Microsoft Word Kasbiy psixologiya Yulchiyeva Z



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/118
tarix25.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#194998
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   118
4.
 
Kasbiy buzilish tushunchasi va ularning oldini olish 
yo’llari 
Muxandis sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, birinchi navbatda, 
respublikamiz uchun har tomonlama etuk va munosib kadrlar tayyorlash 
masalasini kun tartibiga qo’ymoqda. Ayni damda olib borilayotgan islohot va 
kadrlar tayyorlash dasturlari e’tiborni xodimlarda mavjud kasbiy xususiyatlarga 
qaratishni, ularning jismonan, ma’nan sog’lomligi, dunyoqarashi, fikrlash 
doirasining kengligi, Vatan himoyasida o’z aqidalariga sodiqligi, o’quv va ish 
jarayonida axborot, bilim va tajribalarni o’zlashtirishda shaxsning psixik 
xususiyatlari dolzarb ahamiyatga molik ekanligini ta’kidlamoqda. 
Xush, xodimlarning kasbiy buzilishlariga qanday omillar sabab bo’lmoqda? 
Masalan, Rossiyada bu muammoni bir qator ilmiy tadqiqotlar o’tkazish 
natijasida psixolog olim A.V.Budanov 3 ta asosiy omillar guruhiga bo’lib 
o’rgandi, ya’ni: 


79 

xizmat sohasining o’ziga xosligi (spetsifikasi); 

shaxsiy fazilatlar omili

ijtimoiy-psixologik omillar
1

Bu tadqiqotni o’tkazgan Rossiya psixologlari xodimlarning kasbiy 
buzilishlarini ularning ish tajribasi bilan solishtir- ganlarida quyidagi natijalarni 
taqdim qilganlar: 
1)
besh yilgacha ishlagan xodimlarda kasbiy tanazzul arzimas bo’lib, bu 
toifa xodimlar xizmat sirini endi tushunib borayotgan- ligi bois kasbiy buzilish 
past darajada; 
2)
6–10 yil ishlayotganlarda – o’rtacha darajada; 
3)
11–15 yil ishlayotganlarda kasbiy buzilish darajasi juda yuqori; 
4)
15 yildan ortiq ishlayotganlarda esa axloqiy-kasbiy buzi- lishlar bo’lishi 
aniq. 
Axloqiy-kasbiy buzilishning xavfli tomoni shundaki, uning eng past 
darajasi ham muxandis xodimlarining shaxsiy va xizmat qobiliyatlariga jiddiy 
zarar etkazadi. 
Psixologik nuqtai nazardan bu muammoga xodimning shaxsiy 
xususiyatidan kelib chiqib yondashish qabul qilingan. 
Xodimlarning kasbiy buzilishida ularning shaxsiy xusu- siyatlari ta’sirini 
rus psixologi A. V. Budanov quyidagicha tahlil qiladi
1

1)
xodimning intellekti ta’siri (ya’ni, mustaqil fikrlash va mustaqil qaror 
qabul qilishi tormozlanadi, mustaqil tarzda o’z ustida ishlashi va kasb mahoratini 
oshirishda layoqatsiz bo’lib qoladi, ekstremal yoki kutilmagan vaziyatda qaror 
qabul qila olmaydi); 
2)
shaxsiy salbiy sifatlar ta’siri (ochko’zlik, qo’pollik, tajovuzkorlik, faqat 
o’z manfaatlarini ko’zlash, bilimsizlik, to’porilik, o’z shaxsiga yuqori baho 
berish) kabi. 
Bu xususiyatlar xizmat ta’sirida (vakolat doirasining keng- ligi, xizmat 
kiyimidan havolanish, hammaning diqqat-markazida bo’lish) xodimga yanada 


80 
o’ziga yuqori baho berishiga sababchi bo’lib qolishi mumkin. 
Muxandis xodimlari faoliyatining samarasini belgilovchi shaxsiy 
xususiyatlarini aniqlash uchun, avvalo, ushbu faoliyatning psixologik jihatlarini 
tahlil qilish, o’ziga xos tomonlarini aniqlash, shu orqali bu faoliyatni 
takomillashtirish chora-tadbirlari tizimini ishlab chiqish va yo’lga qo’yish talab 
qilinadi. 
Bundan tashqari, nomzodda xizmatda uchraydigan tashqi omillar ta’siriga 
ruhiy immunitetning rivojlanmaganligi, qaltis vaziyatda tez va aniq qaror qabul 
qila olish reaktsiyasining pastligi, o’ziga yuqori baho berishi, iroda 
qobiliyatlarining yaxshi rivojlanmaganligi, dunyoqarashi va madaniyat 
darajasining pastligi tufayli xizmat boshlagandan keyin qisqa muddat ichida 
uning axloqiy jihatdan emirilishiga sabab bo’ladi. 
Kasbiy tanazzul avvalo, shaxsning o’zida, keyinchalik esa uning harakatlari 
orqali kasb faoliyati va atrof-muhitidagi munosa- batlarda ifoda bo’lishni 
boshlaydi. Bu holat muxandis jamoalarida ham yuz berishi mumkin. Masalan, 
spirtli ichimliklarga ruju qo’yish holati shu bo’lim yoki bo’linmada xizmat 
intizomining sustligiga dalil bo’la oladi. 
Kasbiy tanazzulning xavfli tomoni shundaki, u «latent», ya’ni yashirin 
tarzda kechadi. Tajribalar shuni ko’rsatmoqdaki, ko’pgina holatlarda xodimning 
mast tarzda xizmatga chiqishini, avvalo, rahbarlarning o’zlari (o’zlariga gap 
tegmasligi uchun) yashiradilar. Xodimlar psixologik, psixoterapevtlik yordamini 
psixiatriya xizmati bilan adashtiradilar va bu o’z o’rnida psixodiagnostika 
ishlarini qiyinlashtiradi. 
Ularning xizmat vazifalariga quyidagilar kiritildi: 

shaxsiy tarkibni bir yilda bir marotaba majburiy psixo- logik 
diagnostikadan o’tkazish hamda jamoadagi ruhiy muhitni o’rganish, 
xodimlarning individual xususiyatlari, psixologik holatlari, asab turg’unligi 
darajalari, qobiliyati, xizmatga yaroq- liligi, shaxsiy tarkibning xizmatdan 
qoniqganligi va xodimlar o’rtasidagi munosabatlarni aniqlash va hokazo; 

xodimlar o’rtasida xizmat intizomi va qonunchilikni buzish, o’z joniga 


81 
qasd qilish (suitsid) holatlari, xizmat faoliyati davomida yuzaga keladigan turli 
qiyinchiliklar va yo’l quyiladigan intizom buzilish sabablarini o’rganib, ularning 
oldini olish chora-tadbirlarini ishlab chiqish yuzasidan rahbariyatga takliflar 
kiritish; 

uzoq xizmat safaridan qaytgan xodimlarni xizmatga ko’nikma hosil 
qilishlariga ko’maklashish; 

ishga yangi qabul qilingan xodimlar bilan psixologik usullarni qo’llab 
suhbat o’tkazish va boshqalar. 
Bu yangilik muxandis xodimlarining kasbiy buzilishi, uning kelib chiqish 
sabablarini tugatish yo’llaridagi muhim qadamdir. xodimlarning obro’siga putur 
etkazishi mumkin. Shuning uchun kasbiy buzilishning oldini olish, unga yo’l 
qo’ymaslik bugungi kunning eng dolzarb vazifalaridan hisoblanadi. 
Muxandis xodimlari kasbiy buzilishlarining oldini olishda asosan qo’yidagi 
yo’nalishlardagi chora-tadbirlarni qo’llash tavsiya etiladi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin