Microsoft Word Kasbiy psixologiya Yulchiyeva Z



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/118
tarix25.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#194998
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   118
Yaponiya
ning ham kasb tanlashga yo’llash o’ziga xosligi mavjud. Kasbga 
yo’naltirishni tashkil etish ta’lim tizimining o’ziga xos jihatlari bilan bog’liqdir. 
Yaponiyada ta’limning asosiy maqsadlaridan biri bu – o’quvchilarni kasbga 
tayyorlashda, o’quvchilarni kasbiy rivojlanishga o’rgatish, kelajakdagi, shaxsiy 
fazilatlariga mos va o’zlari qiziqqan kasbiy rivojlanish yo’llarini to’g’ri tanlay 
olish qobiliyatini o’stirish hisoblanadi.
S.Fukuyama tomonidan o’quvchilarni kasbni tanlashga tayyorligini 
shakllanishini baholovchi test ishlab chiqilgan. Bu test "B-test" (Rikiuata test) deb 
nom olgan. Muallif kasb tanlashning uchta asosiy omillar belgilaydi:
a) o’z-o’zini tahlil qilish,
b) kasblarni tahlil qilish,
c) professional sinovlar (o’zini kasblarda sinab ko’rish).
O’z-o’zini tahlil qilish – o’quvchilar o’z xarakterini, intellektual qobiliyatini, 
mahoratini, jismoniy kuchini aniqlash imkonini beradi. Mazkur tahlil, (pedagog, 
psixolog, ota-onalar) kuzatuvi, o’rganishi va ularning baholari natijasida o’quvchi 
o’ziga bergan baholarini hisobga olgan holda o’z vaqtida to’g’ri yo’nalishda ish 
olib borishlariga sabab bo’ladi. Kasblarning tahlili – turli kasblarning 
xususiyatlarini va xodimlarga qo’yiladigan talablarni ochib beradi. Kasbiy sinovlar 
– o’quvchilarga mazkur kasbda tajriba orttirish hamda qobiliyati va ko’nikmalarini 
uning tabiatiga mosligini aniqlash imkonini beradi.


96 
Har yili yapon yoshlari tanlov asosida inson bilan o’zaro bog’liq bo’lgan 
(texnika, tabiat, belgilar tizimi, badiiy obraz) mehnat faoliyatlarida ishtirok 
etadilar. Maktab o’quvchilari bir yilda 16 marta, uch yil davomida 48 marta o’z 
bilim va ko’nikmalarini sinab ko’rish imkoniyatiga ega bo’ladilar. “B-test” 
dasturida – o’z-o’zini kasbiy sinovlar va ular tomonidan qo’lga kiritilgan 
professional tajribalari qayd etilib boriladi. O’z-o’zini kasbiy sinovlar natijasida 
o’quvchilar, tanlagan kasb bo’yicha tayyorgarligi hamda mazkur kasb, xodimga 
qo’yadigan talablari bilan tanishganlik va bilim, ko’nikmalarga egalik darajasini 
hisobga olgan holda o’zining individual xususiyatlarini, manfaatlari va 
intilishlariga solishtirish imkonini beradi.
Rossiya
ning kasb tanlashga yo’llash ishlaridagi tajribalari ham o’ziga xosligi bilan 
ajralib turadi. Rossiyaning ta’lim tarixida yoshlarni kasb tanlashga tayyorlash 
muammosini tadqiq etishga alohida e’tibor qaratilgan va qaratilib kelmoqda. 
Boshqa mamlakatlarda bo’lgani kabi, Rossiyada ham kasb tanlash muammosi 
ijtimoiy mehnatning taqsimlanishi va kasblar paydo bo’lishi bilan birga yuzaga 
kelgan. Lekin, XIX asr oxiriga qadar, kasb tanlashga ilmiy muammo sifatida 
e’tibor qaratilmagan, chunki odatda yoshlar o’z qiziqish yoki qobiliyatlarini 
hisobga olmay, ota-onalari kasbini tanlashga moyil bo’lganlar. Kasb tanlash 
jarayoniga ilmiy nuqtai nazarda e’tibor qaratilmagan. Shu bilan birga yoshlarga 
kasb tanlashga tayyorlash faoliyatlarini olib boruvchi tashkilotlar ham bo’lmagan.
Bu holat, sanoat ishlab chiqarishning jadal rivojlanishi va ko’plab yangi ish 
o’rinlari hamda tor doiradagi mutaxassisliklar paydo bo’lgunga qadar davom 
etgan. Rossiyada kasb tanlashga yo’llash ishlariga, asosan XX asr boshida e’tibor 
qaratila boshlagan.
Bu davrga kelib, kasb tanlashga yo’llash xizmatining keng tarmog’i ochildi, 
kasb tanlashga yo’llash byuro va laboratoriyalar hamda turli ilmiy-tadqiqot 
institutlarida kasba yo’naltirish metodologik muammolari bilan shug’ullanuvchi 
psixotexnik laboratoriyalar tashkil etila boshlagan, ilmiy-tadqiqotlar metodlari 
rivojlantirildi, kasb tanlashga yo’llash testlari ishlab chiqildi hamda kasbni 
mutaxassisga qo’yiladigan talablari o’rganila boshlandi.


97 
Ko’proq e’tibor, maktablardagi kasb tanlashga yo’llash ishlariga, ayniqsa, 
tarbiyaviy ishlarga qaratildi. Ko’pchilik o’qituvchilar o’qitayotgan o’quv fanlari 
orqali kasb tanlashga yo’llash ishlarini amalga oshirganlar. Yoshlarni kasbni 
mustaqil tanlashga tayyorlashni nazorat qilish uchun qisqa muddatli o’quv kurslari 
tashkil etilgan. Pedagogika institutlari ayrim bo’limlari (pedagogik va 
psixotexnik)da talabalarni kasb tanlashga yo’llash maxsus tayyorgarlik ishlari 
boshlangan.
Keyingi yillarda, o’quvchilarni kasbga yo’naltirishga e’tibor oshdi, kasb 
tanlashga yo’llash nazariyasi va amaliyoti yuzasidan tadqiqotlarni kuchayganini 
kuzatish mumkin. Uning quyidagi asosiy komponentlarini ishlab chiqildi: kasbiy 
tarbiya, kasbiy ta’lim, kasbiy maslahat, kasbiy tanlov, kasbiy moslashish. 
O’quvchilarni mustaqil ravishda kasb tanlash muammolarini hamda kasb tanlashga 
yo’llash shakl va metodlari tadqiq etildi. Maktab va korxonalar hamkorligini 
mustahkamlash hamda mehnat ta’limini rivojlantirish chora-tadbirlar ishlab 
chiqildi (E.F.Zeer, E.A.Klimov, N.S.Pryajnikov, S.N.Chistyakova, N.F.Rodichev, 
E.O.Cherkashin va boshq.).
XX asr 70-yillarning oxiriga kelib, maktablar va maktabdan tashqari bolalar 
ta’lim muassasalarining asosiy faoliyati kasb tanlashga yo’llash va kasblar haqida 
ma’lumotlar yig’ish, kasb tanlash imkoniyatlari va bandlikni ta’minlashdan iborat 
bo’lgan. Maktablarda kasb tanlashga yo’llash ishlarini tashkil etish uchun 
pedagogik kadrlarni tayyorlash tizimi tashkil etildi, kasb tanlashga yo’llash 
doirasidagi ilmiy tadqiqotlar soni ortdi, muntazam ravishda natijalar aks etgan 
ilmiy anjumanlar, simpozium, seminarlar o’tkazildi.
1980 yillarga kelib kasb tanlashga yo’llash ishlari davlat darajasiga 
ko’tariladi. Mehnat davlat qo’mitasi xuzurida, kasbiy maslaxat punktlaridan iborat 
keng tarmoqli bo’linmalariga ega bo’lgan xududiy kasb tanlashga yo’llash 
markazlari tashkil etildi. Maktabning kasb tanlashga yo’llash tizimini 
rivojlantirishda o’quv-uslubiy xonalar muhim rolni o’ynadi.
XX asrning 90 yillarda Rossiyani bozor iqtisodiyotiga o’tishi, kasbni 
mustaqil tanlash tushunchalari o’zgarishiga olib keldi, fukarolar orasida kasbiy 


98 
faoliyatini qayta-qayta o’zgartirish ehtimoli oshdi. O’zgarishlar kasb tanlashga 
yo’llash siyosatiga o’z ta’sirini ko’rsatdi. Insonlarning ehtiyojlari va qiziqishlari 
kasb tanlashga yo’llash ishlarga bog’liq bo’lib qoldi. Ilm-fan va amaliyot kasb 
tanlashga yo’llash muammolarining yangi echimlarini topish vazifasiga duch keldi. 
1990 yilda, S.N.Chistyakova rahbarligida “Maktab–mehnat–kasb”, shaxsning 
rivojlanish qonunlariga, uning qiziqishlari va ehtiyojlariga asoslanib o’quvchilarni 
kasb tanlashga yo’llash tizimining yangi yondashuvlarni ishlab chiqish uchun 
“Vaqtinchalik ilmiy-tadqiqot jamoasi” tashkil etildi.
Rossiyaning 2002 yilda joriy etilgan maxsus maktablar o’quvchilari 
tomonidan kasbni mustaqil tanlashga tayyorlash doirasida olib borilayotgan ishlar 
sezilarli darajada ta’sir etdi. Maxsus kasbiy yo’naltirishni maktabgacha va 
boshlang’ich ta’limiga ham kiritish mumkin bo’ldi.
Kasbga yo’naltirishning asosiy bosqichi umumiy ta’limning asosiy bosqichi 
bilan bir vaqtga to’g’ri keladi. O’quvchilar ta’lim olish yo’nalishni tanlash 
bo’yicha qaror qabul qiladilar hamda maxsus kasbiy ta’limni o’zlashtiradilar, 
shuningdek, psixologik-pedagogik va shaxsiy diagnostikaga ega bo’ladilar. 
O’quvchilarda qabul qilgan shaxsiy qarorlariga nisbatan xurmati shakllanadi, 
chunki u orqali yuqori sinfda maxsus kasbiy ta’limni olishga qaror qabul qiladi.
Maxsus kasbiy yo’naltirishning yakuniy bosqichi umumiy ta’limning yuqori 
sinflarida amalga oshiriladi, natijada, o’quvchida ta’limni yoki maktabdan keyingi 
kasbiy faoliyatni davom ettirishga qaror shakllanadi.
Kasbga yo’naltirishga maxsus tayyorgarlik ishlari: ta’limni yoki ish faoliyatini 
davom ettirishni tanlashda yordam ko’rsatish, kasblar olami bilan tanishish, 
mehnat bozorida talab va ehtiyojlari haqidagi axborotlar bazasi bilan ishlash kabi 
tadbirlarni o’z ichiga oladi.
Xalqaro tajribalarni o’rganish davomida kasbga yo’naltirishning mazmuni 
va tahliliga ham alohida e’tibor qaratildi. Yoshlarni kasbga yo’naltirishning bir 
qator yo’nalishlari mavjud, bular: tahliliy yo’nalish, ta’limiy yo’nalish, shaxsga 
yo’naltirilgan yo’nalish, shakllanayotgan yo’nalish, rivojlanayotgan yo’nalish, 
uning (qiymatli, mintaqaviy, insonparvarlik va boshq.) jihatlari kabilardir.


99 
Tahliliy yo’nalish - ish faoliyatda foydalanish uchun tahlil vositasi 
yordamida aniqlanadigan shaxsning qiziqish va qobiliyatlarini e’tibor olgan holda 
kasb tanlashga yo’llashishini olib boradi.
Yoshlarni kasbga yo’naltirishda tarbiyaning o’rni beqiyos chunki, tarbiya 
insonni tashqi ta’sirlarga bo’lgan munosabatlariga asoslangan. K.Roberte, 
D.Syuper va boshqalar “har kimni har qanday kasbga o’rgatish mumkin, faqat 
uning uchun, samarali usulni tanlash zarur” - deb hisoblaydilar. Shuning uchun, 
yoshlarni o’qitishda, asosiy vazifa shaxsning individual xususiyatlarini o’rganish 
va o’qitish uchun optimal sharoitlarni tashkil etish lozim. Bu olimlarning fikriga 
ko’ra kasb tanlashga yo’llash o’quv jarayonining ajralmas qismi bo’lishi kerak. 
Kasbga yo’naltirishning tarbiyaviy yo’nalishi o’quvchining ijtimoiy kelib 
chiqishidan qat’iy nazar, kasb tanlashda va berilgan imkoniyatlardan foydalanishda 
mustaqil qaror qabul qila olishiga o’rgata olishi lozim.
Kasbga yo’naltirishning bunday yondashuvi shaxs qobiliyatlarini 
rivojlanishiga olib keladi. Lekin, u differentsial ruhiy fiziologiya nazariyasi va 
amaliyotida olingan ma’lumotlarni inkor qiladi. Odamlar orasidagi mavjud tabiiy 
va kam o’zgaruvchan individual farqlar bir xil kasblarda chidamlilikni 
shakllantirishiga yoki boshqalariga esa bajara olmas to’siq bo’lishi mumkin.
Kasbga yo’naltirishda insoniylik xissini uyg’otishda, o’quvchining 
insonparvarlik tushunchasining umumiy tamoyillariga asoslaniladi.
Kasbga yo’naltirishning rivojlanishi, kasbni to’g’ri tanlanishini belgilovchi 
omildir. Bu esa, kasb tanlovchini muhim hayotiy va kasbiy vazifalarini hal etish 
jarayonida faol bo’lishini talab etadi. Kasbga yo’naltirishning asosiy maqsadi
o’quvchi tomonidan kasbni mustaqil tanlashda uning psixologik tayyorgarligini 
shakllantirishni jadallash-tirishdir.
Amaldagi kasb tanlashga yo’llash ishlarida diagnostika va tarbiya 
masalalarida uzluksizlik mavjud bo’lsada, haligacha bu sohada olimlar o’rtasida 
nazariy va amaliy ishlanmalar yuzasidan muhokamalar to’xtamagan.
Kasbni mustaqil tanlashga tayyorlash jarayoniga, ta’lim jarayoni sifatida qaralishi 
kerak. Kasbni mustaqil tanlashga tayyorlashni shakllantirishda, kasb tanlovchini 


100 
ongli va asoslangan kasbiy faoliyat turini tanlash imkonini beruvchi motivatsion 
munosabatini, kobiliyatni, muhim shaxsiy fazilatlarini ifoda etish va 
rivojlantirishga o’rgatish kerakki, shu orqali kasb tanlovchining o’zining shaxsiy 
ichki resurslarini ishga tushurish bilan o’zining kasbiy faoliyatini olib bora olsin. 
Yuqoridagi ma’lumotlardan kelib chiqqan holda rivojlangan mamlakatlarda 
o’quvchilarni kasbga yo’naltirishga katta e’tibor qaratiladi, deb xulosa qilish 
mumkin. Shu bilan birga, kasb tanlashda, mehnat bozori sharoitida o’zini-o’zi 
baholay olish qobiliyatiga hamda etarli darajada raqobatbardosh bo’lishga intilish 
ustuvor vazifa hisoblanadi. Xorijiy mamlakatlardagi kasb tanlashga yo’llash 
sohasidagi muammolarini o’rganganimiz, bizga, o’tmishdan qolgan va hozirgi 
kundagi an’analarimizni, tajribalarimizni qaytadan ko’rib chiqish, tahlil qilish 
hamda o’quvchilarni kasbga yo’naltirishga va o’qituvchilarni bu jarayonni 
boshqarishga tayyorlashga bo’lgan qarashlarimizning o’zgarishi dinamikasini 
kuzatish imkonini beradi.
Xorijiy mamlakatlar kasb tanlashga yo’llash tajribalari shuni ko’rsatib 
turibdiki, aksariyat mamlakatlarda hozirda ta’limni insonparvarlashtirish 
tendentsiyasi 
keng 
tarqalgan. 
Ta’lim 
tizimlari 
pragmatik, 
dinamik, 
moslashtirilganligi bilan farq qilmoqda. Ko’p mamlakatlarda, ta’lim 
modernizatsiyalashishi 
nafaqat 
ta’lim-tarbiyaning 
strukturasiga 
balki, 
o’quvchilarni kasb tanlashga tayyorlash tizimiga ham ta’sir qilgan.
Xorijiy davlatlar tajribasida kasb tanlashga yo’llash va bandlikni 
ta’minlashga, kasb haqida ma’lumot va maslahat berish, kasbni o’quvchi 
tomonidan tanlashga tayyorlash, uning bandligini ta’minlash va mehnat faoliyatiga 
moslashuvi (adaptatsiyasi)ni ta’minlovchi jarayonlarni o’z ichiga oluvchi yagona 
kompleks sifatida qaralmoqda. Xorijiy olimlarning mazkur kompleksning qismlari 
haqidagi fikrlari shuni ifodalaydiki, o’quvchining o’qishdan mehnat faoliyatiga 
o’tishi - natijaviy harakatdir.
Xalqaro hamjamiyat tomonidan to’plangan tendentsiyalar va yoshlarni kasb 
tanlashga yo’llash tajribalari, bizning ta’lim tizimimiz qiziqishini uyg’otmoqda 


101 
hamda hozirda joriy etish bo’yicha tajribalar va chora-tadbirlar belgilash maqsadga 
muvofiq ekanligini anglatmoqda.
Jahonning yoshlarni kasb tanlashga yo’llash tajribasidan kelib chiqib, kasbga 
yo’naltirishda diagnostik yo’nalishining asosiy maqsadi bolaning tug’ma 
salohiyatini tashxis qilishdan iborat, shuning uchun o’quvchiga o’z ustida ishlash 
sharoitini yaratish lozim.
Shaxsni ijtimoiylashuvini rivojlantirish asosida turmush tarzini tanlashga, 
yoki oddiy qilib aytganda maktab o’quvchilarini kasbni mustaqil tanlashga 
tayyorlash jarayoni takomillashtirilsa, shundagina kasb tanlashga yo’llash ishlari 
shaxsga yo’nalgan bo’ladi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin