O\'zbekiston davlati va huquqi tarihi. Xamidova M.
Huquqiy munosabatlar. Somoniylar davlatida sud ishlari shariat
qonun-qoidalariga asoslangan edi. Sud ishlari qozilik devoni tomonidan
boshqarilgan. Sud jarayoni qozikalon, qozilar, mufti, raislar tarafidan
amalga oshirilgan. Viloyat qozilari qozikalonga bo‘ysungan. Og‘ir jinoyat
sodir etganlar o ‘limga yoki uzoq muddat qamoq jazosiga mahkum etilgan.
Viloyatlarda og‘ir jinoyat sodir etganlar qozikalon va amir hukmiga
havola etilgan. 0 ‘lim jazosini ibrat bo‘lishi uchun Buxoro Registonida,
ko‘pchilik oldida ijro etilgan. 0 ‘g ‘irlik qilganlar muxtasib va uning
mirg‘azabi tomonidan ushlanib, aholi to‘plangan yoki bozor joylarda qo‘li
chopib tashlangan. Yengilroq gunoh qilganlarga tan jazosi berilgan yoki
jarima solingan.
Somoniylar davlatida islomdagi huquqiy munosabatlami mahalliy
xalq urf-odatlariga moslashtirishga yordam beruvchi asarlar yaratilgan.
Ulardan qozilik mahkamalari yordamchi qo‘llanma tarzida foydalanganlar.
Jumladan, faqih Abulays ibn Ahmad Samarqandiyning «Xazinatul fiqh»
(Musulmonchilik qonun qoidalari xazinasi) asaridir.
Viloyatlarda ham mahalliy idora organlarining boMimlari bo‘lgan.
Somoniylar davlatida mahkamalarda ishlash uchun ma'lum daraja bilimga
ega bo‘lgan arab va fors tillarini bilgan kishilar talab qilingan. Albatta, bu
davlat amaldorlari to‘g ‘ri, adolatli ishlagan degan gap emas, barcha davr
xizmatchilarining poraxo‘rlik, ta'magarlik kabi xislatlari ularga ham xos
edi. Shuningdek, Narshahiyning kitobida 828-yilda Buxoro shahrining
qoziligiga tayinlangan Sa'id ibn Xalaf al Balhiy haqida ham yaxshi fikrlar
yozib qoldirgan: «Toki kuchli kishi zaif kishiga zulm o'tkazmasligi uchun
to ‘g ‘onlar qurdirib, Buxoro suvini adolat va insof yuzasidan taqsim
qilishni u kishi asoslagan».
Bu davrda huquq manbai musulmon dinining g ‘oyaviyligiga
asoslangan shariat huquqi tizimiga tayandi. Ko‘plab hadis ilmining
bilimdonlari muhaddislar va fiqh olimlari yetishib chiqdi hamda islom
dunyosiga tanildi.
46