Xorazmshohlar davlati va huquqi. (XI-XIII asrlar)
Xorazm vohasining tarixiy taqdiri juda boy veqalarga ega bo‘lib, bu
yerda Amudaryoning quyi oqimi va unga yondosh bo‘lgan hududda qadim
zamonlardayoq dehqonchilik madaniyati rivojlangan edi. Miloddan
avvalgi II ming yillik o ‘rtalaridayoq sug'orish shahobchalari qurila
boshlangan. Miloddan avvalgi I ming yilliklarga kelib, Xorazm 0 ‘rta
Osiyo va Eronning iqtisodi va madaniyati eng rivoj topgan markazi bo‘lib
qoldi.
Xorazmshohlar nomi bilan ataluvchi hukmdorlar sulolasining tarixi
eramizning birinchi asarlaridan boshlanib, 712-yili Xorazmni arablar
tomonidan bosib olinganidan keyin ham mo‘g ‘ullar istilosiga qadar davom
etdi.
Arab xalifaligi tarkibida Xorazm qadimiy madaniyat markazi
sifatidagi ahamiyatini yo‘qotmadi. Madaniy an'analaming uzviyligi
shundaki, Muhammad ibn al-Xorazmiy, Abu Rayhon al-Beruniy kabi bir
qancha buyuk olimlar Xorazmdan yetishib chiqqanlar.
X-XI asrlarda ham Xorazm madaniyat markazi sifatida ahamiyatini
saqlab qoldi. XI asr boshlarida G ‘aznaviylar tomonidan bosib olinishi
oqibatida 0 ‘rta Osiyoda o ‘z davrining yetuk davlat ahamiyatini yo‘qotdi.
XI asr oxirlarida Xorazm Saljuqiy davlati tarkibida rivojlanib bordi.
Xorazmda Anushteginlar sulolasi hokimiyatni egallaganidan keyin
Xorazmshohlarining to‘rtinchi sulolasi hukmronligi (1097-1231-yillar)
davri boshlandi. Bu sulolaning asoschisi Anushtegin Murg‘ob daryosini
Sharqiy tomonida joylangan Gurjistonda yoshligida qul bo‘lgan. Saljuqiy
amirlaridan bin uni sotib olib, sulton saroyiga tortiq qilgan. U Sulton
Malikshoh saroyida toshdorlik vazifasini bajargan. Xizmat evaziga u
56
shixna” unvoni bilan Xorazm hokimi (vali) etib tayinlanadi va shu tariqa
Anushteginlar sulolasiga asos soladi.
Saljuqiylar
sultoni
Sanjar
Anushteginning
o ‘g ‘li
Qutbidin
Muhammad (1097-1127-yy) hukmronlik qilgan.
Xorazmshoh laqabi bilan “muqta” etib tayinlanib, shu davrdan bu
viloyat hukmdorlari Xorazmshohlar deb atala boshlandi. Xorazm-
shohlarning hokimiyati ularning qo‘llab-quvvatlanishiga qarab kuchli yoki
markazlashgan bo‘lgan. Ayrim feoddalaming o ‘zboshimchaligiga qarshi
kurashda hunarmandchilik va tovar-pul munosabatlari rivojlangan shahar
aholisini qo‘llab quvvatlashiga tayangan Xorazm davlatida xonlar
(shohlar)ning saylanishi tartibi umumiy qoida hisoblansa ham, mo‘g ‘ullar
bosqinchiligi arafasida Xorazmshohlar hayot vaqtlaridayoq hokimiyatni
o ‘z vorisiga o ‘tishini ta'minlay olganlar.
Xorazmshohlar davlatida markaziy boshqarish devoni (apparati) “al-
majlis al-faxr”i deb atalib, uni oliy darajadagi mansabdor vazir bosh-
qargan. Vazir davlat boshlig‘ining birinchi darajadagi maslahatchisi bo‘lib,
faqat uning oldida hisobot berib turgan. Vazir rasmiy tantanalarda,
davlatlararo munosabatlarda, shoh vassalari bilan muomalada uning
nomidan harakat qilgan. Umumiy tartibqoidalarga rioya qilinishini nazorat
qilgan. Davlat arboblari, viloyat hokimlari, harbiy boshliqlar bevosita
vazirga bo‘ysunganlar. Vazir devon mansabdorlari (asxabul-davovin)
boshlig‘i ham edi. Ularga nafaqa (arzak), ish haqi (mavojib) to ‘lash, soliq
boshqarmasini, davlat xazinasini nazorat qilish ham uning vazifasi
hisoblangan.
Vazirlik mansabi davlatda juda katta ehtirom bilan hurmat qilingan.
Chunki mamlakatning moddiy ahvoli, aholining tartib-intizomga rioya
etishi, amaldorlarning haqqoniy xizmat qilishi, qolaversa, davlat
boshlig‘ining siyosiy va ma’naviy mavqei ana shu vaziming ishbi-
larmonligi, mamlakatni boshqarish qoidalarini bilishi va unga amal qilishi,
hayot tajribasiga ega bo‘lishi bilan bog‘liq edi. Shuning uchun ham
Xorazmshohlar bilimdon, shariat qoidalarini yaxshi biladigan, katta hayot
tajribasiga ega bo‘lgan, sadoqat bilan xizmat qila oladigan shaxslarni
vazirlik mansabiga tayinlaganlar.
Vazirlaming “sadr”, dastur yoki “xoja'i buzrug” unvonlari bo‘lib,
ular mansabining belgisi siyoxdon (da'vat) va maxsus matodan to‘qilgan
salla edi.
Vazirlik mansabiga odatda ajdodlari mansabdor bo‘lgan arab yoki
fors millatiga mansub bo‘lgan shaxs tayinlangan. Turkiy xalq vakillari bu
mansabga tayinlanmagan. Vazir arab yoki fors tilini bilishi, ma'muriy
57
ishlarga qobiliyatli bo‘lishi, saroy axloq-odob qoidalarini bilishi zarur edi.
Vazirlar qabul paytida shohning o ‘ng tomoniga qo‘yilgan maxsus kursida
o ‘tirgan. Xorazmshohlar davlatida vazir mansabi birinchi marta sulton
Otsiz davrida joriy etilgan. Xorazmshohlar davlati tarixida o ‘z vazifasini
vijdonan bajargan, mamlakatda sadoqat bilan xizmat qilgan va tarixda
yaxshi nom qoldirgan vazirlar ko‘p bo‘lib, ulardan eng mashhuri sulton
Takash hukmronligi davrida vazirlik qilgan Nizomul-mulk Shamsaddin
Mas'ud ibn Ali ad-Xaraviy edi. Uning davrida Marv, Urganch kabi sha-
harlarda machit,
madrasa va
qo‘lyozmalar
saqlanadigan joylar
qurdirganligi ma'lum.
M o‘g ‘ullar bosqini arafasida shoh Alovuddin Muhammad vazirlik
mansabini bekor qilib, uning o ‘miga oltita vakildorlardan iborat
“Kengash” tuzgan edi. Bu Xorazmshohlar davrining oxirlarida tuzilgan
davlat kengashi bo‘lib, muhokama etilgan har bir masala yakdillik bilan
qabul qilinishi va qarorda kengash a'zolari hammasining imzosi bo‘lishi
kerak edi.
Vakildorlar Davlat kengashi tuzilishiga sabab ko‘chmanchi
mo‘g ‘ullar hujumi xavfining kuchayganligida edi. Lekin mo‘g ‘ullar
hujumi xavfiga qarshi vakillar kengashi birorta jiddiy qaror qabul
qilganligi yoki chora-tadbir ishlab chiqqanligi haqida ma'lumotlar yo‘q.
Mamlakatdagi oliy mansablardan yana biri- bu viloyatlar va nohiya
vazirlari edi. Bu mansab faqat Xorazmshohlar davlatida bo‘lgan. Bunday
vazirlar odatda siyosiy jihatdan muhim hisoblangan viloyatlarga,
shaharlarga va nohiyalarga tayinlanib, ular shohning maxsus topshiriq-
larini bajarganlar. Oxirgi Xorazmshoh Jaloliddin Manguberdi ham bir
shaharga vazir etib tayinlagani tarixdan ma'lum.
Xorazmshohlar davlati markaziy boshqaruv apparatida siyosiy
ahamiyati jihatidan uchinchi o ‘rinda turadigan mansab- “buyuk hojib”
mansabi edi. Odatda bu mansabga turk urug‘-qabila zodagon vakillaridan
tayinlangan. Hojiblar shohning shaxsiy xizmatida bo‘lib, saroy tantanalari
tartibini nazorat qilishgan, shaxsan shohga aloqador masalalar yuzasidan
unga axborot berib turgan, uning maxsus topshiriqlarini bajargan va unga
doimiy hamrohlik qilgan. Shoh ixtiyoridagi maxsus topshiriqlarni baja-
ruvchi hojiblar ustidan nazorat ishlarini amalga oshirish “kotibal-kabir”
(buyuk xojib)ga yuklatilgan. Masalan, Xorazm shohlaridan Nizom-al-
Mupini o ‘zboshimchaligi, xazina mulkini talon-taroj qilayotganini
tekshirish va aniqlash uchun yuborgan. Hojib Erboz vazirot devoni
daftarlarini, mol-mulk ro‘yxatini (jaroidni), arxivni (mahzan), kotiblami va
moddiy tassarrufining faoliyatini tekshirish vakolatini olgan edi.
58
Sulton
Jaloliddin
Manguberdi
hojib
al-xoss
Xonberdini
qo‘zg‘olonchilar boshlig‘i Bandar, hojib al-xosa Badriddin Tutakchi
Sulton Jaloliddin nomidan ismoyiliylar bilan muzokaralar olib borish
uchun yuborgan. Xorazm davlatida hojiblar sulton-shohlarning maxsus
topshiriqlarini bajargan va hattoki, uning nomidan qo‘shni davlatlar
hukmdorlari bilan muzokaralar olib borgan hamda elchilik vazifasini
o‘tagan. hattoki xalifa muntaqsir elchisini qabul qilgan.
Yuqorida ко‘rib o ‘tilgan davlatning asosiy amaldorlaridan tashqari
shoh saroyida turli mayda vazifalami bajaruvchi mansabdorlar ham
bo‘lgan:
Ustozdor - shoh saroyidagi barcha xo'jalik yumushlariga boshchilik
qilgan. Otxona, nonvoyxona, oshxona va saroy yugurdaklari uning
ixtiyorida edi. Ustozdor saroy sarfiyot xizmatlariga haq to ‘lash uchun
xazina hisobidan xarajat qila olar edi.
Keyingi saroy mansabdorlari qatoriga “Amir-oxur”- shoxning
otboqari, “amir-shikor”-ovchilik ishlarini tashkil qiluvchi, “toshdor” -
shohning shaxsiy hammomini boshqaruvchi, “tarobdor” shohning shaxsiy
mirzasi, “amiral-alam”, “tug‘dor” va boshqa amaldorlar ham mavjud edi.
Xorazmshohlar qo‘shini o ‘z zamonasi uchun g'oyatda kuchli
hisoblanar va o ‘z davrining eng yaxshi qurollari bilan jihozlangan edi. Bu
qo'shinlarda odatdagi qurollardan tashqari qamal mashinalari ham bo'lgan.
Bular orasida harakatchan minorlar, taranlar, hujum narvonlari ajralib
turgan. Z.M.Buniyotov bular Takash yorlig'iga ko'ra «olovdan dahshat-
liroq, shamoldan ko‘ra tezroq» deydi. Xorazm yaxshi tayyorgarlik ko‘rgan
doimiy armiyaga ega edi. Doimiy armiya asosan turklardan tuzilgan
bo‘lib, qo‘shin bo‘linmalar qabilachilik asosida tuzilgan edi. 1195-yilgi
harbiy reyestrga ko‘ra Xorazmshohlar 170 mingdan ziyod doimiy
armiyaga ega edi. Ba'zi tarixiy ma'lumotlarda Xorazmda 400 mingli
armiya borligi qayd etilgan. Xorazmshohlaming, shuningdek, qullardan
tuzilgan shaxsiy gvardiyasi (xaras) ham bor edi. Xaras ko‘proq savdo
karvonlarini kuzatib borgan. Qo‘shinlaming bosh boshqarmasi devon-al-
joyish bo‘lib, uni shoh tayinlaydigan nozir devon al-ard (devonal-joyish)
boshqargan. Ba'zi manbalarda umum harbiy boshqaruv organi devoni arz
dar jumlai- mamolik deb atalgan.
Devonal-joyish harbiylarga berilgan “iqto” ishlarini, hamma unvon-
dagi harbiylarga maosh va boshqa to ‘lovlami, qo‘shinlami va ularning
qurollanishini ro‘yxatga olish, hamma jangchilarga maoshni (arzaq) o ‘z
vaqtida to‘lanishini, ularning barcha zarur anjomlar bilan ta'minlanishini
tekshirib turgan. Yirik viloyatlarda mahalliy harbiy boshqarmalar ham
59
tuzilgan. Xorazmshohlar armiyasidagi eng muhlm mansablardan ikkinchisi
harbiy nazoratchi-nazir-al edi. U ham sohib-al-divon al-joyish nazorati
ostida ish olib borar edi.
Armiya qo‘mondonlari “qayd” yoki “muqaddam” deb atalib, eng ish
bilarmon, epchil amirlar (lashkarboshilar) bu mansabga tayinlangan. Ba'zi
hollarda viloyat hokimlari ayni bir vaqtning o ‘zida mahalliy qo‘shinlarga
ham qo‘mondonlik qilgan. Viloyat qo‘shinlari qo‘mondoni ham sohib al-
joyish unvoniga ega edi. Yangi viloyatlami bosib olgandan so‘ng, shu
hudud yerlari amirlarga “iqto” tarzida in'om qilingan va eng katta xizmat
ko‘rsatgan amirlarga “amir ul-umaro” unvoni berilib, shu hududiga amirlar
oqsoqoli etib tayinlangan. 10 mingacha otliq askarlar qo‘mondoni “molik”
deb atalgan. Ulaming ba'zilariga jangda jonbozlikko‘rsatgani uchun “xon”
unvoni berilar edi. Xorazmshohlar armiyasida aloqachilar, razvedkachilar
boiib, ularni go‘vushlar va josuslar deb atashgan. Josuslar g ‘animning
qo'shinlari holati, uning harakati va maqsadlari haqida ma’lumotlar
to‘planganlar.
Armiyada diniy ishlarga “qozi-yi-xasham” yoki “qozi al-askar”
rahbarlik qilgan.
Xorazm qo‘shinlari yaxshi qurollangan boiib, odatdagi qilich, nayza,
kamon kabi qurollardan tashqari manjaliq (katapult) tosh otar kabi
hujumda ishlatiladigan narvonlari, to'sinlardan ham keng foydalanganlar.
Xorazmshohlar istehkomlar va qal'alar qurishga katta e'tibor
berganlar. Xorazmda har tomonlama baland va mustahkam qurilgan Ilal,
Xo‘rondiz, Qohri, Ardaxn kabi qal'alar bo‘lganligi haqida tarixiy ma’lu
motlar saqlanib qolgan. Qal’alardagi jangchilarga “mustahfizlar” qo‘mon-
donlik qilgan.
Xorazmshohlar davlatida politsiya va jazolash vazifalarini maxsus
otryadlarga rahbarlik qiluvchi “shihna”lar bajargan. Bu mansabga asosan
turk harbiy boshliqlari - amir etib tayinlangan. Shihna hokimiyat uchun
xavfli bo‘lgan hamma ishlami nazorat qilgan. Har bir bosib olingan viloyat
va nohiyalarga zudlik bilan “shihna”lar tayinlangan.
Xorazmshohlar davlatida qo‘shinlaming tashkiliy tuzilishi, hujum
yoki mudofasida qoilaniladigan harbiy harakatlar tuzugi arab qo‘shinlari
tuzilishidan olingan bo‘lib, ilg‘or - o ‘ng qanot markaz - chap qanot,
aryergard va zasada (xofiya) qismlardan iborat edi.
Harbiy harakat yoki urush e'lon qilishdan oldin yirik qo‘mondonlar,
ulamolar, faqhlar, munajjimlar ishtirokida kengash o ‘tkazilar va shu
kengashda ishlab chiqilgan reja asosida harbiy harakat boshlanar edi.
60
Xorazmshohlar davlatida XIII asming boshlarida m o‘g ‘ulIaming
0 ‘rta Osiyoga istilosi (bosqinchiligi) boshlanishi arafasida Xorazm-
shohlarni Anushteginlar sulolasining so‘nggi hukmdori Ala ad-din
Muhammad davrida ichki siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy ziddiyatlari, o ‘zaro
nizolar kuchayib ketdi. В unday vaziyatdan ustalik bilan foydalangan
Chingizxon boshchiligidagi mo‘g ‘ullar Xorazmni zabt etishga muvaffaq
bo‘lgan.
Dostları ilə paylaş: |