86
shakllarini izlash, ijtimoiy-iqtisodiy
tashabbuskorlik, intellektual va mehnat
mustaqilligini rivojlantiradi.
Yosh avlodni ongli ravishda kasb tanlashga tayyorlashga, uni har tomonlama
barkamol rivojlantirishning shart-sharoiti sifatida qaraladi. Bu shaxsning ma’naviy,
aqliy, mehnat,
estetik va jismoniy tarbiyasi, ya’ni barcha o’quv-tarbiya jarayoni
bilan uzviy birlikda amalga oshiriladi.
Kasb tanlashga yo’llash quyidagi qismlarni o’z ichiga oladi: kasbiy axborot, kasbiy
maslahat, kasbiy tanlov va saralash, kasbiy moslashish.
Kasbiy axborot - ma’lum bir kasbni egallash xoxishi bo’lgan shaxsga, turli
mutaxassisliklarni egallashning shakl va sharoitlariga, kasbiy malakalarning o’sish
imkoniyatlariga mehnat bozorining
holati va ehtiyojiga, kasbiy qiziqishlarning
shakllanishiga, shaxsning istak va ko’nikmalariga quyilgan talablar hamda
zamonaviy kasblarning istiqboli va mazmuni to’g’risidagi ma’lumotlarni to’plash,
targ’ibot qilish chora-tadbirlaridir.
Kasbiy maslahat - kasb tanlash yoki faoliyat turini o’zgartirishda yordamga
muhtoj bo’lgan shaxsning individual-psixologik
xususiyatlari, shaxsiy fazilatlari,
kasbiy qiziqishlari,
moyilligi, sog’ligi va mehnat bozori ehtiyojlarini o’rganish
asosida psixologik-maslaxatchi bilan ilmiy tashkil etilgan o’zaro muloqot
tizimidan iborat.
Kasbiy tanlov va saralash - kasbiy faoliyatning alohida turlariga yaroqlilik
darajasini aniqlashga yo’naltirilgan shaxsning psixofiziologik xususiyatlari
(tanlash) yoki aniq bir kasbga bo’lgan psixofiziologik me’yoriy talablar (saralash)
asosida shaxsni har tomonlama o’rganish tizimidir.
moslashish - ishlab chiqarishda kasbiy faoliyatning ijtimoiy-psixologik va
tashkiliy-texnik sharoitlariga shaxsni moslashtirishga, uni muvofaqqiyatli ravishda
kasbni egallashi uchun shart-sharoitlarni yaratishga yo’naltirilgan choralarning
majmuaviy tizimidir.