148
bosqichiga asoslangan holda o‘zida mujassamlashtiradi.
Kasbiy moslashuv
jarayoni murakkab va shaxsning butun hayotini qamrab oladi va bu vaqtda nafaqat
kasbiy tajriba, balki mutaxassis shaxsining o‘zi ham shakllanadi.
Kasbiy yaroqlilik tizimining to‘rtinchi darajasi attestasiya hisoblanadi. Attestasiya
bu shaxsning kasbiy tavsifnomasini muayyan malaka kategoriyasiga muvofiqligini
baholash tizimi hisoblanadi. Attestasiya bahosi asosan nomzoding bilim, ko‘nikma
va malakalari hisobga olinadi.
Ko‘rsatilgan baholash va kasbiy yaroqlilik tizimi shaxsning obektiv va subektiv
imkoniyatlarini hisobga olish va mehnat faoliyati uchun qulay muhitni yaratishni
hisobga olishdan iborat.
Psixologik tanlovning quyidagi tomonlari mavjud:
1.Aynan psixologik tizim haqida qimmatli ma’lumotlarni
olish va diagnostik
jihatdan qayta ishlash.
2.Ushbu kasbiy faoliyat turiga nisbatan qobiliyatlarni shakllanishini prognozlash.
3.Prognozni aniqlashtirish va tekshirish.
Psixologik mazmunga ko‘ra, kasbiy tanlovning 3 ta jihati ajratib ko‘rsatiladi.
Birinchi jihat
– muayyan kasbni tanlash uchun zarur motivasiyani aniqlash
va shakllantirish. Bunda shaxsiy qiziqishlar tanlagan kasbning ijtimoiy mavqe,
uning iqtisodiy manfaatdorligi va nihoyat kasbning
shaxs bilimlari bilan
muvofiqligi kasb tanlashga ta’sir qiladi. Motivasiya mehnat va kasbiy ta’limning
o‘zida muhim ahamiyat kasb etadi, shu bois kasb tanlash vaqtida ularni o‘z vaqtida
aniqlash va korreksiyalash muhim sanaladi. Motivasiya aynan shu kasbda faoliyat
yuritishda shaxsiy qiziqishlarni ta’minlaydi. Bu esa o‘z navbatida ushbu
faoliyatdagi dastlabki ijobiy ustanovkalarni belgilab beradi.
Ikkinchi jihat
kasb tanlashning psixofiziologik
omillarni talab qilmaydi,
lekin shu bilan bir qatorda u yoki bu mutaxassislik bo‘yicha faoliyat yuritayotgan
shaxsga turli darajadagi kuch va vaqt talab etiladi.
Dostları ilə paylaş: