Microsoft Word Kasbiy psixologiya Yulchiyeva Z



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə59/118
tarix25.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#194998
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   118
3.
 
Professional faoliyatni tashkil etish sohasida: 
– 
har bir xodimni tanlash va ishga tayinlashda qiziqishlarini inobatga olish

xodimlarga aniq vazifalar, topshiriqlar berish, ularning bajarilishi uchun 
barcha chora-tadbirlarni ko’rish; 

xodimlarga hamkasblar bilan muomala qilish madaniyatini, ruhiy aloqa 
o’rnatish mahoratini o’rgatish; 

xizmat vazifasini bajarishda ishga ijodiy yondashuvchi, chigal 
masalalarning echimini tezlikda topuvchi, muammolarni hal qilishda ilm-fan 
yutuqlaridan unumli foydalanuvchi xodimlarni taqdirlash, izzat-hurmatini joyiga 
qo’yish; 

qo’l ostidagilarni o’z ishini o’zi tahlil qilishga, o’zini o’zi nazorat 
qilishga o’rgatish; 

xodimlarning bo’sh vaqtlaridan samarali foydalanishlari uchun, oilasining 
tinchligi, hayotining sermazmun bo’lishi uchun g’amxo’rlik qilish; 

o’zgalarga ruhiy ta’sir o’tkazish usullarini amalda qo’llash- ni o’rgatish 
va xodimni janjalli va qo’rqinchli vaziyatlarda ishlashga ruhiy jihatdan tayyorlash 
ishlarini amalga oshirish; 
– jismonan chiniqtirish va chidamliligini oshirish. 
4.
 
Tarbiyaviy ishlarni amalga oshirish sohasida: 
– 
xodimlarda ilmiy dunyoqarashni, axloqiy-huquqiy e’tiqodni, g’oyaviy-
siyosiy madaniyat va irodaviy xislatlarni, qisqacha aytganda, milliy istiqlol 
mafkurasini shakllantirish; 


142 

ularni tanqid va o’z-o’zini tanqid ruhida tarbiyalash

iroda va xarakter kuchini chiniqtirish; 

jinoyatchilar dunyosining ta’siriga qarshi tura olish qobi- liyatini hosil 
qilish; 

xizmatda va turmushda shaxsiy namuna orqali ta’sir ko’rsa- tish; 

tarbiyalash 
jarayonida 
o’rgatish va majburlash,
rag’batlan- tirish va jazolash usul va vositalaridan unumli foydalanish; 

jamoada sog’lom ruhiy muhitni vujudga keltirish; 

qo’l ostidagilarning yashash sharoitlarini, dam olishini yaxshilash 
borasida g’amxo’rlik qilish; 

tarbiyaning barcha turlarini, usul va vositalarini, prin- tsiplarini birga 
qo’shib olib borish, ayniqsa, huquqiy va axloqiy tarbiyaning uzviy birligiga 
asosiy e’tiborni qaratish; 

xalqimizning asrlar osha yashab kelgan an’analari, urf- odatlari va tili 
bilan bog’liq qadriyatlardan tarbiya jarayonida milliy g’ururni o’stirish va milliy 
ongni shakllantirishda unumli foydalanish. 
Xulosa o’rnida shuni aytish mumkinki, muxandis xodimlar kasbiy 
buzilishlarining oldini olish asosan ikki yo’nalishda, ya’ni umumiy chora-tadbirlar 
va bevosita chora-tadbirlarni qo’llash asosida olib boriladi. 
Shunday ekan qonunga bo’ysunish yuksak huquqiy onglilik, jamiyat va 
davlat manfaatlarini chuqur tushunib etish, ijtimoiy burch, ya’ni o’z qilmishlari 
uchun davlat oldida javobgarlik tuyg’usi bilan uzviydir. Qonunlarga itoatkor har 
bir fuqaro qonunlarning talablari jamiyatning yuksak manfaatlarini ifoda 
etishini, huquqiy qonunlarga rioya qilish faqat xalq manfaatlariga emas, balki 
uning o’z manfaatlariga ham xizmat qilishini yaxshi tushunadi. Mazkur ma’noda 
qonunlarga itoat qilishni xalq birligi va kuch-qudratining manbai deb atash 
mumkin.


143 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin