiy inqirozi yuz beradi. 0 ‘rta 
Osiyo aholisining arablar zulmiga qarshi qo‘zg‘olonlari bu inqirozni 
yanada chuqurlashtirib yuboradi. Ayniqsa 806-yilda so‘g‘dlarning 
Samarqandda boshlagan Rofe ibn Lays rahbarligidagi qo‘zg‘oloni tez 
orada Tashkent, Farg'ona, Qashqadaryo va Xorazm vohalariga ham keng 
yoyiladi. Xalifalik qo‘shinlari bu qo‘zg‘olonni har qancha urinib b o isa 
ham bostira olmaganlar. Shundan so‘ng xalifa Xorun ar-Rashidning o ‘g ‘li 
Xuroson noibi Ma’mun mahalliy feodallardan yordam so‘rashga majbur 
boiadi. Xalifa ularga mamlakatni idora etish huquqini berishni va'da 
qiladi. Rofe ibn Lays feodallaming so‘ziga quloq solib, qo‘zg‘olonni
37


to‘xtatdi va arablarga taslim bo'ladi. 806-yildan 810-yilgacha davom etgan 
bu qo‘zg‘olon bostirilgandan so‘ng uning rah bar lari qatl etiladi. Xuroson 
va Movarounnahrda hokimiyat mahalliy zodagonlar qo'liga o ‘tadi. Shu 
tariqa Arab xalifaligining O'rta Osiyodagi hokimiyati barham topadi.

Yüklə 153,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   63




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin