Microsoft Word Kasbiy psixologiya Yulchiyeva Z



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə45/118
tarix25.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#194998
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   118
4. Kasb va kiziqish. 
Qiziqish shaxsning muhim psixologik jabhalaridan biri hisoblanib, unda 
insonning individual xususiyati bevosita mujassamlashadi. Qiziqish - insonlarning 
dunyoqarash, e’tiqodlari, ideallari, ya’ni uning oliy maqsadlari, ezgu niyatlari, orzu 
umidlari bilan bevosita bog’liq ravishda aks 
etadi. Qiziqish insonlar hayoti va faoliyatida muhim ahamiyatga ega hamda 
ularning muvaffaqiyatli kechishini ta’minlash uchun xizmat qiladi. 
Qiziqish bilimlarning ongli, puxta, barqaror, anglangan holda 
o’zlashtirishda, ko’nikma va malakalarni shakllantirishda shaxs qobiliyati, zehni, 
uquvchanligi rivojlanishiga, olamni mukammalroq tushunishga, bilim saviyasini 
kengayishiga yordam beradi. Qiziqish motiv singari borliqning mo’’jizakor 
tomonlarini bilishga, fan asoslarini egallashga, faoliyatning turli-tuman shakllariga 


104 
nisbatan ijodiy yondashishni vujudga keltiradi. Mehnatga, ta’limga ma’suliyat 
bilan munosabatda bo’lishni shakllantiradi, 
har qaysi yakka hol (individual ) shaxsda ishchanlik, g’ayrat-shijoat, egilmas 
irodani tarkib toptirishga puxta psixologik shart-sharoitlar yaratadi. 
Qiziqishning psixologik moxiyatidan kelib chiqqan holda yondashilganda, 
qiziqish foyda va manfaatni bildirib, insonda intilish, faollik ichki turtki, ehtiyojni 
ruyobga chiqarish manbai rolini bajaradi. 
Jahon psixologiya fanining yirik namoyondalari shaxsning qiziqishini uning yaxlit 
ruhiy dunyosi bilan, binobarin, odamning aqliy faoliyati, bilish jarayonlari, irodasi, 
xarakteri, temperamenti, xissiyoti, qobiliyati bilan, umuman olganda inson 
tuzilishining barcha qirralari bilan bog’liq tarzda tushuntirishga harakat qilganlar. 
Qiziqish 
muammosi 
psixologik 
nuqtai 
nazardan 
N.A.Ribnikov, 
N.F.Dobrinin, 
N.D.Levitov, 
M.F.Belyaev, 
L.A.Gordon, 
L.I.Bojovich, 
N.G.Morozova, M.G.Davletshin, M.Voxidov, V.A.Tokareva, E.R.Roziev va 
boshqalarning nazariy metodologik xususiyatga ega bo’lgan asarlarida va maxsus 
eksperimental tadqiqotlarida rivojlantirildi. 
Hozirgi zamon psixologiyasida qiziqish ob’ektiv borliqning insonlar ongida 
sub’ektiv tarzda aks etish shakllaridan biri sifatida tan olinadi. Qiziqish shaxsning 
muayyan voqelikdagi, ma’lum vaziyatdagi turli narsa va hodisalarga tanlab 
munosabatda bo’lishga, insonning o’ziga xos qaror qabul qilishida, o’zini – o’zi 
nazorat eta bilishida, maqsadga intiluvchanligida, 
yuzaga kelgan ob’ektiv va sub’ektiv to’siqlarni engishida ifodalanadi. 
Psixologiya fanining yirik namoyondalarining ta’limoticha, qiziqish 
odamlarning ehtiyojlari negizida yuzaga keladi, yaqqol ijtimoiy tarixiy shart-
sharoitda, vaziyatda vujudga keladi, shakllanadi, barqarorlashib boradi hamda 
ularning shaxsiy turmush sharoitida va faoliyatda, ijtimoiy ishlab chiqarishda 
qatnashishi singari omillarda gavdalanadi. Umumiy talqinlarga asoslanib, 
mulohaza bildirilganda, qiziqish alohida jarayon, ma’lum psixologik funktsiya 
emas, chunki u his-tuyg’u, iroda, ong, qolaversa, jamiki psixik holatlar, hodisalar 


105 
va ichki kechinmalarning o’zida mujassamlashtirgan, murakkab tizimli ruhiy 
voqelikdir. 
Qiziqishning psixologik mohiyatining dastlabki ko’rinishi — bu uni odamlar 
tomonidan anglab etishi yoki tushunish imkoniyatidir. Shaxs qiziqish mahsulini, 
uning oqibatini anglash, tasavvur etish orqaligina ob’ektiv borliqdagi narsa va 
hodisalarga ongli, tanlab munosabatda bo’ladi. Lekin, bu voqelik (anglash, 
tushunish) insonda birdaniga sodir bulmaydi, balki 
muayyan vaqt davomida unda bilish jarayonlari, shaxsiy fazilatlari, individual-
tipologik xususiyatlari rivojlanishi tufayli yuzaga keladi. Shuni alohida ta’kidlab 
o’tish joizki, qiziqishning psixologik mohiyati namoyon bo’lishida aqliy jarayonlar 
muhim ahamiyatga egaligi hodisasi qayd qilinishi u faqat intellektdan tashkil 
topadi, degan ma’no anglatmaydi, albatta. 
Xuddi shu boisdan, qiziqishni psixologik moddiyatining ikkinchi ko’rinishi 
— uning his-tuyg’ular, emotsional holatlar bilan uyg’unlashgan, 
mujassamlashgan tarzda ifodalanishidir. Ma’lumki, his — tuyg’ular, shuningdek, 
emotsional holatlar (emotsional ton, kayfiyat, shijoat, ehtiros va 
boshqalar) shaxsning borliqdagi aniq voqelikka, narsa va hodisalarga, muayyan 
faoliyatga nisbatan intilishni, sa’i-harakatlarni kuchaytiradi, jadallashtiradi, 
safarbarlikni ob’ektga yo’naltiradi. Inson o’z shaxsiy qiziqishini qondirgandan 
keyin unda yokimli xis-tuyg’ular uyg’onadi, ruhiy qoniqish esa o’z navbatida 
lazzatlanish (praksik) hisni vujudga keltiradi. 
Aksincha, narsaga, hodisaga, faoliyatga qiziqish muvaffaqiyatsizlik bilan 
yakunlansa, u holda noxush kechinmalarni yuzaga keltiradi, buning natijasida 
frustratsiya (ruhi tushish) uning shaxsiyatini egallaydi. Qizikishni psixologik 
moxiyatining uchinchi ko’rinishi — uning irodaviy sifatlari bilan yoki iroda akti 
bilan umumlashgan tarzda vujudga kelishidir. Irodaviy zo’r berish, muayyan qaror 
bo’yicha intilish, ba’zi qiyinchiliklarni engish, mustaqillik namoyon qilish 
qiziqishni qaror toptiradi, shaxsni maqsad sari etaklaydi. 
Qiziqishni psixologik mohiyatining to’rtinchi ko’rinishi — uni oliy asab 
faoliyati xususiyatlari va temperament tiplari bilan birga mujassamlashgan holda 


106 
namoyon bo’lishidir. Qiziqishning asab-fiziologik mexanizmlari to’g’risida 
mulohaza yuritilganda, dastavval rus olimi I.P.Pavlovning oliy asab faoliyati 
haqidagiqta’limotini ta’kidlab o’tish joiz. Uning «bu nima?» refleksi, ya’ni orientir 
(mo’ljal olish) refleksi 
qiziqishning moddiy negizini tushuntirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
I.P.Pavlov va uning shogirdlaridan keyin P.K.Anoxin, N. A. Bernshteyn, 
B.M.Teplov, B.C.Merlin, V.D.Nebilitsin va boshqalar insondagi qiziqishning asab-
fiziologik mexanizmlarini bosh miya katta yarim sharlari 
po’stlog’ida orientir refleksi negizida murakkab muvaqqat bog’lanishlarining 
vujudga kelishidir, degan yo’sinda talqin qilganlar. Qiziqishning moddiy 
asoslari o’zaro induktsiya qonuni, po’stloqdagi optimal 
qo’zg’alish o’chog’i va dinamik stereotiplar (I.P.Pavlov), dominanta 
(A.A.Uxtomskiy), 
orientir 
murakkab 
psixofiziologik 
hodisa 
ekanligi 
(E.N.Sokolov) va boshqalar bo’lib hisoblanadi. 
Hozirgi davrda qiziqish shaxsning individual psixologik xususiyatidan 
iboratdir, degan xulosa odatiy narsaga aylanib qoldi. Shunga qaramasdan, ba’zi 
manbalarda qiziqish — muayyan soha bo’yicha to’g’ri mo’ljal olishga, yangi 
omillar bilan tanishishga, voqelikni to’la va chuqur aks ettirishga yordam 
beradigan motivdir, degan ta’rifga ham egadir. Shunga mutanosib tarzda qiziqish, 
bilish jarayoni tusini kashf etadigan, ijobiy his-tuyg’ularga yo’naltirilgan ob’ekt 
bilan chuqurroq tanishishga, u haqda ko’proq ma’lumotga ega bo’lish, uni 
moddiyatini anglab etishga nisbatan shaxsning istagida namoyon bo’ladi. 
Shuni alohida ta’kidlash lozimki, shaxsning ishtiyoqini qondirishga 
yo’naltirilganligini aks ettiruvchi qiziqishning qondirilishi, hech qachon uning 
so’nishini ifodalamaydi, aksincha ob’ektning noma’lum qirralarini aniqlashga 
nisbatan intilish davom etaveradi. Shu bilan birga qiziqishlar 
bilishning uning jarayonlari funktsional holatining doimiy qo’zg’atuvchi 
mexanizmi sifatida vujudga keladi va aks ettirishda davom etadi. 


107 
Psixologiyada qiziqish quyidagi turlarga ajratilishi mumkin: 1) mazmuniga 
ko’ra; 2) maqsadiga binoan: bevosita va bilvosita; 3) ko’lamiga qaraganda: keng va 
tor; 4) qiziqishlar darajasi bo’yicha: barqaror va beqaror va boshqalar. 
Qiziqishlarning mazmun jihatidan o’zaro tafovutlanishi quyidagilarda 
mujassamlashadi: bilish extiyojlarining ob’ektlari, bilishning mazkur faoliyat 
maqsadi bilan mutanosibligi, shaxsning yashayotgan muhitiga nisbatan munosabati 
kabilar. Shaxsda nimalarga nisbatan qiziqish uyg’onadi, uning bilish extiyojlari 
ob’ektining ijtimoiy qiymati qanday ahamiyat kasb etadi? Insonning shaxsiy 
qiziqishi kelib chiqishiga ko’ra birlamchi bo’lishiga qaramasdan, u bir davrning 
o’zida ijtimoiylik xususiyatini kasb etaveradi. Uning kasbiy faoliyatiga nisbatan 
qiziqishi oxir oqibatda jamiyat uchun naf keltirishi, ravnaqi uchun 
qiymatlidir.
Ijtimoiy xususiyatli qiziqishlarning paydo bo’lishi shaxsiy ahamiyat kasb 
etish sari etaklashi muqarrar. Chunki, umumiylik (ijtimoiylik) bilan 
xususiylik (shaxsga oidlik) uyg’unlashgan holda hukm suradi va ular doimo o’rin 
almashtirib turishadi. Shaxs o’z qiziqishi tufayli biron-bir narsani kashf etsa, 
individual ehtiyojini qondiradi, shuningdek, jamiyat, jamoa uchun ishlab 
chiqarishni takomillashtirishga bu narsa xizmat kiladi. Shu boisdan jamiyatning, 
jamoaning eng dolzarb vazifalaridan biri —yoshlarning mustaqil, faol bilishga, 
ijtimoiy ahamiyatga moyillik, mexnat faoliyatiga nisbatan qiziqish uyg’otishdan 
iboratdir. Toki ularda jiddiy, 
sermazmun, jamiyat tomonidan rag’batlantiriluvchi, mehr-muhabbatga sazovor 
qiziqishlar shakllansin. 
Qiziqishning maqsad jihatidan farqi bevosita va bilvosita namoyon 
bo’ladigan qiziqishlarning mavjudligini aniqlaydi. Bevosita qiziqishlar 
voqelikning, jismlar va hodisalarning emotsional jozibaliligi, his-tuyg’ularga ega 
bo’lishligi, tashqi ta’sirlarga beriluvchanligi tufayli vujudga keladi. 
Bevosita qiziqishlar o’rganilayotgan narsaning ma’nosi bilan uning shaxs 
faoliyati uchun ahamiyati mos tushgan taqdirda paydo bo’lishi mumkin. Shuning 
uchun psixologiyada bevosita qiziqishning yuzaga kelishini faoliyatning maqsadini 


108 
anglash bilan bog’liq bo’lgan bilishni ehtiyoj deb atash qabul qilingan. Mehnat va 
o’qish faoliyatida hamma his-tuyg’uga, jozibaga tayanib ish tutish imkoniyati 
mavjud bo’lmasligi sababli jismoniy va aqliy meg’natni ongli idora kilishda 
muhim ahamiyat kasb etadigan bevosita qiziqishlarni tarkib toptirish masalasi 
ishlab chiqarish hamda ta’lim tizimi oldida turgan muhim vazifa hisoblanadi. 
Shunday qilib, u yoki bu narsalarni (hodisalar moddiyatini) bilish, ko’rish, 
idrok etish, anglab etish uchun qiziqarli tuyulgan ichki kechinmalar bevosita 
qiziqishni aks ettiradi. Bilvosita qiziqishlar mehnat faoliyati yoki ta’lim olish 
jarayonining muayyan ijtimoiy ahamiyati bilan uning shaxs uchun sub’ektiv 
ahamiyati o’zaro mos tushganda bilvosita qiziqish yuzaga keladi. Binobarin, shaxs 
mazkur jarayonda bu narsalar meni qiziqtirgani uchun juda qiziqarlidir, degan 
xulosaga keladi. Mehnat faoliyati va ta’lim jarayonini ongli tashkil etishda etakchi 
va ustuvor rol o’ynaydigan bilvosita qiziqishlarni tarkib toptirish uchun maxsus 
treninglarga, omilkor yo’l- yo’riqlarga o’rgatish maqsadga muvofikdir. 
Qiziqishlar o’zlarining darajasiga qarab barqaror va beqaror turlarga 
ajratiladi. Barqaror qiziqishga ega bulgan shaxs uzoq vaqt davomida yoqtirgan 
predmetlariga, ob’ektlariga, hodisalarga nisbatan o’z maylini hech o’zgarishsiz 
saklab tura oladi. Shu boisdan inson ehtiyojlarini o’zida mujassamlashtiruvchi, 
shaxsning ruhiy fazilatiga aylana boshlagan qiziqishlar barqaror qiziqishlar 
deyiladi. Barqaror qiziqish odam qobiliyatining rivojlanganligidan darak berishi 
mumkin. Ana shu nuqtai nazardan olib qaraganimizda, mazkur qiziqish tashxis 
qiluvchanlik xususiyatiga ega. Birok, insonlarda barqaror qiziqishning mavjud 
yoki mavjud emasligini aniqlash uchun ularning mehnat faoliyati va o’quv 
jarayonini qiziqishlarining tashqi ifodasini atroflicha o’rganishga to’g’ri keladi. 
Odatda qiziqishning tashqi ifodasi shaxsning o’ziga o’zi baho berishi, o’zini o’zi 
tahlil kilishi faoliyatlarida namoyon buladi. Barqaror qiziqish to’g’risida mulohaza 
yuritilganda, uning boshqa tarkibiy qismlari va qirralarini hisobga olish lozim, 
chunki bu narsa ko’p jihatdan shaxsning irodaviy sifatlari, xarakterining 
vazminligiga bog’liq. 


109 
Qiziqishning barqarorligi uning nisbatan jadal tarzda namoyon bo’lishi 
hamda uzoq davom etishi bilan ifodalanadi. Shaxsning zaruriy ehtiyojlarini yuksak 
darajada aks ettiradigan, shuningdek, uning psixologik tuzilishiga xos xislatlarga 
aylanib boradigan qiziqishlari barqaror qiziqish deyiladi. 
Barqaror qiziqish qobiliyatning bir ko’rinishiga o’xshash bo’lib, maqsadga 
yo’nalganligi bilan muhim ham individual, ham ijtimoiy ahamiyatga, qiymatga 
egadir. Qiziqishlarning ba’zi holatlarda beqaror bo’lishi insonlarning yosh, jins, 
tipologik xususiyatlariga bog’liqdir. Bunday toifadagi odamlarda qiziqishlar 
g’oyatda ehtirosli kechadi, biroq qisqa muddatli bo’lishi mumkin. Masalan, bir 
vaqtning o’zida ular bir nechta fanlarga, tabiat hodisalariga qiziqadi, barcha 
narsaga ishtiyok, bilan kirishib muammo mohiyatiga chukur kirib bormasdan, 
boshqa holatlar bilan mashg’ul bo’lib ketadilar. Bunday xususiyatli shaxslar 
mashg’ulotlarga tez kirishadi va shunday yo’sinda so’nib turadi ham. Qiziqishlar 
salohiyatli voyaga etgan odamlarning, yoshlarning uz iste’dodlarini maqsadga 
yo’naltirilgan tarzda amalga oshishini ta’minlaydi. 
Shaxslardagi qiziqishlarni rivojlantirish va barqarorlashtirish uchun ularning 
negizini tashkil etadigan faoliyat bilan mashg’ul bo’lishga, maqsadga muvofiq 
ravishda shug’ullanishga, mayl uyg’otishga puxta zamin hozirlash zarur, toki 
qiziqishlar motiv, ehtiyoj, e’tiqod funktsiyasini bajarishga aylansin. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin