Microsoft Word Kasbiy psixologiya Yulchiyeva Z



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə61/118
tarix25.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#194998
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   118
Tibbiy kasbiy tanlov
tibbiy muolajalar orqali amalga oshiriladi: inson 
organizmining rivojlanishi, shakllanishi aloxida funksional tizimlarni 
tekshirish orqali amalga oshadi.

Fiziologik tanlov
-insonning funksional holatini inobatga oladi: ishchanligi 
va charchash darajasi stress omillariga munosabati tavakkal sharoitlarda 
samarali tashkil qilish qobiliyati, kechki smenalar, axborotlarning noaniqligi 
va boshqalar kiradi. 

Pedagogik kasbiy tanlov
-ishchining maxsus bilimlarini shakllanganligiga 
baxo berish orqali amalga oshiriladi, malaka va amaliyot kasbiy ko‘nikmalar 
tekshiriladi. 

Psixologik tanlovda
- verbal testlar va so‘rovnomalardan, metodik 
suhbatlardan foydalaniladi. Bu insonning qobiliyati, yo‘nalganligi, kasbiy 
yo‘nalishi, motivasiyasi, qiziqishlari va layoqatini tekshiradi. 
Kasbiy tanlov insonga mavjud faoliyatning yo‘nalishlari haqida tavsiyalar 
beriladi, ularning psixologik, psixofiziologik, fiziologik xususiyatlari natijalari
psixologik, psixofiziologik, tibbiy diagnostikaga asoslangan bo‘ladi 
Hozirgi kunda shaxs oldidagi kasbiy tanlov jarayoni keng qamrovlidir. Shu 
bilan birga ushbu tanlovni cheklovchi qator sabablar mavjud. Ushbu omillar 
orasida shaxsga bog‘liq bo‘lmagan obektiv va muayyan shaxs xususiyatlariga 
bog‘liq bo‘lgan subektiv omillar ham mavjud. 
Obektiv omillar
sirasiga eng avvalo, shaxsning sog‘lomlik darajasi kiradi. 
Ayrim shunday kasblar borki, insonning jismoniy salomatligiga muayyan 
talablarni qo‘yadi. Navbatdagi obektiv omillar qatoriga ta’lim olish uchun moddiy 
ta’minlanganlik darajasi ham kiradi. Muayyan bir kasbni o‘zlashtirish hamda 
moddiy mablag‘ sarfini talab qiladi.
Subektiv omillar
orasida shaxs qiziqishi muhim o‘rin egallaydi. Agar kasb 
qanchalik qiziqarli bo‘lsa, ushbu kasbni tanlash ehtimoli yuqori bo‘ladi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin