84
turini tanlash ishlarida, turli xil malakali kasb mutaxassislariga bo’lgan
ehtiyojlarda jamiyatning g’amxo’rligi sifatida namoyon bo’ladi.
Kasb tanlashga yo’llashning bosh maqsadi o’ziga
xos usullar yordamida
mutaxassisning mehnat bozoridagi raqobatbardoshligini kuchaytirish va aholining
samarali bandligini oshirishga erishishdan iborat.
Kasb tanlashga yo’llashning asosiy maqsadi - yosh avlodni ongli va mustaqil
ravishda ta’lim yunalishini tanlashiga yoki shaxsning psixofiziologik xususiyatlari,
qiziqishi, qobiliyati, moyilliklari va jamiyatning kadrlarga bo’lgan extiyojidan
kelib chiqqan holda mehnat qilish sohasini tanlashga tayyorlashdan iborat.
Kasb tanlashga yo’llash quyidagi ikki asosiy vazifani xal qilishga qaratilgan:
-
mehnat imkoniyatlarini oqilona taqsimlash va foydalanish xisobiga mamlakatning
iqtisodiy
salohiyatini mustaxkamlash;
-
shaxsni ijtimoiy va iqtisodiy himoyalash, chunki o’z qiziqishlari, moyillik va
imkoniyatlariga mos kelgan kasbni
tanlagan inson ham kasbiy, ham moddiy
jihatdan tezroq uni o’zlashtiradi va sezilarli natijalarga erishadi.
Kasb tanlashga yo’llash ishining pirovard natijasi ijtimoiy - iqtisodiy omil
bo’lib, shaxsga ham, davlatga ham real foyda keltiradi.
Kasb tanlashga yo’llashda quyidagi tamoyillar asos qilib olingan:
-
kasb tanlashga yo’llash xizmatlarining majmuaviy xarakterdaligi;
-
iqtisodiy rivojlanish va mehnat bozorini o’rganish
va prognoz kilish orkali
jamiyat va shaxs qiziqishlarini muvofiqlashtirish;
-
shaxsni kasb tanlashga yo’llash va psixologik-pedagogik tashxis qilish shakli,
uslublari va vositalarining ilmiy asoslanganligi;
-
O’zbekiston fuqarolarining va (lozim bo’lganda) boshqa
davlat fuqarolarining
o’qish, ish joyi, yoshi, jinsi, millati va diniy dunyoqarashidan qat’iy nazar kasb
tanlashga yo’llash xizmatlaridan foydalanishga teng xuquqligi;
-
kasb
tanlash yoki almashtirish, ta’lim turi va ishga joylashish imkoniyatlariga
nisbatan kasbiy va boshqa axborotlarning tushunarliligi;
85
- kasbiy tashxis va maslahat berishning ixtiyoriyligi;
-
kasbiy tanlov, tashxis va maslahat xulosalarining ob’ektivligi,
maxfiyligi va
tavsiyaviy xarakterda ekanligi;
-
kasb tanlashga yo’llash xizmatlari xodimlarining kasbiy axloq normalariga rioya
etishligi.
Kasb tanlashga yo’llash ishlarining asosiy ob’ekti:
-
umumiy o’rta ta’lim maktablarining 1 - 11 sinf o’kuvchilari;
-
oliy o’kuv yurtlari talabalari va kasb-hunar ta’limi muassasalarining o’quvchilari;
-
ishdan bo’shashi kutilayotganlar;
-
ish qobiliyati cheklangan shaxslar.
Dostları ilə paylaş: